1. UMUMIY QOIDALAR
1.1 O’zbekiston Respublikasi, 100047, Toshkent sh., Buxoro ko’ch., 1-uy manzilida joylashgan, mobil aloqa tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va ko’chma (uyali) radiotelefon aloqa xizmatlarini ko’rsatish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi АА № 0005845 -sonli Litsenziya; shaharlararo telekommunikatsiya tizimlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmat ko’rsatish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi АА № 0001367 -sonli Litsenziya; xalqaro telekommunikatsiya tizimlari xizmatlarini ko’rsatish huquqini beruvchi АА № 0000940 -sonli Litsenziya; ma’lumot uzatish tizimlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmat ko’rsatish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi АА № 0005612 -sonli Litsenziya; ma’lumot uzatish tizimlaridan foydalanish va xizmat ko’rsatish huquqini beruvchi АА № 0006950 -sonli Litsenziya asosida xizmatlarni ko’rsatuvchi “Unitel” MChJ (quyida“Operator”) ushbu hujjat bilan mazkur ofertani quyida aytib o’tilgan harakatlar bilan qa’bul qilgan jismoniy shaxslarga (quyida – “Abonent”, ikkala tomon birgalikda “Shartnoma tomonlari”) quyidagi shartlarga mufofiq quyidagi xizmatlarini ( keyingi matnda – “Xizmatlar”, “Aloqa xizmatlari”) taqdim etadi.
Ushbu Ommaviy oferta va barcha uning ilovalari va bitimlari mobil aloqa xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha shartnoma hisoblanadi.
Shuningdek, mazkur Ommaviy oferta shartlari shartnoma Tomonlari rioya qilishi kerak bo’lgan mobil aloqa xizmatlarini ko’rsatish Qoidalari hamdir. Quyida matndagi shartnoma (ushbu shartnoma), hamda Oferta (ushbu Oferta) deb yuritiladigan atamalar bir hil ma’noga egadir.
1.2. Mobil aloqa xizmatlarini ko’rsatishga bo’lgan shartnomaning mazmuni - Operator tomonidan Abonentga O’zbekiston Respublikasi hududida Operator tarmog‘iga uni ulash hamda ashyoviy shaklga ega bo’lmagan muayyan texnika operatsiyalarini bajarish orqali xizmatlarni ko’rsatish hisoblanadi. Abonent tanloviga ko’ra, Abonent jihozining oldi-sotdisi bilan bog‘liq munosabatlar shartnoma qoidalarida belgilanishi mumkin. Ushbu oferta shartlari Abonent tomonidan to’liq va so’zsiz qa’bul qilinganda, shu jumladan Abonent o’zi tanlagan tarif rejasiga, va tanlagan Abonent jihozining narxiga muvofiq aloqa xizmatlari haqini oldindan to’lagan va majburiyatini bajargan taqdirda Abonentga aloqa xizmatlari ko’rsatiladi.
1.2.1. Mobil elektron to’lovlar xizmatlarini taqdim etish tartibi va shartlari mazkur Ommaviy ofertaning ajralmas qismi bo’lgan ilovada bayon etilgan mobil elektron to’lovlar xizmatlarini taqdim etish qoidalari bilan belgilanadi.
1.3. Mazkur ofertaning maqsadlari uchun quyidagi asosiy atamalar qo’llanadi:
Abonent – Abonentlik shartnomasi tuzilgan va bir donadan kam bo’lmagan Abonent raqami taqdim etilgan jismoniy shaxs.
Abonentlik shartnomasi – Ommaviy oferta shartlari asosida Abonent va Operator o’rtasida tuziladigan, mazkur Oferta, Narxnoma, Ro’yxatga olish blanki, oferta shartlari va uning barcha ilovalaridan va bitimlaridan tashkil topgan shartnomadir.
Abonentlik raqami – Abonent uskunasini boshqa qurilmalar bilan aloqasi paytida telekommunikasiya tarmoqlarida identifikasiya qilib, xizmat ko`rsatish uchun Abonentga shartnoma asosida ajratiladigan raqam.
Abonent uskunasi – tarmoqqa ulanadigan, hamda elektr aloqa signallarini radiokanallar bo’yicha axborot uzatish va qabul qilish uchun shakllab beradigan texnika vositasi. Abonent uskunasi va unga bo’lgan dasturiy ta’minot Abonent tomonidan o’z hisobiga mustaqil, yoki Operatordan xarid qilinadi, uning mulki hisoblanadi hamda “Telekommunikatsiyalar to’g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 24 moddasiga muvofiq tegishlicha sertifikatlangan bo’lishi lozim.
Abonentlik to’lovi – abonentga ma’lum aloqa xizmatlaridan foydalanish yoki ma’lum tarif rejasiga ko’ra aloqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyati evaziga Kompaniyaning Narx-navo varaqlarida belgilangan miqdor va davriylikda abonentning shaxsiy hisob varag‘idagi hisobdan chiqariladigan to’lov.
Operator tarmog‘iga kirish – Operator taqdim etadigan xizmatlardan foydalanish uchun Operator tarmog‘iga kirish imkoni.
Tarifikasiya birligi – Operator tanlagan tarifikasiya tizimiga ko’ra Abonent tomonidan haqi to’lanadigan telefon so’zlashuvi davomiyligi birligi.
Operatorning xizmat ko’rsatish doirasi – Litsenziyali kelishuv asosida Operator aloqa xizmatlarini ko’rsatish huquqiga, O’zbekiston Respublikasida amal qiluvchi normativ aktlar va/yoki standartlarga (boshqaruvchi xujjatlar) mos sifatda aloqa xizmatlarini ko’rsatish uchun texnik imkoniyatlarga ega bo’lgan hudud.
Kontent – axborot, ko’ngil ochar xususiyatga ega SMS, MMS, GPRS orqali olingan matnli yoki multimedia ma’lumotlari.
Kontent xizmatlar - bu texnologik jihatdan harakatdagi radiotelefon aloqa xizmatlari bilan uzviy bog'liq bo'lgan va ularning iste'mol qiymatini oshirishga yo'naltirilgan xizmatlar turi bo’lib, uchinchi shaxslar bilan birgalikda taqdim etiladi, ularning qiymatini Abonent tomonidan to'lanadi.
Alohida tarif – Operator tomonidan tarif rejasiga kirmaydigan alohida xizmat uchun belgilanadigan tarif. Alohida tarif biror-bir tarif rejasi tanlovi bilan shartlanmagan. Alohida tariflar yoki Operatorning Narx-navo varaqlarida, yoki Abonent bilan tuzilgan shartnomada, yoki Internetda (Operatorning rasmiy WEB-saytida), yoki ommaviy axborot vositalarida ko’rsatiladi.
MyID – “Hambi” mobil ilovasiga, www.nomerbeeline.uz saytiga o‘rnatilgan “MyID” deb nomlangan UZINFOCOM ilovasining funksiyasi bo‘lib, u biometrik yuz parametrlari (yuz geometriyasi) yordamida jismoniy shaxslarni identifikatsiyalash va autentifikatsiya qilish imkonini beradi, ularga Operator xizmatlaridan ruxsat etilgan onlayn foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.
Operator ofisi – Operatorning Toshkent shahridagi bosh ofisi va uning O’zbekiston Respublikasi viloyatlaridagi filiallari ofislari.
Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish – Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, foydalanish, taqdim etish, tarqatish, uzatish, shaxssizlantirish va yo‘q qilish bo‘yicha bir yoki bir nechta harakatlarni amalga oshirish;
Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish siyosati – O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishning maqsadlari, huquqiy asoslari, tamoyillari, tartibi va shartlarini, shuningdek ularni himoya qilish hamda shaxsga doir ma’lumotlar subyektlarining huquqlarini ta’minlash chora-tadbirlarini belgilovchi hujjat bo‘lib, u quyidagi manzilda joylashtirilgan: https://beeline.uz/ru/yuridicheskie-dokumenty («Unitel» MChJning abonentlarni shaxsiy ma’lumotlarini to‘plash, ishlov berish va himoya qilish bo‘yicha siyosati)
Shaxsga doir ma’lumotlar – muayyan Abonentga tegishli bo‘lgan yoki uni identifikasiya qilish imkonini beradigan, elektron, qog‘oz va (yoki) boshqa moddiy vositalarda qayd etilgan axborot;
Abonent raqamini ko’chirish (MNP) - boshqa operator (qabul qiluvchi) bilan yangi shartnoma tuzishda uyali aloqa xizmatlarini ko'rsatish shartnomasi asosida donor tomonidan ajratilgan abonent raqamini saqlash va undan foydalanish bo'yicha tashkiliy va texnik chora-tadbirlar kompleksi. Abonent raqamini ko’chirish Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarida (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 3275-son ro‘yxatidan o‘tkazilgan), shuningdek ushbu Ommaviy ofertaning 2-ilovasida nazarda tutilgan.
Narxnoma (Price List) – Abonent shartnomasining ajralmas qismi bo'lib, Operator tomonidan belgilanadigan tarif rejalari va alohida tariflarning yig‘indisi.
Mobil elektron to’lov xizmatlarini taqdim etish qoidalari - Abonent tomonidan O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq onlayn shakldagi fuqarolik-huquqiy bitimlar bo’yicha to’lovlarni va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish.
