Bosh sahifa/Xabarlar/Beeline Uzbekistan ISO 37001:2016 xalqaro korrupsiyaga qarshi standartiga muvofiqligini tasdiqladi

Beeline Uzbekistan ISO 37001:2016 xalqaro korrupsiyaga qarshi standartiga muvofiqligini tasdiqladi

Xabarlar
7 Yanvar
2 min.
Main Event Image

Mustaqil audit natijalariga ko‘ra, kompaniya korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi ISO 37001:2016 xalqaro standartiga to‘liq mos kelishini va barcha bo‘linmalarda samarali faoliyat yuritayotganini tasdiqladi.

Audit natijalariga ko‘ra, kompaniyaning korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samarali ekanligi va xalqaro standart talablariga to‘liq mos kelishi aniqlandi. Yuqori rahbariyatning yetakchiligi, xodimlarning faol ishtiroki hamda korrupsiya xavflarini boshqarishda tizimli yondashuvning mavjudligi alohida ta’kidlandi. Xavflarni baholash va nazorat qilish uchun avtomatlashtirilgan vositalar qo‘llanilmoqda. Bular jumlasiga sovg‘alar va vakillik xarajatlarini olish hamda taqdim etishni nazorat qilish, shuningdek, biznes hamkorlarni tegishli tarzda tekshirish kiradi.

Sertifikatlash telekommunikatsiya va raqamli xizmatlar ko‘rsatishni qamrab olib, kompaniyaning butun faoliyatiga taalluqlidir. ISO 37001 qayta sertifikatlash Beeline Uzbekistan’ning  biznes axloqi, shaffoflik va halol tadbirkorlik tamoyillariga sodiqligini tasdiqlaydi.

"ISO 37001 standarti bo‘yicha qayta sertifikatlanish - bu biznes axloqi, shaffoflik va korrupsiyaga qarshi murosasizlik tamoyillari boshqaruv jarayonlarimiz va kundalik faoliyatimizga singdirilganligining isbotidir. Biz komplayens madaniyatini izchil ravishda rivojlantirib bormoqdamiz va uni kompaniyaning barqaror rivojlanishi hamda mijozlar, hamkorlar va jamiyatning ishonchini qozonishning ajralmas qismi deb bilamiz," - deya ta’kidladi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andrey Pyataxin.

Avvalroq, oktyabr oyida Beeline Uzbekistan tijorat Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi (Data Center) uchun ISO/IEC 27001:2022 xalqaro sertifikatini ham qo‘lga kiritgan edi. Ushbu sertifikat ma’lumotlar himoyasining yuqori darajasi va axborot xavfsizligini boshqarish tizimining ishonchliligini tasdiqlaydi. Muvofiqlik sertifikatlari kompaniyaning komplaens, xavfsizlik va barqaror rivojlanish masalalariga tizimli va kompleks yondashuvini aks ettiradi.