Hurmatli KINOM foydalanuvchilari!

Xabarlar
27 Noyabr
1 min.
Main Event Image

KINOM ilovasidagi ZO’R TV telekanali dasturiga kiritilgan o‘zgarishlar haqida ma’lum qilamiz.

2026-yil 27-noyabrdan boshlab ZO’R TV telekanalida quyidagi turnirlar doirasidagi futbol uchrashuvlari translyatsiya qilinmaydi:

• UEFA Chempionlar ligasi;
• UEFA Yevropa ligasi;
• Ispaniya chempionati (La Liga);
• Angliya kubogi.

Ushbu o‘zgarishlar mazkur musobaqalarni translyatsiya qilish huquqlarini taqdim etish shartlari bilan bog‘liq.

Shu bilan birga, futbol muxlislari uchun xushxabar: Setanta Sports 1 va Setanta Sports 2 telekanallarida quyidagi chempionatlarning uchrashuvlarini tomosha qilishingiz mumkin:

• Angliya Premyer-ligasi (APL);
• Ispaniya chempionati (La Liga);
• Italiya chempionati (Serie A);
• Germaniya chempionati (Bundesliga).

Tushunganingiz uchun va KINOM’ni tanlaganingiz uchun rahmat!