Foydalanishga ruhsat berish – Operator tomonidan Abonentga Abonentlik raqamini taqdim etish va uni tarmoqqa ulan operatsiyalarini bajarish.
Radiotelefon ulanish davomiyligi - Operator uskunasida chaqirilayotgan tomonning javobi aniqlangandan boshlab Operator uskunasida tomonlarning biri radiotelefon ulanishni o’chirishini aniqlashgacha bo’lgan vaqt intervali davomiyligi.
Hamkorlar – operator tomonidan shartnoma asosida sifatli xizmat ko’rsatish yoki istalgan xizmat targ’iboti, shu jumladan, operator ish jarayonlariga xizmat ko’rsatuvchi shaxslar va operator tarmog’i orqali abonentlarga xizmat ko’rsatuvchi provayderlar.
Operator vakili (agent, diler, distribyuter, shuningdek subagent va vakillar) – yuridik yoki jismoniy shaxs ishonchnoma yoki shartnoma asosida Operatorga:
- Abonent raqamlari va/yoki Sim/eSim kartalar tarqatilishini amalga oshirish va/yoki;
- Operator nomidan uyali aloqa xizmatlarini ko’rsatish uchun shartnoma tuzish va/yoki;
- Abonentlarga Operator xizmatlarini ko’rsatish (to’lov qabil qilish va xkz)
Radiotelefon ulanish –abonentlardan hech bo’lmasa biri axborot almashish imkonini ta’minlab beruvchi Tarmoq Abonenti bo’lgan tarmoq aloqa xizmatlari foydalanuvchilarining Abonent jihozlari o`rtasida radiotelefon aloqaning o’rnatilishi.
Ro’yxatga olish blanki – abonent tomonidan mazkur shartnoma shartlariga qo’shilib, uning shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berish, abonent haqidagi ma’lumotlar, abonent raqami va boshqa ma’lumotlarni imzo qo’yish orqali tasdiqlovchi hujjat.
Rouming (Roaming) – Operator abonentining shu davlatdagi boshqa operatorning xizmat ko’rsatish hududida boshqa Operatorning tarmog`iga ulanish(milliy rouming) yoki boshqa davlatdagi boshqa Operatorning xizmat ko`rsatish hududida boshqa operatorning tarmog`iga ulanish (xalqaro rouming) imkonini beruvchi xizmat. Operatorning rouming-hamkorlari va ularning davlatlari ro’yxati faqat ma’lum sana uchun amal qiladi va vaqti-vaqti bilan o’zgarib turishi mumkin. Rouming,-hamkorlar va davlatlar ro’yxati, va shuningdek rouming xizmatlari tariflari Operator tomonidan rasmiy WEB-saytda hamda matbuotdagi axborot materiallarida bosib chiqariladi.
Tarmoq – ko’chma uyali aloqa Tarmog‘i bo’lib, texnika vositalarining (kommutatsiya va radio xizmati, abonentlik jihozlari, ulanish liniyalari, inshootlari va shu kabilar) yig‘indisidir, shular yordamida Abonentga ko’chma radiotelefon aloqa xizmatlari taqdim etiladi (telefon, axborot uzatish va boshqalar).
SIM -karta (bundan buyon matnda SIM karta deb yuritiladi) - ichiga mikrosxema o‘rnatilgan, olinuvchi identifikasiya moduli. Uning yordamida abonent qurilmasini identifikasiya qilish, uning mobil aloqa tarmog‘idan foydalana olishi, shuningdek, abonent raqamidan ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish ta'minlanadi; Abonentga ifentifikatsiyalanish, kompaniya tarmog'iga kirish (ulanish) va aloqa xizmatlarini ko'rsatish uchun ajratilgan sim-kartaning qiymati abonent tanlagan tarif rejasining narxiga kiradi.
eSIM – abonent kurilmasining virtual identifikasiya moduli, uning yordamida abonent kurilmasining identifikatsiya qilish, uning mobil aloqa tarmog’idan foydana olishi, shuningdek , abonent raqamidan ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish taminlanadi;
SMS – qisqa xabarlar xizmati.
Tarifikatsiya tizimi – aloqa xizmatlarining har xil turlariga va to’plamiga ko’rsatiladigan xizmatlar haqini hisoblash usuli.
Tariflar – ma’lum turdagi aloqa xizmati narx(lar)i.
Tarif rejasi – aloqa xizmatlarining ma’lum to’plamiga muvofiq belgilangan tariflar ro’yxati.
Tarmoqqa kirishni taqdim etishning texnik imkoni – ajratilgan radiochastota resursini inobatga olgan holdagi abonent raqamlari hajmida va/yoki aloqa kanallarida, shu jumladan radiokanallarda bo’sh raqamlarning mavjudligi.
Aloqa xizmatlarini taqdim etishning texnik imkonlari – Operator xizmati hududida ishlab turgan va Abonentga tegishli aloqa xizmatlarini ko’rsatish uchun zarur bo’lgan texnika vositalari va aloqa inshootlarining mavjudligi.
Tranzaksiya –Natijasida taqdim etilgan Xizmatlar uchun Abonentning elektron hisobidan pul mablag‘larini yechib olinadigan operatsiya. Operator quyidagilarni tranzaksiya bilan tenglashtirish huquqiga ega:
- Amalga oshirilgan, shu jumladan roumingda amalga oshirilgan chiqish qo’ng‘irog‘i (davomiyligi 0 sekunddan ko’p bo`lgan)(shoshilinch xizmatlarga va Operatorning bepul servis raqamlariga qo’ng‘iroqlardan tashqari);
- Tarmoq ichidagi va boshqa operatorlarning abonent raqamlariga barcha chiquvchi SMS va MMS xabarlari;
- Barcha kiruvchi tarifikatsiyalanadigan SMS lar;
- Abonent to’lovini yechilishi («Raqamni saqlash» xizmati bo’yicha mablag`larning yechilishi bundan mustasno);
- Xizmatlarni boshqarishning barcha pullik tranzaksiyalari;
- Ma‘lumotlar qabul qilish va uzatishning bo’lib o’tgan barcha sessiyalari;
- «Mobil pul o’tkazma» xizmati bo’yicha muvaffaqiyatli o’tkazma yoki ma‘lum bir mablag`ni qabul qilish.
Operator xizmatlari – radiosignallarni qabul qilish, ularga ishlov berish, uzatish, asosiy va qo’shimcha aloqa xizmatlari va uyali aloqa tarmo’gi texnik imkoniyatlaridan kelib chiquvchi boshqa servislar majmui bo’lib, abonentni o’zi yoki tuzilgan shartnomalar asosida uchinchi shaxsni jalb etgan holda tarmoqqa ulash.
Internet tamog’iga ulanish xizmati – Internet tarmog’i orqali qabul qilish va uzatish xizmati.
Operatorning vakolatli ofisi – Operatorning mansabdor shaxsi imzosi va muhri bilan tasdiqlangan rasmiy hujjat asosida Abonent bilan ko’chma (uyali) radiotelefon aloqa xizmatlarini taqdim etish shartnomasini tuzish, va/yoki Operator taqdim etgan xizmatlar haqini qabul qilish huquqi bo’lgan Operator abonentlariga boshqa xizmatlarni ko’rsatuvchi uchinchi shaxslarning, operator vakillarining ofisi.
Cheklov miqdori – Abonentning shaxsiy Elektron hisobvarag‘idagi (balansidagi) pul mablag‘larining eng kam miqdori, shunga ko’ra Operator Abonentga taqdim etiladigan aloqa xizmatlari hajmini cheklash yoki to’liq hajmda to’xtatish huquqiga ega.
Frod — Kompaniya tarafidan taqdim etiladigan Aloqa xizmatlaridan o’rnatilgan tartib va taomillarni buzib, tegishli to’lovsiz, shuningdek Operatorning yoki abonentning pul mablag‘ini o’zlashtirib olgan holda foydalanishga olib kelgan jismoniy shaxsning qasddan harakati yoki harakatsizligi.
GSM shlyuz – umumiy foydalanish statsionar tarmog'iga yoki mobil operator tarmog'iga ulanuvchi va telefon qurilmasidan kiruvchi barcha qo'ng'iroqlarni GSM shluz tarmoqlaridan biriga va undan mahalliy telefon tarmog'iga yo'naltirib, mahalliy qo'ng'iroq sifatida baholash imkonini beruvchi bir yoki ko'p kanalli mobil qurilma.
Elektron (Shaxsiy) hisob - Abonentning olish imkoni bo`lgan Operator xizmatlari hajmining pullik ekvivalentida ko`rsatilgan ma'lumotni o`zida saqlovchi Operatorning avtomatlashtirilgan hisoblash tizimidagi elektron fayl.
IMEI kodi (International Mobile Equipment Identifier) yoki xalqaro o’ziga xos identifikatsiya kodi (bundan buyon matnda IMEI-kod deb yuritiladi) - 15 raqamdan iborat bo’lgan va GSMA tomonidan ajratiladigan, shuningdek, tarmoqda GSM/UMTS/LTE standartlarida ishlovchi mobil aloqa abonent qurilmasini identifikatsiyalovchi raqam.
Cashback - operator tomonidan ko'rsatilayotgan aloqa xizmatlari uchun chegirma sifatida qollaniladigan Abonent elektron shaxsiy hisob raqamiga kiritilgan pul mablag'larining ekvivalenti.
