20 yil birga
Xabarlar
Beeline Uzbekistan’ning 20 yilligi munosabati bilan biz birinchi kundan boshlab kompaniya bilan birga bo‘lgan xodimlarimizni bir daqiqaga o‘tmishga — kompaniya endigina o‘z faoliyatini boshlagan va ular bu yerda ilk qadamlarini qo‘ygan dastlabki ish kunlariga qaytishga chorladik.
Ular "digital" endigina paydo bo‘layotgan paytda ishga kelishgan. Dunyoda hali Facebook ham, YouTube ham, iPhone ham yo‘q edi, "onlayn" so‘zini esa faqat televideniyeda ishlatishardi. Bu tugmachali telefonlar davri edi, xabarlar T9 tizimi yordamida terilardi. O‘shandan beri raqamli dunyo tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi — ular esa qolishdi: kompaniyani birgalikda o‘stirishdi, qiyinchiliklardan birgalikda o‘tishdi, maqsadlariga birgalikda erishishdi.




Biz ataylab uzoq o‘tmish formatidan foydalandik. U hamma narsa — kompaniya ham, uning atrofidagi butun raqamli hayot ham endi boshlangan davrga qaytaradi. Bu yerda hamkasblarimiz ishni nimadan boshlaganlarini, ko‘z o‘ngida nimalar o‘zgarganini va nima uchun yigirma yil o‘tib hamon shu yerda ekanliklarini yodga olishadi.