• Guruh egasining limitlari va keyingi abonent to‘lovi yechilish sanasini bilish uchun — *222#
• Beeline joriy mijozlari “Oila” tarif egasining taklifi bilan guruhga qo‘shilganlarida “Oddiy” tarifiga o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. “Oddiy” tarifiga muvaffaqiyatli o‘tish uchun hisobingizda ijobiy balans bo‘lishi kerak. “Oddiy” tarifiga o‘tish narxi 0 so‘m.
• “Oddiy” tarifi “Oila” tarifiga yangi ulanishda to‘plamda taqdim etiladi. Qolgan hollarda tarifga o‘tish imkoniyati mavjud emas.
• “Oddiy” tarifi abonenti (ishtirokchi) tarif egasining tarifiga kiritilgan trafik va raqamli xizmatlardan foydalanadi.
• Ishtirokchi tarif egasining umumiy tarif paketlaridan foydalanishi faqat tarif egasining tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovi muntazam ravishda yechib borilganda, shuningdek, ishtirokchining hisobida ijobiy mablag‘ mavjud bo‘lgan taqdirdagina mumkin.
• Agar tarif egasining tarifi bo’yicha abonent to‘lovi yechib olinmagan bo‘lsa, “Oddiy” tarifi abonenti o‘z balansidagi mablag‘larni tarif rejasi shartlariga muvofiq sarflaydi.
• Tarif egasi ishtirokchining qo‘ng‘iroqlar detalizatsiyasini olish imkoniga ega emas, ishtirokchi ham tarif egasining qo‘ng‘iroqlar detalizatsiyasini olish imkoniga ega emas.
• Tarif egasi istalgan vaqtda hambi ilovasi orqali ishtirokchini guruhdan chiqarish huquqiga ega. Shuningdek, ishtirokchi hambi ilovasi orqali guruhdan chiqishi mumkin.
• Ishtirokchi boshqa tarif rejasiga o‘tishni xohlagan taqdirda, avval hambi ilovasida guruhdan chiqib, ulanish mumkin bo‘lgan istalgan tarifni tanlashi kerak.
• Ishtirokchi guruhdan chiqarilsa yoki chiqib ketsa, guruhdagi trafik va raqamli xizmatlar ishtirokchi uchun mavjud bo‘lmaydi va ishtirokchining o‘zi 3 kun davomida “Oddiy” tarifida qoladi. 3 kun davomida internet, qo‘ng‘iroqlar va SMS tarif rejasi shartlari bo‘yicha o‘z balansidan sarflanadi va ishtirokchiga mavjud tariflardan biriga o‘tish imkoniyati taqdim etiladi.
• Shuni ma’lum qilamizki, tarif bo‘yicha internet-trafik, daqiqalar, SMS qoldig‘i va boshqa qo‘shimcha xizmatlar qoldig‘i haqida xabarlar 08:00 dan 22:00 gacha yuboriladi.