Aksept (Qabul qilish) - ushbu Ofertaning barcha shartlarini to'liq va shartsiz qabul qilish, Ofertaning 2.1-bandda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1.4 Shartnoma shartlari Operator tomonidan O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq mustaqil belgilanadi. Tarmoqdagi ko’chma (uyali) radiotelefon aloqa xizmatlari, Abonent tanlagan xizmatlar to’plami va tarif rejasiga muvofiq, barcha Abonentlarga teng shartlardako’rsatilishi ta’minlanadi.
1.5 Operator tomonidan Abonentlarga ko’rsatiladigan asosiy va qo’shimcha xizmatlar ro’yxati, aloqa va axborotlashtirish sohasidagi ijroiya organining normativ-texnikaviy hujjatlarini inobatga olgan holda, Lisenziya asosida, hamda Operatorga yoki O’zbekiston Respublikasida umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tizimini tashkil qiluvchi telekommunikatsiya tarmoqlari Operatorlariga tegishli bo’lgan tarmoqlarning va aloqa vositalarining texnika imkoniyatlari bilan belgilanadi va Operatorning Narx-navo varaqlarida ko’rsatiladi. Xizmatlar ro’yxati texnikaviy, tashkiliy va/yoki moliyaviy sharoitlarga ko’ra vaqti-vaqti bilan o’zgarishi mumkin.
1.6 Operator xodimlariga o’z xizmat vazifalarini bajarish oqibatida ma’lum bo’lib qolgan Abonentlar to’g‘risidagi ma’lumotlar mahfiy hisoblanadi va O’zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq himoyalanadi. Mahfiy ma’lumotlar, Abonent Operator xizmatlaridan foydalanganida, shuningdek Operator web-saytiga kirganida qo’llaniladi. Mahfiy ma’lumotlar, Abonent Operator tarmog‘i va xizmatlari orqali boshqa kompaniyalar web-saytlari va xizmatlaridan foydalangan taqdirda ham, ularga nisbatan qo’llanilmaydi.
1.7 Telekommunikatsiya tizimlari bo’yicha uzatiladigan xabarlar hamda xabarlarning o’zi to’g‘risidagi axborot faqat ularni jo’natuvchilariga (Operator Abonentlariga) yoki ularning qonuniy vakillariga berilishi mumkin. Telefon orqali suhbatlarni eshitish, telekommunikasiya tarmoqlari orqali tarqaluvchi habarlarni o`qish, ular bilan tanishish va suhbat sirining boshqa cheklovlariga faqatgina qonunda belgilangan holatlarda va qonunda belgilangan tartibda yo`l qo`yiladi. Operator qonunda belgilangan holatlardan tashqari holatlarda shartnomada ko`rsatilgan xizmatlarni ko`rsatish jarayonida olgan shaxsga doir ma’lumotlarni Abonentning roziligisiz uchinchi shaxsga berish yoki tarqatish huquqiga ega emas.
2. SHARTNOMANI TUZISH VA BEKOR QILISH TARTIBI VA SHARTLARI
2.1. Abonent va Operator o‘rtasidagi Aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi Operator ofislarida, Operatorning vakolatli ofislarida hamda Beeline (“Unitel” MChJ) va Hamkorlarning raqamli mahsulotlari orqali MyID yordamida ommaviy oferta shartlarida tuziladi. Jismoniy shaxsning roziligi (Shartnomani tuzishga roziligi) ro‘yxatga olish blankasini imzolashi, MyID tizimi orqali identifikatsiyadan o‘tishi, SIM/eSIM kartani olishi va ushbu ofertaning 6.2-bandida ko‘rsatilgan Abonent uskunasiga birinchi qo‘ng‘iroqni amalga oshirishi yoki ushbu SIM/eSIM karta bilan boshqa konklyudent harakatlarni bajarishi hisoblanadi. Beeline (“Unitel” MChJ) va hamkorlarning raqamli mahsulotlarida jismoniy shaxsning roziligi (Shartnomani tuzishga roziligi) ro‘yxatdan o‘tish bosqichida raqamli mahsulotning o‘zida rozilik bildirishi hamda Abonentning “elektron (shaxsiy)” hisob raqamiga birinchi tranzaksiyani amalga oshirishi fakti hisoblanadi. Ushbu shartnoma Operator tomonidan rozilik olingan paytdan boshlab yozma va elektron ravishda tuzilgan hisoblanadi.
2.2. Quyidagi hollarda Operator aloqa xizmatlarini ko’rsatish shartnomasini tuzishni rad etishi mumkin:
1) operator tarmog‘iga kirish uchun texnik imkon bo’lmaganda;
2) abonent so’ragan ko’chma radiotelefon aloqa Tarmog‘i xizmatlarini ko’rsatishning texnikaviy imkoniyati bo’lmaganda;
3) operatorda Abonentga tegishli jihoz haqida u boshqa Abonent tomonidan yo’qotilgan yoki O’zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq sertifikatlanmaganligi to’g‘risidagi axborot bo’lganda;
4) operatorda potensial Abonentning Operator tomonidan avval ko’rsatilgan aloqa xizmatlari uchun qarzi mavjudligi to’g‘risidagi ma’lumot bo’lganda;
5) agar potensial Abonentni doimiy yoki vaqtincha ro'yxatdan o'tkazish joyini tasdiqlovchi ma'lumot taqdim etilmagan bo'lsa;
6) murojaatchi voyaga yetmagan jismoniy shaxs bo‘lganda, bundan o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarning o‘z ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bo‘lgan va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi mavjud hollar mustasno.
2.3. Quyidagi hollarda shartnoma Operator tomonidan bir taraflama bekor qilinishi mumkin:
1) bajarishning imkoni bo’lmaganda (yengib bo’lmaydigan hodisa, texnik imkoniyati yo’qligi va sh.k. sababli);
2) natijasida majburiyatlarni bajarish imkoni bo’lmaydigan davlat organi hujjatining chiqarilishi, xususan, belgilangan qonuniy tartibda Operator litsenziyasini qaytarib olish, amal qilishini to’xtatib qo’ysh, bekor qilish;
3) operator tarafidan taqdim etilgan aloqa Xizmatlaridan foydalanish chog‘ida telekommunikatsiyalar sohasidagi tadbirkorlik faoliyati tizimining Abonent tarafidan buzilishi, shuningdek Abonentning shu jumladan ularga qisqa xabarlar yo’llash va telefon qo’ng‘iroqlarini amalga oshirish orqali Abonent/Operatorni haqoratlovchi va obro`siga putr yetkazuvchi bezorilik harakatlari;
4) tarmoqqa ulangan SIM/eSim-karta uchinchi shaxslarga berilgan taqdirda;
5) abonent tarafidan frod yoki frod qilishga harakat aniqlanganda;
6) 7.8, 7.9, 7.10 punktlarida nazarda tutilgan vaziyatlarda Operator Aloqa xizmatlarini ko’rsatishni to’xtatadi;
7) Ushbu shartnomaning 9.5 bo`limida ko`rsatilgan harakatlar aniqlangan holda;
8) mazkur shartnomada yoki O’zbekiston Respublikasi qonuniy hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
2.4. Shartnoma bekor qilinganda, SIM/eSim -kartani tarmoqqa ulash haqi, shuningdek, Abonent tomonidan sotib olingan SIM/eSim -kartalar, Abonentga qaytarilmaydi. Abonenting mulki bo’lgan abonent uskunasi Operator tomonidan sotib olinmaydi. Chiroyli “oltin” abonent raqamini tanlash xizmati haqi Operator tomonidan qoplanmaydi.
2.5. Shartnoma bekor qilingan holda, Abonentning shaxsiy «elektron» hisob raqamidagi ijobiy balans qoldig‘ini Abonentga tegishli bo‘lgan bank hisob raqamiga yoki ushbu Abonentga tegishli boshqa raqamning «elektron» hisobiga naqd pulsiz hisob-kitoblar shaklida mablag‘ o‘tkazish yo‘li bilan mazkur ofertaning 7.15. qismiga binoan Abonentga qaytariladi. Bunda Abonent Operatorga tegishli ravishda yozma ariza berishi, shaxsini tasdiqlaydigan hujjat (pasport/ID-karta, yangi na’munadagi haydovchilik guvohnomasi, harbiy xizmatchining pasport ma’lumotlarini va u ro‘yxatdan o‘tgan joyni tasdiqlaydigan, belgilangan shakldagi ma’lumotnoma ilova qilingan harbiy bilet/guvohnoma) ning asl nusxasini ko‘rsatishi va uning bank rekvizitlari to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishi shart.
2.5.1 Pul mablag‘larini qaytarish Abonentning yozma arizasi Kompaniyaning ochiq ofislarida ro‘yxatga olingan kundan boshlab 30 kun ichida amalga oshiriladi.
2.5.2 Abonent Shartnoma bekor qilingan paytdan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan da’vo muddati davrida «elektron» hisob raqamida qolgan pul mablag‘larini Shartnoma bekor qilingan paytdan boshlab qaytarib berishni talab qilishga haqli. Agar Abonent belgilangan muddat tugaganidan keyin Kompaniyaga murojaat qilgan bo'lsa, mablag'lar qaytarilmaydi.
2.5.3 Abonentga Operator xizmatlari uchun avans sifatida kiritilgan pul mablag‘larining qaytarilishi, taraflarning qonun hujjatlariga va shartnoma munosabatlariga zid bo‘lmagan boshqa hollarda ham amalga oshirilishi mumkin.
