Biz doimo yangi hamkorlarni mamnuniyat bilan kutib olamiz va o‘zaro manfaatli hamkorlikka ochiqmiz. Agar Beeline Uzbekistan kompaniyasining dilerlik tarmog‘i a’zosi bo‘lishni istasangiz, onlayn ariza topshirishingiz mumkin. Biz hamkorligimizni iloji boricha sodda, tushunarli va o‘zaro manfaatli qilishga intilamiz.
Dilerlikka ariza topshirish uchun https://dealer.beeline.uz/ havolasiga o‘ting va so‘rovnomani to‘ldiring.
Ariza berish uchun zarur hujjatlar:
• Savdo nuqtasining fotosuratlari (tashqi ko‘rinish, ichki ko‘rinish);
• Ko‘chmas mulkka egalik qilish yoki ijara shartnomasini tasdiqlovchi hujjatlar;
• Yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma.
Arizangiz ko‘rib chiqilgandan so‘ng, mutaxassislarimiz hamkorlik shartlarini batafsil muhokama qilish uchun siz bilan bog‘lanishadi.
Aloqa ma’lumotlari:
0699 – dilerlik faoliyati bo‘yicha savollar yuzasidan mutaxassis bilan bog‘lanish uchun. Qo‘ng‘iroqlar Beeline raqamlaridan amalga oshiriladi
+998 90 032 06 99 – istalgan raqamdan