Bosh sahifa/Xabarlar/Beeline Wi-Fi orqali ovozli chaqiruvlarni taqdim etadi

Beeline Wi-Fi orqali ovozli chaqiruvlarni taqdim etadi

26 Fevral

Xabarlar
Barcha yangiliklarga qaytish
Beeline

Endi Beeline abonentlari Wi-Fi orqali qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin. Yangi VoWiFi texnologiyasi Wi-Fi tarmoqlari orqali ovozli qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkonini beradi. VoWiFi orqali ovozli qo’ng’iroqlar tarifda taqdim etiladigan oddiy qo’ng’iroqlar kabi amalga oshiriladi.

VoWiFi servisining asosiy afzalliklari:
• Tariflarda belgilangan oddiy qo’ng’iroqlar kabi amalga oshirish imkoniyati
• Mobil aloqa qamrovi barqaror bo'lmagan hududlarda (yerto‘lalar, ko’p qavatli binolarning yuqori qavatlarida, bazaviy stansiyalardan uzoqroq bo’lgan joylar, yer osti avtoturargohlari va hokazo) mavjud bo'lgan Wi-Fi orqali aloqaga ega bo’lish
• 4G mobil tarmog’i va Wi-Fi tarmoqlari o’rtasida aloqaning avtomatik almashishi

VoWiFi xizmatidan foydalanish uchun hambi ilovasida xizmatni faollashtirish va telefon sozlamalarida VoWiFi bandini yoqish kerak, shunda ekranda tegishli VoWiFi indikatori paydo bo‘ladi.

VoWiFi texnologiyasi Android 8.0 hamda iOS 11 va undan yuqori versiyali smartfonlar turkumida ishlaydi. Samsung qurilmalarida VoWiFi funksiyasi keyinroq dastur yangilanishi bilan qo‘shiladi.

Batafsil

Barcha yangiliklarga qaytish
Beeline
Ilovani ishlating

Shaxsiy kabinetda texnik ishlar olib borilmoqda, lekin siz bizning ilovamizdan foydalanishingiz mumkin