2.5.4 Abonent «elektron» hisob raqamidan pul mablag'larini to'plash uchun foydalanganda (tarif rejasi bo'yicha o'rtacha oylik abonent to'lov miqdorining 20 baravari va undan ortiq bo‘lgan mablag‘), shu jumladan uchinchi shaxslardan tushgan mablag'lar bo‘lganda, mazkur ofertaning 5.1. qismini buzgan holda, Operator quyidagi huquqlarga ega:
- Abonentga qaytariladigan summaning 4,5% miqdorida jarima sanksiyasini qo'llash;
- xavflarni baholash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining 26.08.2004 yildagi 660-II-sonli «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida» gi qonuniga muvofiq jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan shugʻullanuvchi vakolatli davlat organlariga murojaat qilish.
2.6. Agar abonent “Hambi” mobil ilovasida ko'rsatilgan muddat ichida buyurtma qilingan abonent raqamini faollashtirmasa, Operator abonent tomonidan to'langan summadan 20% ni olib qolishga haqli. Ushbu shartnoma tomoni sifatida Abonent o’zgarganda, sobiq Abonent o'lgan taqdirda (shu jumlandan, ishga tushirilgan SIM/eSim -karta meros qolganda, sovg‘a qilib olinganda), sobiq Abonent bilan shartnoma bekor qilinadi (tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda) va yangi Abonent bilan aloqa xizmatlari ko’rsatilishi yuzasidan shartnoma tuziladi. Bunda operator (amaldagi tarif rejasiga muvofiq) Abonent to’g‘risidagi ma‘lumotlar bazasini qayta rasmiylashtirish bilan bog‘liq to`lovni va sobiq Abonentning qarzi qoplanishini talab qilishga haqli.
3. SHAXSIYGA DOIR MA’LUMOTLARGA ISHLOV BERISH
3.1. Ushbu Ofertani qabul qilish orqali Abonent Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish siyosatiga to‘liq va so‘zsiz roziligini anglatadi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish siyosati hamda ushbu Oferta doirasida ko‘zda tutilgan maqsadlarda o‘zining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berilishiga aniq, ixtiyoriy va xabardor holda roziligini bildiradi.
4. OPERATORNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
4.1 Operator quyidagilarga majbur:
1) abonentga ushbu shartnoma amal qilish davrida ishga tushirilgan SIM/eSim karta va Abonent raqamini taqdim etish;
2) abonentga u ko’chma radiotelefon (uyali) aloqa Tarmog‘i xizmati doirasi hududida bo’lganida aloqa xizmatlarini taqdim etish; ko’chma radiotelefon aloqa Tarmog‘i xizmati doirasi hududida aloqa xizmatlarining sifati O’zbekiston Respublikasida amal qiluvchi, ko’chma radiotelefon (uyali) aloqa faoliyatini reglament qiluvchi standartlar, texnikaviy me’yorlar va boshqa me’yoriy xujjatlarga, shuningdek Operator tarafidan taqdim etilgan aloqa xizmatlari shartlari haqidagi ma’lumotga mos kelishi lozim;
3) xizmat doirasi hududida Abonentning tezkor operativ xizmatlarga (101- yong‘indan saqlash, 102-militsiya, 103- tez tibbiy yordam, 104-avariya gaz xizmati, 1050-FVV xizmati) tunu-kun bepul qo’ng‘iroq qilish imkonini ta’minlash;
4) abonentga aloqa xizmatlari to’g‘risidagi aniq axborotni taqdim etish;
5) tarif rejasiga o’zgartirishlar kiritilishi haqidagi axborot mazkur o’zgartirish Abonentga salbiy ta’sir ko’rsatsa 15 kundan kechiktirilmasdan rasmiy WEB-sayt (www.beeline.uz) va savdo ofislari orqali Abonentga xabar berish
6) abonentlarga aloqa xizmatlarini ko’rsatish vaqtida aloqa xizmatida aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish choralarini ko’rish;
7) abonent uchun aloqa xizmatlaridan foydalanish va shu xizmatlar uchun hisob-kitoblar, aloqa sifati borasidagi maslahatlarni tashkillashtirish;
8) operatorning O’zbekiston Respublikasi va chet eldagi (rouming) uyali ko’chma radiotelefon aloqa tarmoqlari Operatorlari bilan tuzilgan tegishli shartnomalari mavjudligida va shunday xizmat Abonent tanlagan tarif rejasida nazarda tutilgan bo’lsa, Abonentga boshqa tarmoqlarning xizmatlaridan foydalanish imkonini taqdim etish;
9) aloqa xizmati haqini to`lamagani va/yoki abonent to’lovini to`lamagani uchun xizmat ko`rsatilmayotgan Abonentni u aloqa xizmatlari haqini va o’zi tanlagan tarif rejasi bo’yicha to’lovni oldindan amalga oshirganidan so’ng Tarmoqqa ulash.
10) abonent tarafidan mos tarif rejasi tanlanganda, Abonentga Abonent uskunasini mazkur shartnomada belgilangan shartlar asosida taqdim etish;
4.2 Operator quyidagi huquqlarga ega:
1) O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Ommaviy ofertani bekor qilish, Operatorning ommaviy telekommunikatsion tarmoqda joylashgan rasmiy WEB-saytida (www.beeline.uz) tegishli axborotni joylashtirish yo'li bilan, yoki Operator uchun maqbul bo'lgan boshqa usullar orqali Abonentlarni ogohlantirgan holda, ushbu ofertaga o'zgartirishlar kiritish va tegishli axborot joylashtirilgan kundan boshlab 15 kun ichida Operator Abonentdan bunday o'zgarishlarni to'liq yoki qisman rad etilishi haqidagi xabarni olmasa, shartnomaga bo'lgan o'zgarishlar qabul qilingan hisoblanadi;
2) ushbu shartnoma shartlari va Qonunchilik aktlari abonent tomonidan buzilgan taqdirda Abonent jihozini Tarmoqdan uzish. Nuqsonlar to’liq bartaraf etilib, Abonent jihozining Tarmoqqa takroran ulanishi Operator tariflari bo’yicha amalga oshiriladi, bunda Abonentda avvalgi Abonentlik raqami saqlab qolinishiga kafolat berilmaydi;
3) mazkur o‘zgartirishlar amalga kiritilishidan kamida 15 kun oldin Abonentni xabardor qilgan holda, tarif rejalariga ta’luqli Aloqa xizmatlari uchun tarif rejalar, tizim, shartlar, shakllar va muddatlarini o‘zgartirish. Ushbu muddat tugagandan so‘ng, to‘lovlar kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq amalga oshiriladi;
4) o‘zgartirishlar amalga oshirilishidan kamida 10 kun avval abonentni xabardor qilgan holda, tarif rejalariga taalluqli bo‘lmagan aloqa xizmatlari uchun tizim, shartlar, shakllar va to‘lov shartlariga o‘zgartirishlar kiritishga;
5) O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, bir taraflama tartibda Abonentga berilgan Abonentlik raqamini o’zgartirish;
6) Shartnoma bekor qilinganda, Abonentning elektron hisobidagi ijobiy balansni uning plastik kartasi yoki bank hisobiga o’tkaziladi, shuningdek Abonentning farmoyishi bo'yicha boshqa xizmat ko'rsatuvchi provayderlarning hisob raqamiga ijobiy balansni o'tkazish;
7) aloqa xizmatining uzluksiz ulanishiga cheklovlar o’rnatish;
8) abonent va Operator o’rtasida tuzilgan boshqa shartnomalar bo’yicha qarzdorlik paydo bo’lgani haqida ma’lumot aniqlangan bo’lsa, Abonent shartnomasi bekor qilish yoki aloqa xizmatlarini taqdim etishni cheklash;
9) Agar Abonentning Operator bilan tuzilgan bir nechta shartnomasi mavjud bo‘lsa, shuningdek, yetarli mablag‘ qoldig‘i bo‘lib, salbiy balans yuzaga kelmasa, Abonentning Elektron hisobidan boshqa shartnomalar bo‘yicha aloqa xizmatlari uchun olingan pul mablag‘larini shartnomalardan biri bo‘yicha ko‘rsatilgan aloqa xizmatlari to‘lovi hisobiga yechib olish (Operatorning Narxnomasiga (ushbu Ommaviy ofertaning 4.2-bandi) muvofiq salbiy balans hosil qilgan holda pul mablag‘larini yechib olish huquqi shartlarda nazarda tutilgan xizmatlar bundan mustasno).
10) ayrim xizmatlarni ko‘rsatish shartlarida va Operatorning Narxnomasida shunday imkoniyat nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu xizmatlar bo‘yicha salbiy balans hosil qilgan holda Abonentning Elektron hisobidan pul mablag‘larini yechib olish.
11) operator O’zbekiston Respublikasi qonuniy hujjatlari hamda ushbu shartnomada nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ega bo’lishi mumkin.
