5G - beshinchi avlod mobil aloqa texnologiyasi bo‘lib, u o'zidan avvalgi texnologiyalarga nisbatan internetning yuqori tezligini, signal uzatilishida to'xtalishlar kamligi va yuqori o‘tkazuvchanligi bilan farq qiladi.
5G tarmog‘ining qamrov hududi qanday?
5G xizmati Toshkent shahrida quyidagi manzillar bo‘yicha abonentlarga taqdim etiladi:
- Buxoro ko'chasi (Beeline bosh ofisi);
- Taraqqiyot ko‘chasi (Ekopark, Ashxobod bog‘i);
- Mustaqillik shoh ko‘chasi (Inkonnel biznes markazi, Hamid Olimjon maydoni);
- Amir Temur shoh ko‘chasi (Amir Temur xiyobonidan Xurshid ko‘chasi bilan kesishmasigacha);
- Mirobod ko‘chasi (Afrosiyob ko‘chasi kesishmasidan Nukus ko‘chasi kesishmasigacha);
- Shahrisabz ko‘chasi (Afrosiyob ko‘chasi kesishmasidan Amir Temur shoh ko‘chasi kesishmasigacha);
- Allomalar ko‘chasi (yangi ToshMI hududida);
- Bunyodkor shoh ko‘chasi ("Chilonzor", "M.Ulug‘bek", "Xalqlar do‘stligi" metro bekatlariga yaqin hududlarda);
- Qumariq ko'chasi (xalqaro aeroportga yaqin hududda).
5G ulanish narxi
5G xizmati bepul taqdim etiladi va qo‘shimcha xarajatlarni talab qilmaydi.
Barcha joriy internet takliflar 5G tarmog‘ida ham amal qiladi. Siz internet trafigingizni 5G tarmog‘ida huddi 4G/3G/2G texnologiyalarida foydalanganingizdek sarflashingiz mumkin.
5G qanday ulanadi?
Beeline’da 5G ayni damda tajriba-tijorat ekspluatatsiya doirasida ishga tushirilgan. Shu sababli, ushbu texnologiya 5G qamrovi bo‘lgan hududlarda cheklangan sondagi abonentlar uchun taqdim etilmoqda. To'liq tijoriy efirga o'tilgandan so‘ng, 5G ulanish barcha abonentlar uchun ochiladi.
5G xizmati to‘g‘ri ishlashi uchun quyidagilar zarur:
- SIM-kartangiz 5G aloqasida ishlashi uchun uSIM / eSIM bo‘lishi kerak.
- smartfoningiz 5G‘ni apparat va dasturiy ta’minot darajasida qo‘llab-quvvatlashini tekshiring. Beeline 5G interneti 2300 TDD (N40) chastotasida uzatiladi.
- manzilingizda Beeline 5G tarmog‘ining qamrovi mavjudligiga ishonch hosil qiling. Hozirda 5G aloqasi Toshkent shahrining markaziy tumanlarida mavjud.
- raqamingizda Internetga ulanish va 4G (LTE) aloqasi borligini tekshiring.
Qaysi qurilmalar 5G‘ni qo‘llab-quvvatlaydi va telefonda 5G‘ni qanday sozlash mumkin
Qurilmangiz 2300 Mhz TDD (N40) diapazonida 5G aloqasini qo‘llab-quvvatlashi kerak.
Qurilmangiz 5G standartlarini qo‘llab-quvvatlashi yoki qo‘llab-quvvatlamasligi haqida batafsil ma’lumot olish uchun ishlab chiqaruvchiga murojaat qilishni tavsiya etamiz.
Hozirda Beeline 5G tarmog'iga quyidagi smartfonlarda ulanish imkoni mavjud:
Apple: iPhone 12 va yuqori (IOS 17 va yuqori)
Xiaomi: Xiaomi 14, Xiaomi 14 Ultra, Xiaomi MIX Flip, Xiaomi 14T, Xiaomi 14T Pro, Redmi Note 13P +5G, Xiaomi 15, Xiaomi 15 Ultra, Redmi Note 14 Pro 5G, Redmi Note 14 Pro+ 5G Beeline 5G tarmog'ini qo‘llab-quvvatlaydi (qo'shimcha ravishda ishlab chiqaruvchidan tekshirishni tavsiya qilamiz)
Honor: HONOR 5G, HONOR 200, HONOR 200 Lite, HONOR 200pro, HONOR 50, HONOR 70, HONOR 90, HONOR 90 Lite, HONOR X9a, HONOR X9a, HONOR X9b, HONOR X9c, HONOR X9c smart
Samsung: Markaziy Osiyo hududi uchun ishlab chiqarilgan ba'zi modellarda Beeline 5G tarmog'ini qo'llab-quvvatlaydi (qo'shimcha ravishda ishlab chiqaruvchidan tekshirishni tavsiya qilamiz).
Quyida telefon sozlamalarida 5G tarmog‘ini qanday tanlash haqida yo'riqnoma ko'rsatilgan:
Android: "Sozlamalar" -> "Mobil tarmoq" -> "Tarmoqni rejimi" va 5G ni tanlang.
IOS: "Sozlamalar" -> "Uyali aloqa" -> "Parametrlar" -> "Ovoz va ma’lumotlar" -> "5G ulangan" yoki "5G avtomatik" ni belgilang.
