Beeline Uzbekistan va DGPAYS MEA oʻzaro anglashuv memorandumi imzoladi
Xabarlar
Beeline Uzbekistan xalqaro fintex kompaniya DGPAYS MEA bilan oʻzaro anglashuv memorandumi imzoladi. DGPAYS MEA raqamli toʻlovlar, mobil hamyonlar, sodiqlik dasturlari va bank platformalari sohasida yechimlar ishlab chiqishga ixtisoslashgan kompaniya hisoblanadi. Ushbu memorandum mijozga yoʻnaltirilgan sodiqlik platformasini birgalikda ishlab chiqish va joriy etishni nazarda tutadi.
Ushbu loyiha mijozlarga yo‘naltirilgan kengaytiriladigan raqamli platformani ishlab chiqish va joriy etish orqali xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni yaxshilash, operatsiyalarni takomillashtirish va mijozlar ishtirokini kuchaytirish maqsadini ko‘zlaydi. Mazkur loyiha maqsadli funksiyalar va bosqichma-bosqich amalga oshirish yordamida ichki jarayonlarni optimallashtirish hamda marketing aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
"Bu Beeline Uzbekistan uchun mijozlarga yo‘naltirilgan innovatsion xizmatlarni rivojlantirishda muhim qadamdir. Ishonchimiz komilki, DGPAYS MEA bilan hamkorlik qulaylik, shaffoflik va noyob foydalanuvchi tajribasini ta’minlash orqali xizmatlarimizni yangi bosqichga olib chiqishga yordam beradi," - deydi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andrey Pyatakhin.