12) operator hodimlarining shaxsiyatini xaqoratlash; Operator hodimlari bilan muloqot chog'ida noma'qul so'zlarni ishlatish; Operatorning Aloqa markaziga uning faoliyat doirasiga kirmaydigan savollar bilan bir-necha marta murojaat qilish; Operatorning Aloqa markaziga bir-necha marta to'liq sukut saqlagan holda qo'ng'iroqlarni amalga oshirish va Operator tomonidan Operatorning Aloqa markazi hodimlariga ma'naviy noqulaylik tug'diradigan va shu kabi Abonentlarga O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga va Operatorning tartib-qoidalariga mos ravishda xizmat ko'rsatish imkoniyatini cheklaydigan deb baholangan boshqa harakatlarni amalga oshirganda Abonent uchun Operatorning Aloqa markazi xizmatlaridan foydalanishni cheklash.
13) axborot va reklama xabarlarini yuborish, jumladan, uchinchi shaxslardan ham shu turdagi xabarlarni yuborish.
5. ABONENTNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
5.1 Abonent quyidagilarga majbur:
1) ushbu shartnoma shartlariga rioya qilish;
2) faqat O’zbekiston Respublikasi standartlari bo’yicha muvofiqlik sertifikatiga ega bo’lgan Abonentlik jihozidan foydalanish va uning IMEI kodi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tgan bo'lsa;
3) abonent jihozidan ishlab chiqaruvchining undan foydalanishning amaldagi yo’riqnomaga muvofiq hamda muayyan hududlarda (aeroport, samolyot va boshqa) amal qiladigan maxsus farmoyish va qoidalarni, xalaqit qiladigan,yoki xavfli vaziyat yuzaga kelishi imkonini oldini olish cheklovlarini (tibbiy muassasalar, texnik xizmat ko’rsatish shaxobchalari, yoqilg‘i saqlash va qayta ortish hududlari, portlash ishlarini o’tkazish va boshqa joylarni) inobatga olib foydalanish. Operator ko’rsatilgan cheklovlar va talablar haqida Abonentga axborot berishga majbur emas;
4) operatordan ishlatilishi uchun O’zbekiston Respublikasi radiochastotalar bo’yicha davlat qo’mitasining maxsus ruxsatnomasini olishni talab qiladigan Abonent jihozi harid qilinganda, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligining talablariga rioya qilish;
5) abonent to’g‘risdagi ma’lumotlarni identifikatsiyalash maqsadida (familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy va/yoki vaqtincha yashash joyi, shaxsini tasdiqlovchi hujjatning seriyasi va raqami), Abonent Operator xodimiga o’zining amal qiluvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatni (pasport/ID-karta va doimiy yoki vaqtincha ro'yxatdan o'tgan joyni tasdiqlovchi ma'lumot, yangi na’munadagi haydovchilik guvohnoma, yoki xarbiy xizmatchining pasport ma‘lumotlarini va u ro’yxatdan o’tgan joyni tasdiqlaydigan, belgilangan shakldagi ma‘lumotnoma ilova qilingan harbiy bilet/guvohnoma) taqdim etishi shart;
6) Shartnoma shartlariga ko’ra hisob-kitoblarning amaldagi tartibi, Tarif rejasi va taqdim etiladigan xizmatlar ro’yxatiga muvofiq taqdim etiladigan aloqa xizmatlari uchun o’z vaqtida va to’liq haq to’lash;
7) xatlarni yetkazish manzili, bank rekvizitlari, amaldagi manzili, pochta manzili va doimiy yoki vaqtincha ro’yxatda turgan joyi, shuningdek boshqa, shartnoma maqsadlarida qo’llaniladigan va shartnomani tuzishda Operator ko’rsatilishi lozim deb talab qilgan hajmdagi ma’lumotlar to’g‘risida to’g’ri va ishonchli axborotni berish. Ko’rsatilgan ma’lumotlar o’zgargan taqdirda, shuningdek, shartnoma imzolangan kundagi shaxsini tasdiqlovchi hujjatning (pasport/ID-karta, yangi na’munadagi haydovchilik guvohnoma, yoki xarbiy xizmatchilar uchun harbiy bilet/guvohnoma) ma‘lumotlari o’zgargan taqdirda, bunday o’zgarishlar kuchga kirgan kundan boshlab 15 ( o'n besh) kun ichida dolzarb ma’lumotlarni yozma shaklda Operatorga taqdim etish;
8) operatorning yozma roziligisiz Abonentlik raqamidan Abonent jihozi va/yoki aloqa moslamalarining ishdan chiqishiga olib keladigan lotereyalar, ovoz berishlar, tanlovlar, viktorinalar, reklama, so’rovlar, ommaviy ma’lumot tarqatishlar, «elektron» hisob raqamidan pul mablag'larini to'plash, turg‘un aloqa tizimida shlyuz o’rnatish, Internet telefoniya va boshqa tadbirlarni o’tkazishda foydalanmaslik;
9) uchinchi shaxslarga Tarmoqqa ulangan SIM/eSim kartadan foydalanish huquqini bermaslik;
10) SIM/eSIM kartadan uchinchi shaxslarning foydalanishi Abonent tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmasligiga sabab bo’lmaydi;
11) frod harakat deb baholangan harakatlarni amalga oshirmaslik va ularga yo’l qo’ymaslik;
12) Abonent O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi va mazkur shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo’lishi mumkin.
5.2 Abonent quyidagi huquqlarga ega:
1) tarmoqdan telefon so’zlashuvlari uchun, O’zbekiston Respublikasi texnika normativlari va standartlari hamda ushbu shartnoma qoidalariga muvofiq bo’lgan, Operator tomonidan Tarmoqda ruxsat etilgan texnik usullarda axborot uzatish uchun foydalanish;
2) operator va uning Vakolatli ofislari, ularning ish tartibi va Operator ko’rsatadigan aloqa xizmatlari to’plami to’g‘risida zarur bo’lgan va to’g‘ri axborotni talab qilish;
3) operator tomonidan O’zbekiston Respublikasi texnika normativlari va standartlari hamda ushbu shartnomaga muvofiq o’z vaqtida va sifatli xizmatni olish;
4) operator roziligida Operator belgilagan tartibotga muvofiq Operator belgilagan tartibda va Operatorni xabardor qilgan holda, hisob-kitoblar tartibi, tarif rejasi, taqdim etiladigan xizmatlar to’plamini o’zgartirish;
5) o’zining Abonentlik jihozini Tarmoqqa O’zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari va ushbu shartnomada belgilangan shartlar va tartibda ulash;
6) ushbu shartnoma bekor qilinishi tahmin qilinayotgan sanasidan 5 ish kundan kechiktirmasdan bu haqida Operatorni yozma ravishda xabardor qilib, shartnomani bir taraflama bekor qilish. Bunda Abonent aloqa xizmatlari bo’yicha Operator oldidagi qarzini qoplaydi;
7) ushbu shartnomada aytib o’tilgan shartlar Operator tomonidan buzilgan taqdirda, Operatorning aloqa xizmatlaridan voz kechish va shartnomani tahmin qilinayotgan bekor qilish muddatidan kamida 5 ish kuni oldin Operatorni yozma ravishda ogohlantirib bir taraflama bekor qilish. Bunda Abonent aloqa xizmatlari bo’yicha Operator oldidagi qarzini qoplaydi;
8) abonent sifatida o’z huquqlarini shaxsan, yoki notarial tasdiqlangan vakolatnoma, yoki qonun asosida ish yurituvchi vakil orqali amalga oshirish. Abonent SIM/eSim -kartasi ulangan Abonent uskunasi bilan bajarilgan Aloqa xizmatlarini olishga qaratilgan harakatlar Abonent nomidan va uning manfaatlarini ko’zlab bajarilgan deb hisoblanadi;
9) o’z huquqlari buzilgan hollarda vakolatli davlat organlari yoki sudga murojaat etish;
10) abonent O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va ushbu shartnomada ko’zlangan boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.
11) operator tomonidan yuboriladigan axborot va reklama xabarlarini, shu jumladan, uchinchi shaxslardan yuboriladigan xabarlarni qabul qilishni rad etish.
6. OPERATOR TOMONIDAN KO’RSATILADIGAN XIZMATLAR UCHUN NARXLAR (TARIF REJALAR)
6.1 Barcha turdagi xizmatlar va Abonent uskunalariga tariflar, radiotelefon orqali ulanish davomiyligi, tarifikasiya birligi Operator tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi va Narxnomada aks ettiriladi (mazkur shartnomaga 1-ilova)
6.2 Signali chaqirilgan tomon javobiga tenglashtiriladigan va telefon ulanishi davomiyligi hisoblanishini boshlashga xizmat qiluvchi Abonentlik jihozlariga quyidagilar kiradi:
1) axborot uzatish uskunalari: avtomatik axborot qabul qilish tartibida ishlayotgan modem yoki faksimile asbobi va boshqalar;
2) avtomatik javob berish uskunasi bilan ta’minlangan har qanday abonentlik jihozi;
3) avtomatik raqam aniqlagichi bo’lgan abonentlik jihozi;
4) chaqirilayotgan tomon yo’qligida axborot almashish imkonini ta’minlovchi (yoki imitatsiya qiluvchi) boshqa moslama.
6.3 Radiotelefon orqali ulanish xizmatlari uchun to'lov Operator xizmat ko'rsatish vaqtida amal qiluvchi tarif bo'yicha amalga oshiriladi.
7. KO’RSATILGAN XIZMATLAR UCHUN ABONENT BILAN HISOB-KITOB QILISH
7.1 Aloqa xizmatlari Abonent tomonidan operatsiyalarni amalga oshirish sanasiga amal qiluvchi Narx-navo varag‘ida (1-Ilova) belgilangan miqdordagi oldindan to’lov kiritilganidan keyin amalga oshiriladi.
