Hech kimga sir emas, abonentning balansidan elektron hisobiga ulangan qo'shimcha kontent-xizmatlar uchun mablag' yechiladi. Bulardan ob-havo ma'lumoti, munajjimlar bashorati, valyuta kursi, yangiliklar, latifalar, o'yin, musiqalar va videolarni buyurtma qilish, shuningdek, turli ovozli va web-portallarga kirish imkoniyati bo'lishi mumkin.
Tabiiyki, har bir foydalanuvchida shunday savol tug'iladi – qanday qilib men o'zim bilmagan holda qo'shimcha kontent xizmatga obuna bo'ldim? Eng keng tarqalgan usullardan biri - bu tasodifiy mustaqil amalga oshirilgan obuna, ya'ni:
- ushbu turdagi xizmatlarni reklama qilgan web-saytlarga kirganda yoki ilovalardan foydalanganda. Shuningdek, qurilmangizga taklif sifatida yuborilgan obunaga rozilik bildirish tugmasini bosganda.
Ularni o'z vaqtida aniqlash va hisobdan keraksiz mablag' yechilishini oldini olish ba'zan biroz qiyinchilik tug'diradi, ba'zida esa vaqt bo'lmaydi. Ammo elektron hisobingizdan vaqti-vaqti bilan mablag' yechilayotgan bo'lsa, sizda qanday xizmatlar yoqilganligini aniqlash tavsiya etiladi.
Quyida qanday qilib kontent-obunalarni tekshirish, kerak bo'lsa ularni o'chirib qo'yish haqida kichik eslatma mavjud.
Ulangan xizmatlarni hambi ilovasi yordamida tekshirish mumkin (telefonda *1# kodini tering yoki yuklab olish uchun havolaga o'ting)
• Ilovaning asosiy menyusidan "Xarajatlarim" tugmasini bosing:

• Detalizatsiya davrini belgilab, "Obunalar" bo'limini tanlang:
• Bu yerda ulangan xizmatlar ro'yxati va ularning narxini ko'rishingiz mumkin:
Agar Siz barcha pullik kontent-obunalarini o'chirmoqchi bo'lsangiz, *225# maxsus kodini tering.
E'tibor bering:
• obunalarni o'chirish uchun abonent raqami faol holatda bo'lishi kerak;
• xizmatlarni o'chirish bepul;
• sizning qulayligingiz uchun kod Uzcard va Humo obunalarini o'chirmaydi;
• bundan tashqari, kod Beeline Digital-xizmatlarini (Beeline TV, Beeline Music & Radio, Beeline Pressa va boshqalarni) o'chirmaydi. Ularni o'chirish uchun *116# alohida USSD Menyu mavjud. Batafsil.
Yaqin kelajakda kontent-xizmatlarni mustaqil boshqarish, xarajatlarni nazorat qilish va shaffoflikni ta'minlash uchun vositalarni kengaytirish rejalashtirilgan.
Abonentlarimiz xabardorligini oshirish maqsadida har qanday xizmatni faollashtirishdan avval ma'lumotlarni diqqat bilan o'rganib chiqishingizni, hambi ilovasi orqali o'z xarajatlaringizni, ulangan xizmatlaringizni muntazam tekshirib turishingizni va hisobingizdan nima uchun mablag' yechilayotganligini kuzatib turishni tavsiya qilamiz.
Sizga g'amxo'rlik bilan, Beeline.
