YANGI MEGA XIT

Tarif tafsilotlari
Oylik abonent to’lovi
52 000 so'm/oy
O'zbekiston bo'ylab cheksiz qo'ng'iroqlar *
MB paketi
8 000 MB/oy
O'zbekiston bo'yicha kiritilgan SMS paketi
1 000 so'm/30 kunga
Tarif
YANGI MEGA XIT
Tarif rejaga o'tish va yangi ulanish yopilgan
Tarif shartlari

«Perezagruzka» xizmatini yoqtirish orqali siz tarif rejangiz bo’yicha taqdim etiladigan daqiqa, SMS va GB paketlarini muddatidan avval olishingiz mumkin.

«Perezagruzka» xizmatining narxi har bir so’rov uchun – 2000 so’m.

Xizmatni ulash uchun hisobda tarifga ulanish summasining minimal miqdori va «Perezagruzka» xizmatning narxi – 2000 so’m bo’lishi kerak.

«Perezagruzka» xizmati ulanganda hisobdan xizmat narxi – 2000 so’m va tarif reja bo’yicha oylik abonent to’lovi yechiladi. So’ng tarifga kiritilgan oylik daqiqa, MB va SMS paketlarining miqdori to’liq hajmda beriladi.

«Perezagruzka» xizmati yoqilganidan so’ng, tarif bo’yicha avval taqdim etilgan MB, daqiqalar va SMS paketlarning qoldig’i kuyadi.

Yangi taqdim etilgan oylik trafikning amal qilish muddati va oylik abonent to’lovi yechilishining navbatdagi sanasi oylik abonent to’lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.

Xizmatga ulanish kodi : *5#

Daqiqa *106#

Tarif bo’yicha va boshqa internet-paketlar bo’yicha MB *103#

SMS  *105#

Abonent to’lovining yechilish sanasini aniqlash *202#

Ushbu tarifdan «OSON 10» va «Kunlik» tariflariga o’tish – 2 000 so’m, «Hammasi ZO’R 1» – 10 000 so’m, «Hammasi ZO’R 2», «Hammasi ZO’R 3» – 5 000 so’m, boshqa tariflarga o’tish – 0 so’m.

Tarmoq ichida chiqish qo’ng’iroqlari,  100 so’m/daq.

O’zbekiston bo’ylab boshqa yo’nalishga chiqish qo’ng’iroqlari 125 so’m/daq.

O’zbekiston bo’yicha 1 SMS  120 so’m

Internet, 1 MB  100 so’m

Markaziy Osiyoga (Qozog`iston, Tojikiston, Qirg`iziston, Turkmaniston) 2280 so’m/daq.
Boshqa MDH mamlakatlariga 3280 so’m/daq.
Yevropaga  6820 so’m/daq.
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga 8840 so’m/daq.
Boshqa Osiyo mamlakatlariga 10350 so’m/daq.
Amerika va Afrikaga  7830 so’m/daq.
Avstraliyaga  11370 so’m/daq.
Bitta xalqaro SMS xabar yo`llash 500 so’m

Sputnik aloqa

1- yo`ldosh – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so’m/daq.
2 – yo`ldosh – Inmarsat V, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37890 so’m/daq.
3 – yo`ldosh – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so’m/daq.
4 – yo`ldosh – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so’m/daq.

SMS qabul qilish va yuborish batafsil…

Ma’lumotlarni qabul qilish va uzatish batafsil

Raqamni aniqlash batafsil

Qo’ng’iroqni kutish batafsil

Qo’ng’iroqni boshqa raqamga yo’naltirish batafsil

*   Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo’ladi va mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.