7.2 Operator xizmatlari uchun tariflar O'zbekiston Respublikasining milliy valyutasida o'rnatiladi. Ko'rsatilgan xizmatlar uchun barcha to'lovlar O'zbekiston Respublikasining milliy valyutasida hisoblanadi. Aloqa xizmatlari narxiga qo'shilgan qiymat solig'i ham kiradi.
7.3 Abonent to‘lovni amalga oshirganda, Operatorga yoki Operator tomonidan vakolat berilgan shaxsga pul mablag‘larini taqdim etadi. Kiritilgan pul summasiga teng aloqa xizmatlaridan foydalanish huquqi Abonentning “Elektron” hisobida aks ettiriladi. Ushbu to‘lov bo‘yicha Abonentga kassa apparati cheki tarzida hujjatli tasdiq berilishi shart. Kassa apparati cheki mazkur to‘lovga oid Abonentning nizoli masalalari yoki e’tirozlarini hal etishda zarur bo‘lgan hujjat hisoblanadi.
7.4 Naqd pulsiz to'lov kiritilganda, abonent faollashtirilgan kartaning nominal qiymati yoki kiritilgan naqd to'lov miqdori va aloqa xizmatlari tariflaridan kelib chiqqan holda belgilanadigan hajmda aloqa xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega bo'ladi. Shartnoma tuzishning dastlabki bosqichida tanlangan tarif rejasi yoki Operatorning boshqa xizmatlari uchun qisman to'lov amalga oshirilgan taqdirda, Abonent ro'yxatdan o'tgan vaqtdan boshlab tanlangan tarif rejasi va Operatorning xizmatlari uchun to'liq oldindan to'lovni amalga oshirish uchun 48 soat vaqt beriladi. Ko'rsatilgan muddatda to'liq oldindan to'lov amalga oshirilmagan taqdirda, Operator to‘lov to‘liq amalga oshirilguniga qadar tanlangan tarif rejasini faollashtirmaslikka haqli.
7.5 Xizmatlardan foydalanilgan sari Abonentning “elektron” hisobidan qabul qilingan to’lov tarifiga asosan tegishli summalar avtomatik ravishda yechib olinadi, buning uchun elektron (shaxsiy) hisobda yetarli pul mablag‘i bo‘lishi shart (ushbu Ommaviy ofertaning 4.2-bandiga binoan Operatorning Narxnomasiga muvofiq salbiy balans hosil qilish bilan pul mablag‘larini yechib olish huquqi nazarda tutilgan xizmatlar bundan mustasno).
7.6 Elektron hisobdagi sarflanmagan mablag‘ning qoldig‘i haqidagi axborot Abonentga Operator belgilagan usulda, bepul taqdim etiladi.
7.7 Aloqa xizmatlaridan kelgusida foydalanish uchun Abonent tomonidan oldindan to’lov ko’rinishida kiritilgan “elektron” hisob raqamidagi to’lov mablag‘i to’liq sarf qilinganida, Operator Abonentga aloqa Xizmatlari ko’rsatishni cheklash, shuningdek tugallanmagan suhbatni uzish va uni blokirovka qilingan holatiga o’tkazish huquqiga ega. Operator aloqa xizmatlarini ko‘rsatishni to‘xtatmaslikka va ketma-ket 90 (to‘qson) kalendar kun davomida aloqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etishga haqli. Agar Abonent ketma-ket 90 (to‘qson) kalendar kun davomida aloqa xizmatlaridan foydalanish huquqini beruvchi Tranzaksiyalarni amalga oshirmasa, Operator aloqa xizmatlarini ko‘rsatishni cheklashga haqli. Aloqa xizmatlaridagi cheklovlarni bekor qilish uchun Abonent Operatorning xizmat ko‘rsatish bo‘linmalariga murojaat qilishi kerak. Abonentning oxirgi Tranzaksiya kunidan boshlab ketma-ket 365 kalendar kun davomida Tranzaksiyalarni amalga oshirmasligi uning shartnomani bajarishdan bir tomonlama bosh tortishi va shartnomani bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
7.8 Texnik sabablarga ko‘ra, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, Abonentning roumingda bo‘lishi, billing tizimlarining ishlamay qolishi yoki xizmat ko‘rsatishning boshqa xususiyatlari tufayli Abonentning elektron (shaxsiy) hisobidan u foydalangan aloqa xizmatlari hajmida mablag‘ yechib olish imkoni bo‘lmagan hollarda, Operator ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatini keyinroq yechib olishga (qo‘shimcha tariflashga) haqlidir. Mazkur mablag‘ yechib olish xizmat ko‘rsatilgan paytdan e’tiboran 24 (yigirma to‘rt) soat ichida amalga oshiriladi. Mablag‘ Abonentning elektron (shaxsiy) hisobida yetarli pul qoldig‘i mavjud bo‘lganda yechib olinadi. Ushbu Ofertaning 4.2-bandida nazarda tutilgan hollarda (shartlariga ko‘ra Operator o‘zining Narxnomasiga muvofiq salbiy balans hosil qilgan holda mablag‘larni yechib olish huquqiga ega bo‘lgan xizmatlar bo‘yicha) pul mablag‘lari yechib olinganda, Abonentning elektron (shaxsiy) hisobi balansi salbiy bo‘lib qolishi mumkin. Bu Abonentning Operator oldida qarzdorligi borligini anglatadi va Abonent tomonidan Operator oldidagi shubhasiz qarz sifatida tan olinadi. Boshqa hollarda salbiy balans hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Pul mablag‘lari yetarli bo‘lmagan yoki salbiy balans hosil bo‘lgan taqdirda, Operator Abonentning elektron (shaxsiy) hisobi to‘ldirilguniga qadar aloqa xizmatlari ko‘rsatishni cheklash huquqiga ega.
7.9 Agar Abonent elektron (shaxsiy) hisobini ketma-ket 90 (to‘qson) kalendar kun davomida ijobiy holatgacha to‘ldirmasa, Operator aloqa xizmatlarini taqdim etishni cheklashga haqli. Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qarzdorlik yuzaga kelgan taqdirda, Operator Abonentga belgilangan muddatda qarzdorlikni to‘lash talabi bilan ogohlantiruvchi xat (da’vo) yuborishga haqli.Abonent xabarnomada (e`tirozda) ko’rsatigan kundan kechiktirmay mavjud bo’lgan qarzdorlikni qoplashi shart. Agar Abonent ko’rsatilgan aloqa xizmatlari uchun qarzni qoplash bo’yicha majburiyatni mustaqil ravishda bajarmasa, Operator bajarilmagan majburiyatlar summasidan qarzni majburiy undirish chog‘ida kechiktirilgan har kun uchun 0,2% hajmdagi penya hisoblashga haqli.
7.10 Operator Abonentning elektron hisob‘idagi (balansidagi) pul mablag‘lari miqdoriga ko’ra (cheklov miqdori) Abonentga taqdim etiladigan xizmatlar hajmini qo’shimcha xabarlashsiz cheklashga haqli. Cheklov miqdorlari Operatorning Narx-navo varaqlarida keltirilgan.
7.11 Operator tomonidan Abonentning ma’lum bo`lgan manziliga yo’llangan barcha hisobvaraq va xabarnomalar tegishli tarzda yo’llangan hisoblanadi, ular olinmagan taqdirda hech qanday e’tirozlar Operator tomonidan qabul qilinmaydi.
7.12 Operator tomonidan Abonentga bir shaxsiy (elektron) hisob raqamga, yoki alohida shaxsiy (elektron) hisob raqamlarga biriktirilgan qo’shimcha Abonent raqamlari taqdim etilganda, Abonentga SIM/eSim -kartalarni Operatorning aloqa tarmog‘iga ulanish to’lovini, avans va Abonent tomonidan tanlangan xizmatlar ro’yxatiga, hajmiga va Tarif rejasiga muvofiq boshqa to’lovlarni o’z ichiga olgan hisob taqdim etiladi. Operator tegishli summalar tushgunga qadar Abonentga Xizmatlarni taqdim etmaslik huquqiga ega.
7.13 Mazkur Abonent shartnomasi bekor qilingan holda, Abonentning elektron hisobida qolgan (sarflanmagan) summa O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasida mazkur shartnomaning 2.5 bandi tartibida qaytarib beriladi.
7.14 Ushbu Abonent shartnomasi bekor qilingan taqdirda, Cashback bo’yicha qolgan (sarflanmagan) mablag qaytarilmaydi.
8. ABONENTNING OPERATORGA BO’LGAN E’TIROZLARINI KO’RIB CHIQISH TARTIBI
8.1 Aloqa xizmatlari bajarilmaganda yoki tegishli tarzda bajarilmaganida Abonent Operatorga e’tiroz bildiradi.
8.2 E’tirozlar yozma shaklda bildiriladi va Operator tomonidan belgilangan tartibda ro’yxatga olinadi.
8.3 Operatordan Abonent sotib olgan Abonent jihozining sifatiga bo’lgan e’tirozlar Narx-navo varag‘ida (Price-list) ko’rsatilgan muddat ichida topshirilishi kerak (mazkur shartnomaga 1-Ilova).
