Oylik abonent to‘lovini yechib olish uchun balansda mablag‘ yetarli bo‘lmasa — 2 500 so‘m kunlik abonent to‘lov tizimi faollashtiriladi hamda 100 daqiqa, 100 SMS va 500 MB taqdim etiladi. Batafsil
YANGI XIT
O'zbekiston bo'ylab cheksiz qo'ng'iroqlar*
Internet
O'zbekiston bo'yicha kiritilgan SMS paketi*
Tarif rejasi
so'm/oy
Kunlik abonent to‘lovi
Kunlik abonent to‘lovini o‘chirish
Bu xizmat tarif rejangiz kunlik abonent to‘lovini o‘chirish imkonini beradi. Quyidagilarni e’tiborga olish lozim: kunlik abonent to‘lovi o‘chirilganda va oylik abonent to‘lovi yechilmaganda, kiritilgan trafikli paket taqdim etilmaydi. Bunday holda, aloqa xizmatlaridan keyingi foydalanish uchun to‘lov tarif shartlariga muvofiq standart tarifikatsiya bo‘yicha amalga oshiriladi.
Xizmat narxi — 0 so‘m
Ulanish kodi *110*1988#
O‘chirish kodi *110*1990#
Tekshirish kodi *110*09#
Kunlik abonent to‘lovini hambi ilovasi (“Tariflar” bo‘limi → “Barcha xizmatlar” sahifasi) orqali, shuningdek, aloqa markazi va butun O‘zbekiston bo‘ylab joylashgan Beeline Uzbekistan savdo ofislari orqali o‘chirish mumkin.
Kunlik abonent to‘lovini o‘chirish yoki ulash uchun hambi ilovasini yuklang yoki eng so‘nggi versiyasiga yangilang.
Agarda daqiqa, SMS yoki MB tugasa
«Perezagruzka» xizmatini yoqtirish orqali siz tarif rejangiz bo‘yicha taqdim etiladigan daqiqa, SMS va MB paketlarini muddatidan avval olishingiz mumkin.
«Perezagruzka» xizmatining narxi har bir so‘rov uchun – 2000 so‘m.
Xizmatni ulash uchun hisobda tarifga ulanish summasining minimal miqdori va «Perezagruzka» xizmatining narxi – 2000 so‘m bo‘lishi kerak.
«Perezagruzka» xizmati ulanganda hisobdan xizmat narxi – 2000 so‘m va tarif reja bo‘yicha oylik abonent to‘lovi yechiladi. So‘ng tarifga kiritilgan oylik daqiqa, MB va SMS paketlarining miqdori to‘liq hajmda beriladi.
«Perezagruzka» xizmati yoqilganidan so‘ng, tarif bo‘yicha avval taqdim etilgan MB, daqiqalar va SMS paketlarning qoldig‘i kuyadi.
Yangi taqdim etilgan oylik trafikning amal qilish muddati va oylik abonent to‘lovi yechilishining navbatdagi sanasi oylik abonent to‘lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.
Xizmatga ulanish kodi : *5#
Qoldiqni qanday tekshirish mumkin?
Mahalliy aloqa
Kiruvchi qo’ng’iroqlar 0 so’m/daq.
O’zbekiston bo’yicha qo’ng’iroqlar 300 so’m/daq.
O’zbekiston bo’yicha SMS 300 so’m/SMS
Internet 225 so’m/MB
Xalqaro aloqa va sputnik aloqa
Markaziy Osiyoga (Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston) 3 500 so’m/daq.
Rossiyaga 3 500 so’m/daq.
Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon, Ukraina, Belarus, Moldova davlatlariga 3 500 so’m/daq.
Yevropaga 9 000 so’m/daq.
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga 9 000 so’m/daq.
Boshqa Osiyo mamlakatlariga 9 000 so’m/daq.
Amerika va Afrikaga 9 000 so’m/daq.
Avstraliyaga 9 000 so’m/daq.
Bitta xalqaro SMS xabar yo’llash 1 000 so’m
Sputnik aloqa
1- yo`ldosh – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so’m/daq.
2 – yo`ldosh – Inmarsat V, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37890 so’m/daq.
3 – yo`ldosh – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so’m/daq.
4 – yo`ldosh – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so’m/daq.
Standart ravishda amalda bo‘lgan xizmatlar
Boshqa tariflarga o'tish
Tarif rejaga o'tish va ulanish yopilgan.
