Qo‘ng‘irot – Beyneu xalqaro trassasida aloqa yaxshilandi
Xabarlar4 Avgust
1 min.

Biz Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida 6 ta yangi baza stansiyasini ishga tushirdik. Endi A380 xalqaro magistrali bo‘ylab harakatlanayotgan avtotransport va poyezd haydovchilari hamda yo‘lovchilari yo‘l davomida aloqada qolishi, bemalol qo‘ng‘iroq qilishi va mobil internetdan foydalanishi mumkin.
Yangi baza stansiyalari trassaning qariyb 150 kilometrini qamrab olib, tarmoq qamrovini kengaytiradi va muhim xalqaro transport yo‘nalishida yanada ishonchli aloqani ta’minlaydi.