8.4 Xizmatlar ko’rsatilmaganligi, vaqtida ko’rsatilmaganligi yoki sifatsiz ko`rsatilganligi bilan bog‘liq e’tirozlar bunday xizmat ko’rsatilgan kundan boshlab 6 oy davomida qabul qilinadi.
8.5 E’tirozlarga ushbu ommaviy ofertaning 8.2 bandida ko’rsatilgan tartibga muvofiq Operator tomonidan ro’yxatga olingan kundan boshlab 15 (o'n besh) kun ichida yozma javoblar berilishi shart va / yoki bir oy ichida Abonentni yozma ravishda ogohlantirish bilan, agar ma'lumotlarni qo'shimcha o'rganish zarur bo'lsa.
8.6 Aloqa xizmatlaridan Tarmoqqa ruxsatsiz ulanish orqali uchinchi shaxslarning foydalanishi natijasida nizolar yuzaga kelganda, amalga oshirilgan telefon so’zlashuvlarning mansubligini aniqlash maqsadida belgilangan tartibda texnikaviy surishtiruv o’tkazilishi lozim.
9. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
9.1 Operator Abonent oldida shartnoma majburiyatlarini bajarmagani, yoki tegishli ravishda bajarmagani, e’lon qilingan xizmat ko’rsatilishining sifati, bu xizmatlarni ko’rsatish muddatlarini va ularni bartaraf qilish muddatlarini buzganligi, aloqa xizmatlari va bu xizmatlarning bajaruvchilari haqidagi noto’g’ri axborot uchun O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi yoki mazkur shartnoma bilan ko’zda tutilgan tartib va o’lchamlarda javobgardir.
9.2 Abonentning SIM/eSim kartasining yoqotishi, o’g’irlanishi, yoki boshqa hollarda mavjud emasligi holatlarida, Abonent Operatorning SIM/eSim kartadan foydalanish bilan bo’g’liq xizmatlari uchun, Operatorning Abonentdan mazkur SIM/eSim kartaga xizmat ko’rsatishni to’xtatish haqidagi yozma arizasini qabul qilish paytiga qadar to’lashga javobgardir.
9.3 Operator Abonent oldida bilvosita zararlar va boy berilgan foyda uchun javobgar bo’lmaydi.
9.4 Operator Abonentning shaxsiy ma‘lumotlaridan foydalanish tartibini buzganligi uchun amaldagi qonun hujjatlarida ko’zda tutilgan holda javobgar bo’ladi.
9.5 Abonent quyidagi hollarda O`z R. qonunchiligiga binoan ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladi:
1) o`rnatilgan himoya tizimlarini chetlab o`tgan holda telekomunikasiya tarmog`idan foydalanish va xalqaro trafikni o`tkazish maqsadida telekomunikasiya tarmog`idan qonunga xilof ravishda (ruhsatsiz) foydalanish, shuningdek mazkur maqsadlar uchun mo`ljallangan mahsus dasturiy yoki apparat vositalarini qonunga xilof ravishda (ruhsatsiz) saqlash va ularning faoliyat ko`rsatishi uchun sharoitlar yaratish;
2) kompyuter tizimidan, shuningdek telekommunikasiya tarmoqlaridan qonunga xilof ravishda (ruhsatsiz) foydalanish uchun mahsus vositalarni o`tkazish maqsadini ko`zlab tayyorlash, yoxud o`tkazish va tarqatish;
3) shartnomaning ushbu bo`limida ko`rsatilgan maqsadlar uchun SIM/eSIM kartaning uchinchi shaxslarga berilishi.
10. FORS-MAJOR
10.1 Ushbu shartnoma maqsadlarida “Fors-major” deganda, Fors-major holati to’g‘risida e’lon qilgan Tomon barcha oqilona hatti-harakatlariga qaramay, bu hodisa xoh O’zbekiston Respublikasida, xoh undan tashqarida sodir bo’lishidan qat’iy nazar, oldini olib bo’lmaydigan, yengilmas va cheklab bo’lmaydigan hodisalar, shu jumladan va shu bilan cheklanib qolmay, urush, ommaviy tartibsizliklar, ish tashlashlar, davlat hokimiyati organlarining qarorlari, embargo, yong‘inlar, portlashlar, suv toshqinlari va boshqa tabiiy ofatlar tushuniladi; biroq, pul yo’qligi, yoki yetishmasligi Fors-major holati bo’lib hisoblanmaydi.
10.2 Har qaysi Fors-major holati yuzaga kelganda, shu Fors-major holati mazkur shartnoma bo’yicha majburiyatlarini bajarishga ta’sir ko’rsatadigan (pul to’lovi holatidan tashqari) Tomon (“Jabrlangan Tomon”) ikkinchi Tomonning ziyoni va zararini qisqartirish va Jabrlangan Tomonning mazkur shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlarini bajarish qobiliyatini tiklash uchun barcha zarur choralarni qo’llash, zudlik bilan ikkinchi Tomonni mavjud bo’lgan holatlar to’g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi. Fors-major to’g‘risidagi xabarnomada: (a) Fors-major hodisasi ko’rsatilgan, (b) uning Jabrlangan Tomon o’z majburiyatlarini bajarish imkoniyatlariga ko’rsatadigan ta’sirini oqilona va batafsil bayon etilgan, (c) shu Tomondan ikkinchi Tomon ziyon yoki zararlarini qisqartirishga hamda Jabrlangan Tomon mazkur shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlarini bajarish qobiliyati tiklanishiga qaratib qo’llanilayotgan choralar bayon etilgan bo’lishi kerak.
10.3 Yuzaga kelgan favquloddagi holatlar to’g‘risda xabarlamslik yoki vaqtida xabarlamaslik ikkinchi Tomonni shartnoma majburiyatlarini bajarilmasligidagi javobgarlikdan ozod qilish uchun shu holatlardan birontasini asos sifatida ko’rsatish huquqidan mahrum qiladi.
10.4 Agar Fors-major tufayli Tomonlarning biri mazkur shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlari bajarilishini kechiktirsa, bunday kechiktirish muddatlari ushbu shartnomada nazarda tutilgan muddatlarni hisoblashda inobatga olinmaydi, va shu Tomon Fors-major hodisasi sababli bajarmaslik doirasidagi shartnoma bo’yicha olingan majburiyatlar kechiktirib bajarilganligi uchun oqlanadi, biroq shu sharti bilanki, Fors-major tufayli Tomonlardan birontasi Fors-major to’g‘risidagi Xabarnoma jo’natilganidan keyin 60 (oltmish) kun davomida o’zining biror majburiyatini bajara olmasa, tomonlar zudlik bilan ushbu Fors-major holati oqibatlarini aniqlash maqsadida maslahatlashib, Tomonlar ixtiyoriga ko’ra vaziyatga qarab tegishli zarur choralarni qo’llashi lozim.
11. SHARTNOMA MUDDATI
11.1 Ushbu Shartnomaning amal qilish muddati Abonentlar - Jismoniy shaxslar uchun Oferta qabul qilingan kundan boshlab (2.1. band) Abonent Shartnoma shaklini imzolagan kundan boshlab belgilanadi va amal qiladi:
- Abonent tanlangan Tarif rejasi va Operator xizmatlari uchun oldindan to‘lovini 48 soat ichida amalga oshirishi. Agar Abonent belgilangan muddatda to‘lov operatsiyasini bajarmasa, Shartnoma tuzilmagan hisoblanadi.
- agar Abonent Operatorning tanlangan Tarif rejasi va boshqa xizmatlari uchun haq to‘lash bo‘yicha birinchi operatsiyani amalga oshirgan bo‘lsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi va Tomonlar ushbu Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaguncha yoki uni bekor qilgunga qadar amal qiladi.
12. BOSHQA SHARTLAR
12.1 Aloqa sifatining yomonlashishi, yoki uzilishi radioto’lqinlarning tabiiy tarqalishi yoki ustma-ust kelishi, Abonent binolar yaqinida yoki ichida, tunnellar ichida, yerto’lalar yoki boshqa yerosti inshootlarda bo’lganda; joylardagi rel’ef yoki qurilishning xususiyatlariga ko’ra; mahalliy simli telefon tarmoq operatorlari hamda xalqaro va sharhralararo aloqa operatorlari jihozlarining texnik xususiyatlari va holati; meteorologiya sharoitlari va Operator ta’sir ko’rsatishi va oldini olishining imkoni bo’lmagan boshqa sabablar oqibatida yuzaga kelsa, Operator bunday aloqa sifati yomonlashishi yoki uning uzilishi uchun javobgar bo’lmaydi.
12.2 Abonentga taqdim etiladigan radiotelefon aloqa tarmoqning konstruktiv xususiyatlariga ko’ra operator vakolatiga kirmaydigan mahalliy simli telefon tarmoqlar operatorlari jihozlari, hamda xalqaro va sharhralararo aloqa operatorlari jihozlarining sifatiga bog‘liqdir.
12.3 Abonent buyurtmasi asosida uchinchi shaxslarning Operator tarmog‘i orqali jo’natiladigan kontent taqdim etilmasligi, yoki vaqtida taqdim etilmasligi, uning mazmuni va sifati uchun Operator javob bermaydi.
12.4 Aloqa xizmatlarini ko’rsatish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan barcha nizo va kelishmovchiliklar tomonlar o’rtasida amaldagi O’zbekiston Respublikasining qonunchiligi, hamda ushbu shartnoma shartlariga muvofiq hal qilinadi. Tomonlar o’zaro kelishuvga binoan erishilmagan nizolar O’zbekiston Respublikasi sud organlarida ko’rib chiqiladi.
