Bosh sahifa/Xabarlar/SMS-targeting — Oʻzbekistondagi yangi samarali reklama vositasi

SMS-targeting — Oʻzbekistondagi yangi samarali reklama vositasi

5 Sentyabr

Xabarlar
Barcha yangiliklarga qaytish
Beeline

Beeline Uzbekistan mijozlarga ularning qiziqishlari, xohishlari va xulq-atvorini inobatga olgan holda maqsadli xabarlarni yuborish uchun SMS-targeting xizmatini ishga tushirdi. Xizmat Oʻzbekiston reklama sektoriga raqamli texnologiyalarni muvaffaqiyatli joriy etayotgan VEON Group xoldingining shuba korxonasi — VEON AdTech negizida yoʻlga qoʻyilgan.

SMS-targeting — takomillashtirilgan axborot yoki tijorat tarqatmasi koʻrinishidagi mamlakat uchun yangi marketing vositasi. Reklama beruvchilar uchun xizmat qulay, chunki u mijozlar bilan maqsadli muloqot qilish imkonini beradi, “banner koʻrish ojizligi” va kundalik hayotda odamni oʻrab turgan axborot shovqinini kamaytiradi.

SMS-targeting xizmatining afzalliklari:

Auditoriya segmentatsiyasi. Xizmat katta hajmdagi maʼlumotlarni tahlil qilishga asoslangan. Ularni qayta ishlash natijasida SMS qabul qiluvchilarning toifalari shakllanadi. Turmush tarzi, geomaʼlumotlar, qiziqishlar boʻyicha tanlash mumkin, bu kerakli auditoriyaga tegishli xabarlarni yuborish imkonini beradi.

Shaxsiylashtirish. Axborotning cheksiz oqimida inson shaxsiylashtirilgan taklifni eslab qolishining ehtimoli koʻproq. Bu auditoriya bilan “yaqinroq” aloqa oʻrnatishga va biznes uchun kerak boʻlgan mijozlarni jalb qilishga yordam beradi.

Bir zumda yetkazish. Oʻtkazilgan testlarga koʻra, SMS bir daqiqadan kamroq vaqt ichida yetkaziladi. Bu reklama beruvchining taklifi marketing xabarlari oqimida yoʻqolib qolmasligi ehtimolini oshiradi.

Xarajatlarni kamaytirish. Endi reklama byudjetini katta tarqatmalar uchun sarflashga hojat yoʻq. Bundan tashqari, SMS orqali joʻnatilgan shaxsiylashtirilgan taklif — aniqroq boʻlib, konversiya ehtimolini oshiradi.

SMS-targeting qoʻllash sohalari cheklanmagan.

  • HoReCa segmenti yangi filiallar, dolzarb tadbirlar, maxsus narx va mahsulot takliflari haqida aytib berish orqali tashrif buyuruvchilarni jalb qilishi mumkin.
  • Chakana savdo aksiyalarni eʼlon qilishi, tovarlarni xarid qilib ulgurmagan onlayn va oflayn isteʼmolchilarni “quvib yetishi”, maʼlum vaqtlarda yoki maʼlum filiallar boʻylab xaridlar haqida eslatma yuborishi mumkin.
  • Banklar har bir foydalanuvchining qiziqishlari, turmush tarzi va boshqa ehtiyojlariga mos keladigan shaxsiy xizmatlarni taklif qilishlari mumkin.

“SMS-targeting — trafikni oqilona boshqarishning kalitidir. Ishonchimiz komilki, reklama beruvchilar oʻz xabarlarini maqsadli auditoriyaga toʻgʻri yetkazish imkoniyatini qadrlashadi, bu esa marketing harakatlaridan maksimal foyda olish imkonini beradi”, — deydi Lev Gavrilov, VEON AdTech trafik xaridi boʻlimining rahbari.

 

Barcha yangiliklarga qaytish
Beeline
Ilovani ishlating

Shaxsiy kabinetda texnik ishlar olib borilmoqda, lekin siz bizning ilovamizdan foydalanishingiz mumkin