Beeline Uzbekistan Top Employer 2026 maqomini tasdiqladi va dunyoning yetakchi ish beruvchilari qatoriga kirdi
22 Yanvar
Xabarlar
Beeline Uzbekistan ketma-ket uchinchi bor xalqaro Top Employer 2026 sertifikatiga sazovor bo‘ldi. Kompaniya O‘zbekiston telekommunikatsiya bozorida ushbu nufuzli maqomga ega bo‘lgan birinchi va hozircha yagona kompaniya bo‘lib qolmoqda.
Top Employers Institute sertifikatsiyasi xodimlar bilan ishlashning asosiy yo‘nalishlarini qamrab oluvchi kompleks HR Best Practices Survey asosida amalga oshiriladi. Tadqiqot iste’dodlarni boshqarish strategiyasi va ta’limdan tortib, xodimlar jalb etilishi, farovonligi, xilma-xillik va inklyuziyagacha bo‘lgan yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Top Employer maqomining olinishi kompaniyaning inson kapitalini rivojlantirishga tizimli va barqaror yondashuvini tasdiqlaydi.
“2024 yildan buyon biz har yili Top Employer maqomini tasdiqlab kelmoqdamiz va bu biz uchun shunchaki mukofot emas. Bugungi kunda Beeline Uzbekistan O‘zbekiston telekommunikatsiya sanoatida ushbu maqomga ega bo‘lgan yagona kompaniya hisoblanadi, bu jamoamiz uchun qadrlidir. Biz har bir xodim o‘z qadrini his qiladigan, ta’lim va kasbiy o‘sish imkoniyatlariga ega bo‘ladigan qulay va motivatsion muhit yaratishga intilamiz. 2026 yil sertifikatining tasdiqlanishi bizni yanada oldinga intilish va katta natijalarga erishishga ruhlantiradi”, — dedi Beeline Uzbekistan xodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlantirish bo‘yicha direktor Sofiya Gaynutdinova.
2025 yilda Beeline Uzbekistan elektron kadrlar hujjat aylanishi tizimini joriy etgani uchun “Innovatsiyalar” nominatsiyasida EMBRAS 2025 xalqaro mukofoti laureati bo‘ldi. Ushbu yechim kadrlar bilan bog‘liq jarayonlarni deyarli to‘liq raqamli formatga o‘tkazish, jarayonlar shaffofligini oshirish va xodimlarning HR-direksiya bilan o‘zaro aloqasini soddalashtirish imkonini berdi.
O‘sha yili kompaniya "Inson uchun" marosimida inklyuziv bandlikni rivojlantirish va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rinlarini yaratishga qo‘shgan hissasi uchun birinchi maxsus mukofot bilan taqdirlandi.
Beeline Uzbekistan yosh mutaxassislarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi. 2025 yilda 18-mavsumi o‘tkazilgan Bee Generation dasturi talaba va bitiruvchilarga kompaniyaning real loyihalarida ishtirok etish orqali amaliy tajriba orttirish imkonini beradi. Dastur ishtirokchilarining 45% dan ortig‘i Beeline Uzbekistan’da o‘z faoliyatini davom ettirmoqda, bu esa Bee Generation dasturining yuqori samaradorligini yaqqol tasdiqlaydi.
Bugungi kunda Beeline Uzbekistan jamoasi 2 000 nafardan ortiq xodimni birlashtiradi. Kompaniyaning korporativ madaniyati ochiqlik, jamoaviy hamkorlik va innovatsion yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan. Top-menejmentning xodimlar bilan muntazam muloqoti, samarali fikr-mulohaza tizimi hamda korporativ tashabbuslar ishonchga asoslangan, yuqori darajada jalb etilgan va natijaga yo‘naltirilgan ish muhitini shakllantiradi.