12.5 Shartnomani jismoniy shaxs bo’lgan Abonentdan boshqa jismoniy shaxs nomiga qayta rasmiylashtirish bevosita har ikki shaxs huzurida va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari (pasportlar/ID-kartalar, yangi na’munadagi haydovchilik guvohnomalari, yoki xarbiy xizmatchilar uchun harbiy bilet/guvohnomalari) taqdim etilganda amalga oshiriladi.
12.6 Abonent Operator tomonidan ushbu Ofertaning 4.1 va 4.2 bandida nazarda tutilgan tartibda, tarqatilgan tariflarning o’zgarishi to’g‘risidagi axborotni. hamda u hisobvaraqlarni Operatorga bog‘liq bo’lmagan sabablarga ko’ra olmagan hollarda, ular olinmagani uchun Operator javobgar bo’lmaydi va bu boradagi e’tirozlarni qabul qilmaydi.
12.7 Operator tomonidan mazkur shartnoma shartlariga ko’ra ko’rsatiladigan aloqa xizmatlari to’g‘risidagi qo’shimcha axborotlar bilan Operator ofislarida, Operator tijorat vakillarining Vakolatli ofisida, axborot-ma’lumot xizmati tizimida tanishish mumkin, shuningdek ular Operator tomonidan ommaviy axborot vositalarida, hamda Operatorning rasmiy WEB-saytida e’lon qilinadi.
12.8 Mazkur shartnomani bajarishga bog‘liq yoki undan kelib chiqadigan barcha axborot va xabarlarni tomonlar bir-biriga shartnomada ko’rsatilgan xat-xabar yetkazish manzillariga jo’natishi kerak .
12.9 Mazkur Oferta va uning ajralmas qismi bo`lgan barcha ilovalari va bitimlari Rus tilida tuzilgan va O’zbek tiliga tarjima qilingan. Ushbu Ofertaning biror qoidasini talqin qilishda nizoli vaziyat yuzaga kelganda, Rus tilidagi talqini ustunlik kuchiga ega bo’ladi.
13. REKVIZITLAR VA BOG'LANISH UCHUN MA'LUMOTLAR
OOO "Unitel", Manzil: O'zbekiston Respublikasi, 100047, Toshkent sh., Mirobоd tumani, ko'ch. Buxoro, 1.
h/r: 20208000300971325001
O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki AJ Toshkent shahar bosh boshqarmasi
Sebzor amaliyot BXMMFO: 00450
STIR: 201838002
IFUT 61200
0611 - mobil telefondan
(90) 185-00-55 - shahar telefonidan
Elektron pochta: 0611@beeline.uz
“Unitel” MChJ tomonidan
telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Ommaviy ofertaga 2-ilova
Abonent raqamlarini ko‘chirish (MNP) xizmatlarini taqdim etish tartibi (keyingi o‘rinlarda Tartib deb yuritiladi)
Donor-operator - abonent raqami telekommunikatsiya tarmog'idan uzatiladigan uyali aloqa operatori;
Qabul qiluvchi operator (recipient) – abonent raqami telekommunikatsiya tarmog‘iga ko’chirilgan mobil aloqa operatori;
KRMB operatori — KRMB shakllantirilishi, ishlashi, texnik kuzatilishi va rivojlanishini ta’minlaydigan, uning resurslaridan foydalanishni taqdim etadigan tashkilot;
Xato ko’chirish- uyali aloqa operatorlari (provayderlar) tomonidan abonentdan arizasiz abonent raqamini ko’chirish (“inson omili” bilan bog‘liq xato tufayli abonentdan arizada ko‘rsatilgan raqam o‘rniga boshqa raqamni ko’chirish, ya’ni , texnik tizimlar bilan o'zaro aloqada bo'lgan xodimlarning noto'g'ri harakatlari tufayli);
Abonent raqamini ko’chirish (MNP) - boshqa operator (qabul qiluvchi) bilan yangi shartnoma tuzishda uyali aloqa xizmatlarini ko'rsatish shartnomasi asosida donor tomonidan ajratilgan abonent raqamini saqlash va undan foydalanish bo'yicha tashkiliy va texnik chora-tadbirlar kompleksi. Abonent raqamini ko’chirish Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarida (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida3275-son ro‘yxatidan o‘tkazilgan) nazarda tutilgan.
Port-In - Qabul qiluvchi operatoridan Donor operatoriga o'tish;
Port-Out - Donor operatoridan Qabul qiluvchi operatorga o'tish.
1. Abonent raqamlarini ko’chirish (MNP) bo'yicha xizmat ko'rsatish shartlari:
1.1. Mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamini ko’chirish to‘g‘risidagi ariza abonentdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat ko‘rsatilgan holda (qabul qiluvchi operatorning texnik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda) qabul qiluvchi operator ofisining mijozlarga xizmat ko‘rsatish punktida qabul qilinadi.
1.2. Abonent raqamini Donor-operatordan Qabul qiluvchi operatorga ko’chirish abonent shartnomasi tuzilganiga yoki qayta rasmiylashtirilganiga 90 kalendar kuni o’tganidan keyin amalga oshiriladi.
1.3. Abonent raqamini Donor-operatordan Qabul qiluvchi operatorga ko‘chirish abonent raqami yoki tarif rejasini aksiya bo‘yicha sotib olingan taqdirda 1 yil o‘tgandan keyin amalga oshiriladi.
1.4. Donor-operatordan boshqa shaxsga ko’chirilgan abonent raqamini qayta ro‘yxatdan o’tkazish 30 kalendar kundan keyin amalga oshirilishi mumkin.
1.5. Raqamni ko’chirish xizmati abonentga har 30 kalendar kunida bir martadan ko‘p bo‘lmagan holda taqdim etiladi.
2. Operatorning majburiyatlari va huquqlari:
2.1. Operator va qabul qiluvchining majburiyatlari:
1) abonent raqamini ko’chirish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish va Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarida (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 3275-son ro‘yxatidan o‘tkazilgan) belgilangan barcha shartlar bajarilgan taqdirda, raqamni ko’chirish mumkin (Port-In).
2) arizani to'ldirishning to'g'riligini tekshiring, uni ro'yxatdan o'tkazing va KRMB-ga so'rov yuboring yoki ariza KRMB interfeysi orqali KRMB operatori tomonidan qabul qilinganligini tasdiqlang.
3) Ommaviy oferta shartlarida nazarda tutilgan tartibda, abonent bilan yangi shartnoma tuzish va unga qabul qiluvchiga berilgan raqamlash diapazonidan vaqtinchalik raqamga ega va abonent tomonidan arizada ko‘rsatilgan tarif rejasiga ulangan yangi SIM-kartani berish.
4) abonentni SIM-kartaga vaqtinchalik raqam bilan SMS-xabar jo‘natib, rad etish sababini ko‘rsatgan holda KRMB operatoridan abonent raqamini ko’chirish rad etilganligi to‘g‘risida xabar berish.
2.2. Operator, donor majburiyatlari:
1) KRMB operatoriga quyidagi hollarda abonent raqamini ko’chirishni rad etish to'g'risida asosli xabar yuborish lozim:
- donor operator tomonidan abonentning ishonchsiz shaxsiy ma'lumotlarini olish (KRMB so'rovida olingan shaxsiy ma'lumotlar bilan donor va abonent o'rtasidagi uyali aloqa xizmatlarini ko'rsatish shartnomasida ko'rsatilgan ma'lumotlar o'rtasidagi nomuvofiqlik; abonent raqami ko’chirish uchun ariza bergan shaxsga tegishli emas; ariza bergan shaxsning vakolatlari yetarli bo'lmagan taqdirda);
- rouming xizmatlari bundan mustasno, donor bilan tuzilgan aloqa xizmatlarini ko'rsatish shartnomasi bo'yicha donor tomonidan tekshirish vaqtida abonentda qarzdorlik mavjudligi;
- abonentning donor oldidagi shartnoma bo‘yicha majburiyatlari bor-yo‘qligi (“Muddatli to’lov evaziga oltin raqam”, “Abonent to‘lovi uchun oltin raqam”, “Ishonchli to‘lov”, muddatli to’lov evaziga bepul oltin raqamga ega “Status” turkumidagi tarif rejasi bilan ulangan raqam; abonent raqamini blokirovka qilish va boshqalar).
3. Abonentning majburiyatlari va huquqlari:
3.1. Abonent quyidagilarga majbur:
1) agar donor bilan uyali aloqa xizmatlarini ko'rsatish to'g'risida shartnoma tuzilgan paytdan boshlab abonent raqamini qabul qiluvchi operatorga ko’chirish to'g'risida ariza berishdan oldin operator, abonentning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning shaxsiy ma'lumotlarida o'zgarishlar yuz bergan bo'lsa (familiyasini o'zgartirish, pasportni almashtirish va boshqalar) donor operator bilan uyali aloqa xizmatlarini ko'rsatish shartnomasini qayta tuzilishi kerak.
3.2. Abonent quyidagi huquqlarga ega:
1) abonent raqamini qabul qiluvchi operatorga ko’chirish uchun ariza berish.
2) donor abonent raqamini ko’chirish so‘rovini tasdiqlamaguncha, abonent raqamini ko’chirish xizmatlaridan voz kechish.