Bosh sahifa/Ko'p so'raladigan savollar
Beeline abonentlari uchun ommabop musiqiy kontentidan xorijiy va o'zbek musiqalarini onlayn va offlayn (yuklab olingan, keshlangan kontent) rejimida tinglash imkonini beruvchi musiqiy xizmatdir.
Beeline Music & Radio xizmati Siz uchun quyidagi qulayliklarni taqdim etadi:
• «Beeline Music & Radio» xizmatining barcha yangi Foydalanuvchilariga abonent to'lovisiz kirish uchun bir martalik muddat amal qilib, 10 kalendar kunga taqdim etiladi;
• Xizmat doirasida xorijiy va o'zbek ijrochilarining musiqiy treklar va albomlarini tinglash;
• yuklab olingan, keshlangan Musiqiy kontentni oflayn rejimida tinglash imkoniyati (Internetga kirish imkoniyati bo'lmasa);
• yangi musiqiy kompozitsiyalar, albomlar, pleylistlar va janrlar bo'yicha tavsiyalar;
• o’z pleylistini tuzish imkoniyati;
• qo'shiq bo'yicha qidiruv;
• pauzaga qo’yish, orqaga o'tkazish, keyingi kompozitsiyaga o'tish, tinglash davriyligi;
• Mobil qurilmalarda (iOS, Android) va music.beeline.uz veb-portalida taklif qilingan va mavjud bo'lgan kompozitsiyalar (kompozitsiya nomi, ijrochi, albom muqovasi) nomlarini ko’rish imkoniyati;
• onlayn radio tinglash.
Beeline Music & Radio xizmati mobil qurilmada o'rnatilgan tilga qarab o'zbek, rus va ingliz tillarida mavjud bo’lib, https://music.beeline.uz veb-portali orqali ham tilni mustaqil ravishda tanlash imkoniyati mavjud.
Beeline Music & Radio xizmati quyidagi operatsion tizim qurilmalarida mavjud:
• Android ga asoslangan smartfonlar va planshetlar (4+ versiyasi), mobil ilovani o'rnatish orqali
• IOS ga asoslangan smartfonlar va planshetlar (7+ versiyasi), mobil ilovani o'rnatish orqali
• WEB shaxsiy kompyuterlar (Windows, Mac OS, UNIX) va internet-brauzerlarga o'rnatilgan operatsion tizimlarning har qanday versiyani qo'llaydiganlardan: Chrome 31 va undan yuqori, Firefox 31 va undan yuqori, Opera 30 va undan yuqori, Internet Explorer 10 va undan yuqori, Safari 8 va undan yuqori
• https://music.beeline.uz web-portali orqali
• Beeline Music & Radio mobil ilova orqali
Ulashda 3ta bosqichni ko‘rib chiqamiz:
1-Bosqiсh: mobil qurilmaga App Store yoki Google Play orqali Beeline Music mobil ilovasini yuklab olish yoki https://music.beeline.uz veb-portal manziliga kirish lozim.
2-Bosqich: parolni olish uchun Beeline telefon raqamini kiritish kerak.
3-Bosqich: qabul qilingan parolni kiritish kerak
Beeline Music & Radio xizmatiga ulangandan so'ng, Sizga xizmatga kirish uchun bepul bir martalik 10 kunlik muddatga taqdim etiladi, muddat yakunlangandan so'ng, abonent to'lov narxi kunlik narxlanishi bo’yicha yechiladi (albatta, xizmatning yangi foydalanuvchilari uchun);
IOS va Android operatsion tizimiga ega bo’lgan qurilmalarda:
• Beeline Music & Radio ilovasining eng so'nggi mavjud versiyasiga ega ekanligingizga ishonch hosil qiling. Buning uchun AppStore / Google Play ni oching va Beeline Music & Radio qidiruv bo’limiga kiriting. "Yangilash" tugmasi faol bo'lsa, uni bosing va ilovani yangilash tugashini kuting.
• «Beeline Music & Radio»ni ishga tushiring
• Beeline Music & Radio xizmatiga kirish uchun SMS orqali faollashtirish kodini (parolni) olish uchun telefon raqamingizni kiriting.
• Parolni kiriting va «Kirish» tugmasini bosing
• Avtorizatsiya tugallanadi.
Sizga har kungi yangilanib turadigan turli yo’nalishdagi janrlarda bo’lgan yangi va tavsiya etiladigan onlayn treklarni tinglashda taklif etiladi.
• Mobil ilovaning Qoidalar bo'limida;
• Veb-portal manzili orqali: https://music.beeline.uz
• Abonent to'lovining miqdori Operator tomonidan oldindan xabar qilingan holda, bir tomonlama asosida o'zgartirilishi mumkin.
Xizmat uchun abonent to'lov narxi:
• kunlik to'lov: 599 so’m
Abonent to'lovini o'z vaqtida to’lash xizmatdan foydalanishning majburiy shartlaridan biridir. Obunaning turiga qarab, xizmatdan foydalanish uchun abonent to'lovi yechilgan vaqtidan boshlab va keyingi to'lov muddati Toshkent vaqti bilan soat 00:00 gacha taqdim etiladi. Abonent to'lovining yechilishi har kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 dan 02:00 gacha Abonentning shaxsiy hisobidan amalga oshiriladi.
Beeline Music & Radio xizmati O'zbekiston Respublikasi hududida ham, undan tashqarida ham ilova orqali, ham veb-portal uchun internetga ulanishning istalgan nuqtasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi. O'zbekiston Respublikasidan tashqarida xizmatga ulanishda kiruvchi va chiquvchi Internet-trafik roumingda belgilangan standart tariflarga muvofiq narxlanadi.
Xizmat Beeline abonentlariga real vaqt davomida musiqiy kontentga kirish imkonini beradi.
Xizmat Internetga kirish imkoni mavjud bo'lganda taqdim etiladi. Internet tarmog'iga kirish imkoni bo'lmagan taqdirda, abonent tomonidan yuklab olingan, keshlangan musiqiy kontentga kirish imkoniyati mavjud bo’ladi.
Xizmat ulangan vaqtda, Beeline abonentlari uchun xizmatning doirasida bo’lgan kiruvchi va chiquvchi mobil internet-trafiki narxlanmaydi.
Agar Abonent uchinchi tomon operatorlarining Internet trafigidan foydalanadigan bo’lsa, kiruvchi va chiquvchi internet-trafik sarflanishi uchinchi tomon operatorlarining belgilangan tariflariga muvofiq narxlanadi.
Xizmatni o’chirishda quyidagi usullardan amalga oshiriladi:
• SMS orqali - bepul SMS yordamida, kunlik obunani o'chirish uchun «0» sonini 15100 raqamiga, oylik obunani o'chirish uchun «1» sonini 15100 raqamiga yuborish kerak.
Agar parolni unutgan bo'lsangiz, tizim Sizga xizmatning avtorizatsiyasidan o’tish uchun yangi parolni yuboradi.