– Xalqaro aloqa xizmati uchun to’lov – xalqaro qo’ng’iroq daqiqasi narxiga shahar raqamlariga chiqish qo’ng’irog’ining narxi qo’shilgan holda hisoblanadi.
– Sputnik aloqa xarajatlarni hisoblashda, shahar raqamlariga chiquvchi qo’ng’iroqlar narxini o’z ichiga olmaydi.
– Mahalliy aloqa manzilga yuborilgan chaqiriqlar deb uy mintaqasidagi shahar yoki boshqa mobil operatorlar raqamlari (jumladan, uy mintaqasidagi tarmoq ichidagi raqamlar)ga qayta yo‘llangan chaqiriqlar tushuniladi. Boshqa manzilga qayta yo‘llangan chaqiriqni qabul qiluvchi abonent suhbat uchun tarif rejasidan kelib chiqib, dastlabki chaqiriq unga boshqa raqam orqali emas, bevosita chiqqandek haq to‘laydi.
– Abonent kirish qo’ng’iroqlarini boshqa raqamga yo’naltirish xizmatidan foydalanganda, ushbu maxsus xizmat uchun tarif rejasiga binoan haq to’lanadi. Boshqa raqamga yo’naltirilgan mahalliy qo’ng’iroqlarga uy hududining shahar yoki boshqa uyali aloqa operatorlari raqamlariga (jumladan, uy hududining tarmoq ichidagi raqamlariga) yo’naltirilgan qo’ng’iroqlar kiradi. Uy hududidan tashqarida joylashgan va o’z qo’ng’iroqlarini boshqa raqamlarga yo’naltirgan abonent, yo’naltirilgan qo’ng’iroqning kirish va chiqish qo’ng’irog’ini tarif rejasiga binoan to’laydi. Yo’naltirilgan qo’ng’iroqni qabul qiluvchi abonent so’zlashuv uchun tarif rejasiga muvofiq, ushbu qo’ng’iroqni yo’naltiruvchi abonentni chetlab o’tib, holbuki dastlabki qo’ng’iroqning to’g’ridan-to’g’ri kelgani singari haq to’laydi.
– Xizmatlar sessiya davomida jo‘natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo‘yicha tariflanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi.
– «Elektron» hisobda mablag‘lar to‘liq sarflanib bo‘lganda Operator Abonentga aloqa xizmatlarini cheklash, jumladan tugallanmagan suhbatini uzish va uni bloklangan holatga o‘tkazish huquqiga ega. Bunda, Abonent ham tarmoq abonentlaridan, ham boshqa mobil operatorlari abonentlaridan qo‘ng‘iroqlar va SMS qabul qilish, shuningdek 0611 raqamiga ma’lumot xizmatiga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyatiga ega.
– Bloklangan maqomdan chiqish uchun (ya’ni pullik tranzaksiyalar – qo‘ng‘iroqlar, SMS yuborish, Internetdan foydalanish va b.) «elektron» hisobni ijobiy ko‘rsatkichgacha to‘ldirish kifoya. Agar ketma-ket 90 kun ichida Abonent «elektron» hisobidagi mablag’ nol yoki noldan past bo‘lsa, Operator uchun bu abonentning aloqa xizmatlaridan foydalanishdan voz kechganligini anglatadi.
– Internet paket xarid qilinganda yoki tarif rejasi o‘zgartirilganda, joriy internet sessiyani yakunlash, harakatni yakuniga yetkazish, keyin yangi sessiyani boshlash lozim. Shunda internet sessiyalarning noto‘g‘ri tariflanishi oldi olinadi.
– Aloqa telekommunikatsiya kanallarini eng optimal usulda ishlatish, shuningdek, Abonentning manfaatlarini ularning qurilmalaridan beruxsat foydalanishidan himoyalash maqsadida, Kompaniya ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligini 60 daqiqa etib belgilangan.
– Kompaniya boshqa mobil operatorlarning aniqlanmagan raqamidan va noto‘g‘ri prefiksdan kelgan kiruvchi qo‘ng‘iroqlar tariflanishining to‘g‘riligi yuzasidan javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. Tariflash shahar raqamlari va boshqa mobil operatorlarining raqamlarini xalqaro formatda terishda to‘g‘ri bo‘ladi (+99893, +99894xxx-xxxx Uсell; +99897xxx-xxxx Mobiuz; +99899xxx-xxxx UzMobile GSM; +99895xxx-xxxx UzMobile CDMA; +99898xxx-xxxx Perfectum Mobile).
– Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo’ladi va mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.
Narxlar QQS bilan ko’rsatilgan.