Ushbu tarifdan boshqa tariflarga o'tish.
Qo'shimcha ma'lumot
* Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo’ladi va mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.
O‘zbekiston bo‘ylab chiqish qo‘ng‘iroqlarining texnologik cheklovi abonent to‘lovi yechilgan kundan boshlab oyiga 45 000 daqiqani tashkil etadi. Qo‘ng‘iroqlar bir oy davomida ushbu limitdan oshsa, O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun to‘lov tarif rejaga asosan yechiladi. Cheksiz qo‘ng‘iroqlar hisob-kitobi 1ta abonentga belgilanadi, konferens-aloqa vaqtidagi guruh qo‘ng‘iroqlarini hisobga olmaydi.
• Keyingi oylik abonent to’lov yechilishi va trafik taqdim etish vaqti 1 oylik interval bilan (oyning birinchi kuniga bog’liq bo’lmagan holda), ya’ni oxirgi yechilgan abonent to’lov sanasi asosida amalga oshiriladi. Navbatdagi oylik abonent to’lovining yechilishi soat 00:00 dan 06:00 gacha bo’lgan vaqtda amalga oshiriladi. Agar oylik abonent toʻlovi oyning oxirgi kalendar kunida yechib olingan boʻlsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qatʼi nazar, keyingi abonent toʻlovini yechib olish sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari kalendar oyining xuddi shu sanasida amalga oshiriladi.
• Oylik abonent to‘lovini yechib olish uchun tizim abonent balansida to‘liq mablag‘ yetarli ekanligini tekshiradi. Agar mablag‘ yetarli bo‘lsa – oylik abonent to‘lovi yechib olinadi va trafik paketi taqdim etiladi. Oylik abonent to‘lovini to‘lash uchun balansda yetarli mablag‘ bo‘lmasa, avtomatik ravishda kunlik abonent to‘lovini yechish rejimiga o‘tiladi. Balans oylik abonent to‘lovini yechib olish uchun yetarli miqdordagi mablag‘ga to‘ldirilsa, oylik abonent to‘lovi darhol yechilib, tarif bo‘yicha paketlar taqdim etiladi, keyingi oylik abonent to‘lovi yechilish sanasi abonent to‘lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddatga belgilanadi.
• Raqam ma’muriy blok holatiga tushirilganda “Abonentning iltimosiga ko‘ra raqamni bloklash” xizmati uchun - 421 so‘m kunlik abonent to‘lovi yechiladi. Bunday holatda tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovi yechilmaydi. Raqam blok holatidan chiqarilganidan so‘ng, agar abonent hisobida yetarli mablag‘ mavjud bo‘lsa, tarif rejaning oylik abonent to‘lovi yechiladi va tarif bo‘yicha yangi oylik paketlar taqdim etiladi. Sarflanmay qolgan avvalgi paketlar kuyadi. Keyingi abonent to‘lovi yechilishi sanasi oxirgi oylik abonent to‘lovi yechilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. Agar raqam blok holatidan chiqarilgandan so‘ng oylik abonent to‘lovi yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, kunlik abonent to‘lovi raqam blok holatidan chiqarilgan kundan boshlab 1 oy muddatga yechilmaydi, u holda aloqa xizmatlaridan foydalanish tarifda belgilangan standart narxlarga asosan amalga oshiriladi. Agar abonent to‘lovi yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, ammo avvalgi oydan qolgan tarif reja paketlari mavjud bo‘lsa, uning amal qilish muddati o‘zgarmaydi va taqdim etilgan kundan 1 oy o‘tgandan so‘ng kuyadi.
• Shuni ma’lum qilamizki, tarif bo’yicha internet-trafik, daqiqalar, SMS qoldig’i va boshqa qo’shimcha xizmatlar qoldig’i haqida xabarlar 06:00 dan 00:00 gacha yuboriladi.
• Tarif bo’yicha taqdim etiladigan trafik qoldig’i yangi taqdim etilgan trafikka qo’shilmaydi va 1 oy tugaganda kuyadi.
• Bepul muloqot paketi tugagandan so’ng uyali aloqa xizmatlaridan foydalanishingiz tarif rejangizda belgilangan narxlarga asosan amalga oshiriladi. Tarifga kiritilgan paketlardan foydalanishni boshlashdan oldin, MB – *103#/SMS -*105#/daqiqa – *106# terib, bonuslar taqdim etilganligiga ishonch hosil qiling.
