Bosh sahifa/Тип услуги/Название услуги

XIT

Parametrlari
  • Tarmoq ichida kiritilgan daqiqalar paketi *300 daq / 14 kun
  • O'zbekistonning boshqa yo'nalishlarga kiritilgan daqiqalar paketi *30 daq / 14 kun
  • IMO ilovasi orqali ovozli qo'ng'iroqlar1 000 MB / 14 kun
  • Barcha yo’nalishga MB paketi150 MB / 14 kun
  • Facebook, Instagram, Odnoklassniki, Telegram, WhatsApp va Viber uchun MB paketi500 MB / 14 kun
  • TAS-IX uchun MB paketi500 MB / 14 kun
Shartlar

«Perezagruzka» xizmatini yoqtirish orqali siz tarif rejangiz bo’yicha taqdim etiladigan daqiqa  va GB paketlarini muddatidan avval olishingiz mumkin.

«Perezagruzka» xizmatining narxi har bir so’rov uchun – 2000 so’m.

Xizmatni ulash uchun hisobda tarifga ulanish summasining minimal miqdori va «Perezagruzka» xizmatning narxi – 2000 so’m bo’lishi kerak.

«Perezagruzka» xizmati ulanganda hisobdan xizmat narxi – 2000 so’m va tarif reja bo’yicha abonent to’lovi yechiladi. So’ng tarifga kiritilgan daqiqa va MB paketlarining miqdori to’liq hajmda beriladi.

«Perezagruzka» xizmati yoqilganidan so’ng, tarif bo’yicha avval taqdim etilgan MB va daqiqalar paketlarning qoldig’i kuyadi.

Yangi taqdim etilgan  trafikning amal qilish muddati va abonent to’lovi yechilishining navbatdagi sanasi abonent to’lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 14 kun muddat qilib belgilanadi.

Xizmatga ulanish kodi : *5#

Daqiqa *106#

Tarif bo’yicha MB va boshqa internet-paketlar *103#

Messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar va TAS-IX uchun MB paketi *103#

IMO bo’yicha MB *103#

Keyingi abonent to’lovi yechilishi sanasini bilish *202#

Kiruvchi qo’ng’iroqlar  0 so’m/daq.    
O’zbekiston bo’yicha qo’ng’iroqlar  300 so’m/daq.
O’zbekiston bo’yicha SMS  300 so’m/SMS   
Internet  630 so’m/MB

Markaziy Osiyoga (Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston) 3 500 so’m/daq.
Rossiyaga 3 500 so’m/daq.
Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon, Ukraina, Belarus, Moldova davlatlariga 3 500 so’m/daq.
Yevropaga 9 000 so’m/daq.
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga 9 000 so’m/daq.
Boshqa Osiyo mamlakatlariga 9 000 so’m/daq.
Amerika va Afrikaga 9 000 so’m/daq.
Avstraliyaga 9 000 so’m/daq.
Bitta xalqaro SMS xabar yo’llash 1 000 so’m

Sputnik 1 – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476), 25260 so’m
Sputnik 2 – Inmarsat В, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216), 37890 so’m
Sputnik 3 – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817), 92620 so’m
Sputnik 4 – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069). 126300 so’m

* Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo’ladi va mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.

Shuni ma’lum qilamizki, internet-trafik, tariflar uchun daqiqalar va SMS-xabarlar, shuningdek boshqa qo’shimcha xizmatlar qoldig’i haqida ma’lumot berilishi soat 06:00 dan 00:00 gacha taqdim etiladi.

– Navbatdagi 14 kunlik abonent to‘lovi yechilishi va tarif bo‘yicha trafik taqdim etilishi 14 kunlik vaqt oralig‘ida amalga oshiriladi. Keyingi 14 kunlik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari xuddi shu vaqt oralig‘ida amalga oshiriladi.
Misollar:
Agar avvalgi to‘lov 1-avgust kuni soat 15:43 da yechib olingan bo‘lsa, keyingisi 15-avgust kuni soat 15:43 da yechib olinadi (sana va vaqt to‘liq saqlanadi).

Kiritilgan paketdan foydalanishni boshlashdan avval *103# / *106# kodini terib, sizga paketlar berilganligiga ishonch hosil qiling. Paketlar taqdim etilishiga qadar qo’ng’iroqlar va Internet tarifning standart qiymati bo’yicha narxlanadi.

– Taqdim etilgan daqiqalar va MB paketi 14 kun muddat tugagandan so’ng bekor bo’ladi va jamlanmaydi.

– Tarif bo’yicha kiritilgan daqiqa va MB paketlari faqat abonent raqami faol holatida amal qiladi.

– Internetdan foydalanayotganda avval tarifdagi megabaytlar, so’ng Internet-paketdagi megabaytlar sarflanadi.

– Raqam ma’muriy blok holatiga tushirilganda, kunlik abonent to’lovning narxi – 421 so’mni tashkil etadi. Blok holatidan yechilgandan so’ng, tarif rejaning 14 kunlik uchun abonent to’lovi yechilib, tarif bo’yicha kiritilgan daqiqa va MB paketlari taqdim etiladi. Shunda avvalgi berilgan paketdagi daqiqa va MB qoldig’i bekor bo’ladi. Keyingi abonent to’lovning hisobdan yechilish sanasi blok holatidan yechilgan kunidan boshlab 14 kun muddatiga suriladi.

