Oyiga 180 000 so‘m evaziga yangi smartfon, 100 GB internet va cheksiz qo‘ng‘iroqlar
Xabarlar22 Oktyabr
1 min.

Yangi "Shaxsiy Smartfon" tarifi muloqot va hordiq chiqarish uchun zarur bo‘lgan barcha imkoniyatlarni bitta taklifda jamlaydi: cheksiz qo‘ng‘iroqlar, 100 GB internet, Kinom va riitm obunalari – barchasi oyiga 180 000 so‘m evaziga.
Tarif bir nafar abonent uchun mo‘ljallangan bo‘lib, smartfonni alohida xarid qilmasdan, aloqa xizmatlari bilan birga yagona oylik to‘lov asosida olish imkonini beradi.
"Shaxsiy Smartfon" tarifiga Beeline savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida ulanish mumkin. Taklif raqamingiz uchun mavjudligini saytda yoki hambi ilovasida tekshiring.
Smartfon "Shaxsiy Smartfon" kontrakt tarifiga o‘tish va tarifdan 12 oy davomida foydalanish majburiyati bilan taqdim etiladi.