Bosh sahifa/Aksiyalar/Smartfon xaridi uchun “BeeMarket”da maxsus tariflar

Smartfon xaridi uchun “BeeMarket”da maxsus tariflar

4 Sentyabr

Aksiyalar
Barcha yangiliklarga qaytish
Beeline

BeeMarket internet-do‘konida smartfon xarid qiling va manfaatli bonus – “MULTI KUCH” tariflarida 6 oygacha bepul aloqaga ega bo‘ling!

Aksiya shartlari:
• 2 mln so‘mgacha bo‘lgan smartfon xaridi uchun “MULTI PLUS” tarif rejasida 3 oy bepul aloqa;
• 2 mln so‘mdan 5 mln so‘mgacha bo‘lgan smartfon xaridi uchun “MULTI PRO” tarif rejasida 6 oy bepul aloqa;
• 5 mln so‘m va undan yuqori bo‘lgan smartfon xaridi uchun “MULTI MAX” tarif rejasida 6 oy bepul aloqa.

Bonusni qanday olish mumkin:
1. BeeMarket internet-do‘konining sayti yoki Beeline savdo ofislariga tashrif buyuring.
2. O‘zingizga yoqqan smartfonni tanlang.
3. Xaridni rasmiylashtiring (qabul qilish usulini tanlang - yetkazib berish yoki olib ketish).
4. Yangi smartfoningiz komplekti bilan birga maxsus tarifga ega bo‘lgan SIM-kartani oling.
5. SIM karta tarifini faollashtiring. Buni "Hambi" (Beeline Uzbekistan) ilovasi orqali o’zingiz amalga oshirishingiz mumkin yoki istasangiz mutaxassislarimiz sizga faollashtirib berishlari mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot:
• SIM-kartani faollashtirish bo‘yicha yo‘riqnomani ushbu havola orqali topish mumkin.
• Barcha telefonlar sertifikatlangan va ishlab chiqaruvchining kafolatiga ega.
• Maxsus tarifga ega bo‘lgan SIM-kartalar faqat BeeMarket internet-do‘konida yoki Beeline savdo ofislarida smartfonlar xaridi uchun taqdim etiladi.
• “Perezagruzka” xizmatidan foydalanganda abonent to‘lovisiz oylar soni sarflanadi.
• Maxsus tariflardan boshqa tarif rejalarga o‘tilganda abonent to‘lovisiz opsiyasi o‘chiriladi.

MULTI KUCH tarif rejalari haqida batafsil: “MULTI PLUS”, “MULTI PRO”, “MULTI MAX”.

Xaridingiz ham  zavqli ham foydali bo‘lsin!

Barcha yangiliklarga qaytish
Beeline
Ilovani ishlating

Shaxsiy kabinetda texnik ishlar olib borilmoqda, lekin siz bizning ilovamizdan foydalanishingiz mumkin