– Agar abonent hisobida abonent to‘lovini yechib olish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa, balans minusga kirmaydi; hisob abonent to‘loviga teng yoki undan ortiq miqdorga to‘ldirilguniga qadar, aloqa xizmatlari tarif rejasi shartlariga ko‘ra taqdim etiladi.

– TAS-IX hududi, Facebook, Odnoklassniki ijtimoiy tarmoqlari, IMO, Telegram, WhatsApp, Viber messenjerlar uchun mo’ljallangan megabaytlar ma’lum bir IP-manzillar to’plami (ushbu xizmatlarning ilovalarini o’z ichiga oladi) doirasida sarflanadi. Yuqorida sanab o’tilgan ro’yxat bo’yicha manba egalari tomonidan IP-manzillar o’zgartirilganda, shuningdek TAS-IX hududi, Facebook, Instagram, Odnoklassniki ijtimoiy tarmoqlari, IMO, Telegram, WhatsApp, Viber messenjerlarga kirmaydigan trafik (ushbu turkumga kiruvchi ilovalardan foydalanishda paydo bo’ladigan smartfon operatsion tizimi trafigi, shuningdek, ushbu xizmatlarga tegishli bo’lmagan uchinchi tomon xizmatlarni o’z ichiga oladi) sarflanishi tarif rejangizga muvofiq asosiy internet-paket yoki hisobdan amalga oshiriladi.

-TAS-IX hududi uchun megabaytlar, Facebook, Instagram, Odnoklassniki ijtimoiy tarmoqlari, IMO, Telegram, WhatsApp, Viber messenjerlari proksi-serverlar (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan ilovalardan foydalanishda sarflanmaydi.

– Хalqaro aloqa uchun hisob-kitob xalqaro aloqa narxini va shahar telefonlariga chiquvchi qo’ng’iroq narxini qo’shgan holda amalga oshiriladi.

– Kompaniya boshqa mobil operatorlarning aniqlanmagan raqamidan va noto’g’ri prefiksdan kelgan kiruvchi qo’ng’iroqlar tariflanishining to’g’riligi yuzasidan javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Tariflash shahar raqamlari va boshqa mobil operatorlarining raqamlarini xalqaro formatda terishda to’g’ri bo’ladi (+99893, +99894xxx-xxxx Ucell; +99897xxx-xxxx Mobiuz; +99899xxx-xxxx UzMobile GSM; +99895xxx-xxxx UzMobile CDMA; +99898xxx-xxxx Perfectum Mobile).

– «Elektron» hisobidan mablag’ to’liq sarflanib bo’lgandan so’ng, Operator Abonentga aloqa xizmatlarini cheklash, shu jumladan tugallanmagan suhbatini to’xtashi va uni blok holatiga o’tkazish huquqiga ega. Shu bilan birga, abonent o’z tarmog’i abonentlaridan va boshqa mobil aloqa operatorlari abonentlaridan qo’ng’iroqni va SMSlarni qabul qilish, shuningdek, 0611 raqami orqali ma’lumot xizmatiga qo’ng’iroq qilish imkoniyatiga ega.

– Blok holatidan chiqish uchun (ya’ni pullik operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini olish uchun – qo’ng’iroqlar, SMS yuborish, internetdan foydalanish va h.k.) «elektron» hisobni ijobiy qiymatga qadar to’ldirish kerak.

– Agar raqam bo‘yicha 365 kalendar kuni davomida hech qanday faollik kuzatilmasa, bu holat operator uchun abonentning shartnomani bajarishdan bir tomonlama bosh tortishi hisoblanadi va uni bekor qilishga asos bo‘lib xizmat qiladi.

– Xizmatlar sessiya davomida jo’natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo’yicha narxlanadi. Foydalanilgan trafik hajmi 16 KB gacha bo’lgan aniqlikda katta tomonga yaxlitlanadi. Balansdan mablag’ni to’g’ri yechilishi uchun joriy sessiyani to’xtatib, abonent to’lovi yechilganidan keyin yangi sessiyani boshlash kerak bo’ladi.

– Aloqa telekommunikatsiya kanallaridan eng maqbul foydalanish, shuningdek, abonentlarning manfaatlarini ularning uskunalaridan ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish maqsadida Kompaniya ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligini – 60 daqiqa etib belgilaydi.

– Ushbu tarif rejada «Erkin muloqot», «Do it», shuningdek, «Konferens-aloqa» xizmatlari amal qiladi.

– «Beeline» tarmog’iga yangi ulanganda, abonentga 7 kunga tarmoq ichida 200 daqiqa va 100 MB, shuningdek, shanba va yakshanba kunlariga tarmoq ichida 200 daqiqa bonusi taqdim etiladi.

– Tarif reja o`zgartirilganida unga kiruvchi trafik (daqiqa/MB) bekor bo’ladi. Xarid qilingan internet va SMS paketlari bo`yicha trafik saqlanib qoladi.

– Narxlar QQS bilan ko’rsatilgan.

– Tarif rejasi o‘zgarganda, unga kiritilgan barcha xizmatlar, avval o‘chirilgan bo‘lsa ham, yangi tarif sozlamalariga muvofiq qaytadan yoqiladi. Shu sababli, zarurat bo‘lsa, ularni yana bir bor o‘chirish kerak bo‘ladi.

Tarif reja

XIT

9 500So'm/14 kun
Balansni onlayn to'ldirish
+998
so'm