Bosh sahifa/Xabarlar/Beelab va UZCARD kontaktsiz to‘lov xizmatini ishga tushirdi

Beelab va UZCARD kontaktsiz to‘lov xizmatini ishga tushirdi

Xabarlar
6 Fevral
3 min.
Main Event Image

Beelab UZCARD bilan hamkorlikda UZCARD PAY kontaktsiz to‘lov xizmatini ishga tushirdi. Ushbu xizmat ilk bor UZCARD kartalari uchun Android operatsion tizimidagi smartfonlar orqali NFC-to‘lovni amalga oshirish imkonini beradi. Xizmat tokenizatsiya texnologiyasidan foydalanadi, bu esa qo‘shimcha xavfsizlik darajasini ta’minlab, firibgarlik xavflarini kamaytiradi.

Xizmatdan foydalanish uchun UZCARD bank kartasini Beepul mobil ilovasiga bog‘lash va smartfonni kontaktsiz to‘lovni qo‘llab-quvvatlovchi POS-terminalga yaqinlashtirish kifoya. Shu tariqa, mobil qurilma to‘liq funksional to‘lov vositasiga aylanib, kundalik to‘lovlarda tezkorlik va qulaylikni ta’minlaydi.

Xizmatni ishlab chiqishda to‘lov ma’lumotlarini himoyalash va tranzaksiyalar xavfsizligiga alohida e’tibor qaratildi. To‘lov vaqtida bank kartasi ma’lumotlari uzatilmaydi va saqlanmaydi — ularning o‘rniga maxsus raqamli kod (token) ishlatiladi. Bu esa firibgarlik xavflarini kamaytirib, foydalanuvchi ma’lumotlarining qo‘shimcha himoyasini ta’minlaydi.

«Endi Beepul ilovasidagi UZCARD PAY orqali foydalanuvchilarimiz do‘konlar, kafe, transport va boshqa savdo-xizmat nuqtalarida jismoniy kartasiz, tez va qulay tarzda to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin. Doimo yonimizda bo‘ladigan smartfon to‘liq to‘lov vositasiga aylanadi. Shu bilan birga, tranzaksiyalar xavfsizligi biz uchun asosiy ustuvorlik bo‘lib qoladi: kontaktsiz to‘lovlarda bank kartasi ma’lumotlari uzatilmaydi va saqlanmaydi, bu esa xizmat ishonchliligini kafolatlaydi», — dedi “Beelab” AJ direktori Anatoliy Pavlinov.

«UZCARD kartalari foydalanuvchilari qulay va zamonaviy to‘lov usullarini tanlash imkoniga ega bo‘lishi biz uchun nihoyatda muhim. UZCARD PAY ishga tushirilishi bilan smartfon kundalik hayotga oson moslashadigan yana bir odatiy to‘lov vositasiga aylanadi — xaridlar, transport yoki xizmatlar bo‘lishidan qat’i nazar. Shu bilan birga, operatsiyalar xavfsizligi va ma’lumotlarni himoyalash UZCARD to‘lov tizimining asosiy ustuvor yo‘nalishlari bo‘lib qoladi», — deya ta’kidladi UCMG bosh direktori David Melikidze.

Xizmat birinchi bosqichda Beepul mobil ilovasida mavjud. Kelgusida UZCARD PAY’ni UZCARD to‘lov tizimi ishtirokchilarining boshqa ilovalarida ham ishga tushirish rejalashtirilgan.
Bugungi kunda UZCARD tarmog‘idagi 100 mingdan ortiq POS-terminallar NFC texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa UZCARD PAY xizmatidan O‘zbekiston bo‘ylab keng savdo-xizmat tarmog‘ida foydalanish imkonini beradi.

Beelab haqida

Beelab — 2018-yil 19-fevralda tashkil etilgan, Beeline Uzbekistan (VEON Ltd.) operatorining sho‘ba korxonasi bo‘lgan o‘zbek fintex kompaniyasi. Kompaniya Beepul xizmatini o‘z ichiga olgan raqamli moliyaviy mahsulotlarni ishlab chiqish va texnik qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi hamda banklar va moliyaviy tashkilotlar bilan faol hamkorlik qiladi.

Beepul haqida

Beepul — O‘zbekiston Respublikasida 1000 dan ortiq xizmat va servislar uchun to‘lovlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan universal yordamchi ilova. Kommunal to‘lovlar, mobil aloqa, internet, onlayn-servislar va boshqa imkoniyatlar — barchasi bitta ilovada va bir nechta bosish orqali amalga oshiriladi. Beepul O‘zbekistonning barcha mobil operatorlari mijozlari uchun kartalar o‘rtasida tezkor pul o‘tkazmalarini, to‘lovlarni boshqarishni va noyob sodiqlik dasturini taklif etadi: barcha operatsiyalar uchun BEEP-bonuslar hisoblanadi. Avtoto‘lovlar, bonus dasturlari va Beeline Uzbekistan’dan eksklyuziv takliflardan foydalaning. Beepul bilan qulay, tez va xavfsiz to‘lang. Beepul’ni App Store va Google Play’dan yuklab oling.

UZCARD haqida

UZCARD – O’zbekistonning milliy to‘lov tizimi bo‘lib, uning asosiy faoliyati milliy to‘lov biznesi sohasida mahsulotlarni ishlab chiqish va takomillashtirish, zamonaviy xizmatlarni modernizatsiya qilish va fintech sanoati sohasidagi xizmatlarni kengaytirishga qaratilgan.