• Taqdim etilgan daqiqa, SMS va MB paketlaridan faqatgina raqam faol holatda bo’lganida foydalanish mumkin.
• Internetdan foydalanayotganda avval tarifdagi megabaytlar, so’ng Internet-paketdagi megabaytlar sarflanadi.
• «Yangi XIT» tarif rejasi boshqa tarif rejalariga o’zgartirilganida «Yangi XIT» tarifiga kiritilgan daqiqa, MB, SMSlardan foydalanilmagan qoldiq kuyadi («Status NEW» turkumidagi tariflar hamda «Yangi TOP XIT», «Yangi MEGA XIT», «Yangi SUPER XIT» tarif rejalariga o’zgartirish bundan mustasno). Qo’shimcha xarid qilingan paketlar (daqiqa, MB, SMS) bo’yicha trafik saqlanib qolinadi.
• Ushbu tarif rejadan boshqa (abonent to’lovi yuqoriroq bo’lgan) tarif rejaga o’tilsa, amaldagi tarif reja bo’yicha sarflanmagan asosiy internet-trafik qoldig’I saqlanib qolinadi va yangi o’tilgan tarifdagi asosiy internet trafikka qo’shiladi. Trafik amal qilish muddati ham o’tilgan tarifning trafiki muddatiga tenglashtiriladi. Tarif bo’yicha taqdim etilgan boshqa trafik (asosiy bo’lmagan Mblar, daqiqa va SMSlar) qoldig’i kuyadi.
• O’zbekistonning chegara hududlarida (Qozog’iston, Tojikiston, Afg’oniston, Qirg’iziston, Turkmaniston chegaralarida) Camel-rouming uchun mablag’ yechilishini oldini olish uchun telefoningizning sozlamalar bo’limida «Beeline Uz» tarmog’ini tanlab qo’yib, telefon ekranida ko’rsatilayotgan operator nomiga ahamiyat berishingizni so’raymiz
• Хalqaro aloqa uchun hisob-kitob xalqaro aloqa narxi va shahar telefonlariga chiquvchi qo’ng’iroq narxini qo’shgan holda amalga oshiriladi. Qo’ng’iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, apparatida faksimil xizmati yoki modem ishga tushishi ulanish hisoblanadi.
• Kompaniya boshqa mobil operatorlarning aniqlanmagan raqamidan va noto’g’ri prefiksdan kelgan kiruvchi qo’ng’iroqlar tariflanishining to’g’riligi yuzasidan javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Tariflash shahar raqamlari va boshqa mobil operatorlarining raqamlarini xalqaro formatda terishda to’g’ri bo’ladi (+99893, +99894xxx-xxxx Ucell; +99897xxx-xxxx Mobiuz; +99899xxx-xxxx UzMobile GSM; +99895xxx-xxxx UzMobile CDMA; +99898xxx-xxxx Perfectum Mobile)
• «Elektron» hisobda mablag’lar to’liq sarflanib bo’lganda Operator Abonentga aloqa xizmatlarini cheklash, shu jumladan tugallanmagan suhbatini uzish va uni bloklangan holatga o’tkazish huquqiga ega. Bunda, Abonent ham Beeline abonentlaridan, ham boshqa mobil operatorlari abonentlaridan qo’ng’iroqlar va SMS qabul qilish, shuningdek 0611 raqamiga qo’ng’iroq qilish imkoniyatiga ega.
• Bloklangan holatdan chiqish uchun (ya’ni pullik tranzaksiyalar – qo’ng’iroqlar, SMS yuborish, Internetdan foydalanish uchun) «elektron» hisobni ijobiy holatgacha to’ldirish kifoya. Agar ketma-ket 90 kun davomida Abonent «elektron» hisobidagi mablag’ nol yoki noldan past bo’lsa, Operator uchun bu abonentning aloqa xizmatlaridan foydalanishdan voz kechganligini anglatadi.
• Xizmatlar sessiya davomida jo‘natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo‘yicha tariflanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi. Abonent to’lovi yechilganidan so’ng hisob to’g’ri tariflanishi uchun joriy sessiyani yakunlab, yangisini boshlash kerak.
• Barcha tariflarda ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligi 60 daqiqani tashkil etadi.
eSIMni onlayn xarid qiling
Yangi raqam tanlash

Shaxsiy kabinetda texnik ishlar olib borilmoqda, lekin siz bizning ilovamizdan foydalanishingiz mumkin