Beeline Uzbekistаn mobil internet-trafik rekordini yangiladi: bir yil ichida ko‘rsatkich uchdan birga oshdi
Xabarlar
2025-yil 8-dekabrda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, Beeline Uzbekistan kompaniya tarixidagi eng yuqori kunlik mobil internet trafik hajmini qayd etdi — 4,7 milliard megabayt.
Bu hajm deyarli 940 mingta HD sifatidagi filmni yuklab olish, yuz millionlab musiqa treklarini tinglash, yoki HD sifatidagi videoqo‘ng‘iroqlar orqali 78 ming yildan ortiq vaqt davomida uzluksiz muloqot qilish uchun yetarli bo‘lardi.
Ushbu rekord yil davomida kuzatilgan mobil internet iste’molining barqaror o‘sishi natijasidir. 2025-yil noyabr oyi yakunlariga ko‘ra, bir oyda uzatilgan trafik hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 31,6% ga oshdi. Bu o‘sish foydalanuvchilarning raqamli odatlaridagi o‘zgarishlarni aks ettiradi: videokontentni faol iste’mol qilish, striming platformalari va onlayn xizmatlardan aynan mobil qurilmalar orqali foydalanish tobora kengayib bormoqda.
“2025-yil biz uchun keng ko‘lamli o‘sish va texnologik yutuqlar yili bo‘ldi. Biz tarmoqni izchil kengaytirdik, baza stansiyalarini modernizatsiya qildik va yangi chastota diapazonlarini joriy etdik. Bu butun mamlakat bo‘ylab barqaror aloqa va yuqori tezlikdagi mobil internetni ta’minlash imkonini berdi. 8-dekabrdagi rekord trafik hajmi — amalga oshirilgan ishlar samaradorligi va tarmog‘imizning foydalanuvchilarning kelajakdagi raqamli ehtiyojlariga tayyor ekanligining yaqqol tasdig‘idir”, — dedi Beeline Uzbekistan kompaniyasining texnologiyalar va innovatsiyalar bo‘yicha direktori Gediz Sezgin.
2025-yilda kompaniya tarmoqni kompleks rivojlantirishni davom ettirdi: 450 dan ortiq yangi baza stansiyasi ishga tushirildi, shuningdek 650 ga yaqin aloqa obyektlari modernizatsiya qilindi. Eng katta ish hajmi Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi, modernizatsiya bo‘yicha yetakchi hudud esa Farg‘ona viloyati bo‘ldi. Tarmoqni tizimli rivojlantirish o‘tkazuvchanlik qobiliyatini sezilarli darajada oshirib, butun mamlakat bo‘ylab aloqa sifatining barqarorligini ta’minladi.
Beeline Uzbekistan butun O‘zbekiston bo‘ylab foydalanuvchilarga ishonchli aloqa va yuqori sifatli mobil internetni taqdim etish uchun raqamli infratuzilmaga investitsiyalar kiritishni davom ettiradi.



