Yangi billing tizimiga o‘tish va xizmat ko‘rsatish shartlarining yangilanishi
Xabarlar
Hurmatli mijozlar,
Kompaniya taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, servislarni takomillashtirish, shuningdek, ularning qulayligi va ishonchliligini ta’minlash ustida doimiy ravishda ish olib boradi. Ushbu jarayon doirasida biz yangi billing tizimiga o‘tishni amalga oshirmoqdamiz.
Shu munosabat bilan sizni Xizmat ko‘rsatish shartlariga kiritilishi rejalashtirilayotgan o‘zgarishlar haqida xabardor qilamiz.
Mazkur o‘zgarishlarning kuchga kirish sanasi – 2026-yil 1-aprel etib belgilangan.
Nimalar o‘zgaradi:
• Tariflar va xizmatlar bo‘yicha keyingi abonent to‘lovlari avvalgi muvaffaqiyatli to‘lov amalga oshirilgan sana va vaqtda yechib olinadi (masalan, agar to‘lov 6-fevral kuni soat 15:00 da amalga oshirilgan bo‘lsa, keyingi to‘lov 6-mart kuni soat 15:00 da yechib olinadi).
• Xizmatlar va tariflar doirasidagi trafik amal qilish muddati: bir martalik xizmatlar uchun – ulanish paytidan boshlab to‘liq sutka davomida, muntazam to‘lovli xizmatlar va tariflar uchun esa – keyingi abonent to‘lovi yechib olinadigan sanagacha belgilanadi (masalan, 1 kunlik internet-paket ulanganda trafik aynan faollashtirilgan vaqtdan boshlab 24 soat davomida amal qiladi, tarif doirasidagi limitlar esa keyingi yechib olinishiga qadar amal qiladi).
• “Perzagruzka” xizmatidan kuniga faqat bir marta foydalanish mumkin bo‘ladi, Status tariflari uchun xizmat narxi 2000 so‘mni tashkil etadi.
• Ma’muriy blokirovkadan chiqarilganda abonent to‘lovi faqat yechib olinish sanasi yetgandagina yechib olinadi.
• Tarif bo‘yicha kunlik abonent to‘lovi opsiyasini boshqarish faqat hambi ilovasi orqali amalga oshiriladi.
• “Uydagidek” tarif rejasi uchun balans salbiy holatda qolishining maksimal muddati (mijoz tomonidan telekommunikatsiya xizmatlardan bir tomonlama voz kechish sifatida tan olinadigan muddat) 90 kun etib belgilanadi.
• “Do it” xizmati yopiladi.
Qolgan xizmat ko‘rsatish shartlari o‘zgarishsiz qoladi.
E’tiboringizni qaratamizki, yuqoridagi o‘zgarishlar Operatorning yangilangan billing tizimiga o‘tish sanasidan boshlab kuchga kiradi.
Agar muddatlar o‘zgarsa yoki o‘zgarishlar bekor qilinsa, kompaniya mijozlarni qo‘shimcha ravishda xabardor qiladi.
Shuningdek, yangi platformaga o‘tish davrida to‘lovlarni qabul qilish vaqtincha to‘xtatilishini ma’lum qilamiz. Agar o‘tish sanasida mablag‘ yechib olinishi rejalashtirilgan bo‘lsa, balansingizni oldindan to‘ldirishingizni so‘raymiz.
Ogoh bo‘ling: Kompaniya mijozlarga qo‘ng‘iroq qilmaydi hamda shartnoma ma’lumotlari va/yoki SMS orqali yuborilgan kodlarni so‘ramaydi. Agar sizga Kompaniya nomidan qo‘ng‘iroqlar bo‘lsa, shaxsiy ma’lumotlaringizni bermang.
Tushunganingiz va ishonchingiz uchun rahmat.
Hurmat bilan,
“Unitel” MChJ

Shaxsiy kabinetda texnik ishlar olib borilmoqda, lekin siz bizning ilovamizdan foydalanishingiz mumkin

