4G — butun Buxoro ahli uchun
Xabarlar
Beeline Uzbekistan butun respublika bo‘ylab 4G/LTE tarmog‘i qamrovini kengaytirishda davom etmoqda. Shunday qilib, 2023-yilda O‘zbekistonda Buxoro va Navoiy viloyatlarining to‘rtta shahri va sakkizta tumanida baza stansiyalari modernizatsiya qilindi.
Raqamli operator tomonidan ushbu hududlarda amalga oshirilayotgan modernizatsiyaning mazmun-mohiyati avval o‘rnatilgan baza stansiyalarini yangilash va 4G qamrov hududini kengaytirishdan iborat. Mobil internet to'rtinchi avlodning yuqori tezligida ishlay boshlaydi, bu esa barcha raqamli xizmatlardan foydalanishni yanada qulaylashtiradi. Shu tariqa, Qorako‘l va Olot tumanlarida, avval 2G va 3G tarmoqlari taqdim etilgan aholi punktlarida 4G qamrov hududi kengaytirildi.
Eng keng ko‘lamli ishlar O‘zbekistonning janubi-g‘arbiy qismidagi aholi eng zich joylashgan shahar va tumanlarida amalga oshirildi. Natijada Buxoro shahri, Vobkent, Buxoro va G‘ijduvon tumanlarida 4G tarmog‘ining sig‘imi oshirildi. Bu tarmoq endi ko'proq foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsata olishi hamda bir vaqtning o'zida ko'proq ma'lumot uzatishi mumkinligini anglatadi.
Shuningdek, Navoiy viloyati Navoiy shahri, Karmana va Qiziltepa tumanlarida ham tarmoqni modernizatsiya qilish ishlari amalga oshirildi. Nurota tumanida 4G qamrovi kengaytirildi.
Bundan tashqari, joriy yilning yozida raqamli operator tomonidan Konimex tumanidagi 280 nafar aholi istiqomat qiluvchi olis hududda joylashgan Porloq qishlog‘i va Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi 2,5 ming aholi istiqomat qiluvchi Saroy mahallasi ham digital-operator tomonidan LTE standarti tarmog‘i bilan ta’minlandi.
Zarafshon shahrida yangi baza stansiyasining ishga tushirilishi sharofati bilan ham ovozli aloqa, ham yuqori tezlikdagi internet qamrovi kengaytirildi.
“Buxoro va Navoiy viloyatlarida tarmoqni modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda. Maqsadimiz – aholisi 3 million kishidan ortiq bo‘lgan Buxoro va Navoiy viloyatlarining barcha aholisi uchun yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkoniyatini yaratish. Ko'p joylarda biz bu maqsadga erishishga yaqinlashdik. 4G-internet eng muhim axborot manbai, qulay aloqa kanaliga aylanib bormoqda, u hatto kichik qishloqlarda ham davlat yoki fintex xizmatlaridan foydalanishda qo‘l keladi”, — deydi Beeline Uzbekistan Janubi-G‘arbiy hududiy filiali direktori Dmitriy Kazbanov.
Operator quyidagi shahar va tumanlarda tarmoqni modernizatsiya qildi:
Buxoro viloyati — Buxoro va Gʻijduvon shaharlarida; Olot, Buxoro, Vobkent, Gʻijduvon, Qorakoʻl tumanlarida;
Navoiy viloyati — Zarafshon va Navoiy shaharlarida; Karmana, Qiziltepa, Nurota tumanlarida.
Beeline Uzbekistan yangi baza stansiyalari o‘rnatilgan manzillarning batafsil ro‘yxati bilan kompaniya saytida tanishish mumkin.