•  Keyingi oylik abonent to’lov yechilishi va trafik taqdim etish vaqti 1 oylik oraliq bilan (oyning birinchi kuniga bog’liq bo’lmagan holda), ya’ni oxirgi yechilgan abonent to’lov sanasi asosida amalga oshiriladi. Navbatdagi oylik abonent to’lovining yechilishi soat 00:00 dan 06:00 gacha bo’lgan vaqtda amalga oshiriladi. Agar oylik abonent toʻlovi oyning oxirgi kalendar kunida yechib olingan boʻlsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qatʼi nazar, keyingi abonent toʻlovini yechib olish sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari kalendar oyining xuddi shu sanasida amalga oshiriladi.
•    Hisobda qarz bo’lsa yoki abonent to’lovi yechilishi uchun yetarli mablag’ bo’lmasa, oylik abonent to’lovi yechilmaydi, trafik taqdim etilmaydi va abonent hisobi qarzga kirmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanganda mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejangizda belgilangan narxlarda yechiladi. Hisob yetarli mablag’gacha to’ldirilgandan  so’ng oylik abonent to’lovi yechilib, tarif bo’yicha SMS, MB va daqiqalar taqdim etiladi. Abonent to’lovi yechilishining navbatdagi sanasi abonent to’lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.
•    Raqam ma’muriy blok holatiga tushirilganda, kunlik abonent to’lovining narxi – 421 so’mni tashkil etadi. Raqam blok holatidan chiqarilganidan so’ng, agar abonent hisobida yetarli mablag’ mavjud bo’lsa, tarif rejaning oylik abonent to’lovi yechiladi va tarif bo’yicha paketlar taqdim etiladi. Blok holatiga tushirilishidan avval mavjud bo’lgan trafik kuyadi. Keyingi abonent to’lovi yechilishi sanasi blok holatidan chiqarilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. Agar abonent hisobida tarif reja bo’yicha paketlar mavjud bo’lsa, ammo abonent to’lovi yechilishi uchun hisobda yetarli mablag’ mavjud bo’lmasa, raqam blok holatidan chiqarilgandan so’ng hisobdan mablag’ yechilmaydi, qoldiq paketlarning amal qilish muddati o’zgarmaydi va taqdim etilgan kundan 1 oy o’tgandan so’ng kuyadi.
•    Shuni ma’lum qilamizki, tarif bo’yicha internet-trafik, daqiqalar, SMS qoldig’i va boshqa qo’shimcha xizmatlar qoldig’i haqida xabarlar 06:00 dan 00:00 gacha yuboriladi.
•    Tarif bo’yicha taqdim etiladigan trafik qoldig’i yangi taqdim etilgan trafikka qo’shilmaydi va 1 oy tugaganda kuyadi.
•  Bepul muloqot paketi tugagandan so’ng uyali aloqa xizmatlaridan foydalanishingiz tarif rejangizda belgilangan narxlarga asosan amalga oshiriladi. Tarifga kiritilgan paketlardan foydalanishni boshlashdan oldin, MB – *103#/SMS -*105#/daqiqa – *106# terib, bonuslar taqdim etilganligiga ishonch hosil qiling.
•    Taqdim etilgan daqiqa, SMS va MB paketlaridan faqatgina raqam faol holatda bo’lganida foydalanish mumkin.
•    Internetdan foydalanayotganda avval tarifdagi megabaytlar, so’ng Internet-paketdagi megabaytlar sarflanadi.
•   «Yangi MEGA XIT» tarif rejasi boshqa tarif rejalariga o’zgartirilganida «Yangi MEGA XIT» tarifiga kiritilgan daqiqa, MB, SMSlardan foydalanilmagan qoldiq kuyadi  («Status NEW» turkumidagi tarifga hamda «Yangi TOP XIT» tarif rejasiga o’zgartirish bundan mustasno). Qo’shimcha xarid qilingan paketlar (daqiqa, MB, SMS) bo’yicha trafik saqlanib qolinadi.
•   Ushbu tarif rejadan boshqa (abonent to’lovi yuqoriroq bo’lgan) tarif rejaga o’tilsa, amaldagi tarif reja bo’yicha sarflanmagan asosiy internet-trafik qoldig’I saqlanib qolinadi va yangi o’tilgan tarifdagi asosiy internet trafikka qo’shiladi. Trafik amal qilish muddati ham o’tilgan tarifning trafiki muddatiga tenglashtiriladi. Tarif bo’yicha taqdim etilgan boshqa trafik (asosiy bo’lmagan Mblar, daqiqa va SMSlar) qoldig’i kuyadi.
•   O’zbekistonning chegara hududlarida (Qozog’iston, Tojikiston, Afg’oniston, Turkmaniston, Qirg’iziston chegaralarida) Camel-rouming uchun mablag’ yechilishini oldini olish uchun telefoningizning sozlamalar bo’limida «Beeline Uz» tarmog’ini tanlab qo’yib, telefon ekranida ko’rsatilayotgan operator nomiga ahamiyat berishingizni so’raymiz
•  Хalqaro aloqa uchun hisob-kitob xalqaro aloqa narxi va shahar telefonlariga chiquvchi qo’ng’iroq narxini qo’shgan holda amalga oshiriladi. Qo’ng’iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, apparatida faksimil xizmati yoki modem ishga tushishi ulanish hisoblanadi.
•   Kompaniya boshqa mobil operatorlarning aniqlanmagan raqamidan va noto’g’ri prefiksdan kelgan kiruvchi qo’ng’iroqlar tariflanishining to’g’riligi yuzasidan javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Tariflash shahar raqamlari va boshqa mobil operatorlarining raqamlarini xalqaro formatda terishda to’g’ri bo’ladi (+99893, +99894xxx-xxxx Ucell; +99897xxx-xxxx Mobiuz; +99899xxx-xxxx UzMobile GSM; +99895xxx-xxxx UzMobile CDMA; +99898xxx-xxxx Perfectum Mobile)
•    «Elektron» hisobda mablag’lar to’liq sarflanib bo’lganda Operator Abonentga aloqa xizmatlarini cheklash, shu jumladan tugallanmagan suhbatini uzish va uni bloklangan holatga o’tkazish huquqiga ega. Bunda, Abonent ham Beeline abonentlaridan, ham boshqa mobil operatorlari abonentlaridan qo’ng’iroqlar va SMS qabul qilish, shuningdek 0611 raqamiga qo’ng’iroq qilish imkoniyatiga ega.
•   Bloklangan holatdan chiqish uchun (ya’ni pullik tranzaksiyalar – qo’ng’iroqlar, SMS yuborish, Internetdan foydalanish uchun) «elektron» hisobni ijobiy holatgacha to’ldirish kifoya. Agar ketma-ket 90 kun davomida Abonent «elektron» hisobidagi mablag’ nol yoki noldan past bo’lsa, Operator uchun bu abonentning aloqa xizmatlaridan foydalanishdan voz kechganligini anglatadi.
•    Xizmatlar sessiya davomida jo‘natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo‘yicha tariflanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi. Abonent to’lovi yechilganidan so’ng hisob to’g’ri tariflanishi uchun joriy sessiyani yakunlab, yangisini boshlash kerak.
•  Barcha tariflarda ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligi 60 daqiqani tashkil etadi.