* Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo’ladi va mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.
Shuni ma’lum qilamizki, internet-trafik, tariflar uchun daqiqalar va SMS-xabarlar, shuningdek boshqa qo’shimcha xizmatlar qoldig’i haqida ma’lumot berilishi soat 06:00 dan 00:00 gacha taqdim etiladi.
– Ushbu tarif rejaga yangi ulanganda yoki o’tilganda taqdim etilgan trafikning amal qilish muddati va abonent to’lovining keyingi yechilish sanasi 14 kunni tashkil etadi. Abonent to’lovi yechilishining keyingi sanalari 14 kunlik oraliq bilan amalga oshiriladi.
– Taqdim etilgan daqiqalar va MB paketi 14 kun muddat tugagandan so’ng bekor bo’ladi va jamlanmaydi.
– Tarif bo’yicha kiritilgan daqiqa va MB paketlari faqat abonent raqami faol holatida amal qiladi.
– Internetdan foydalanayotganda avval tarifdagi megabaytlar, so’ng Internet-paketdagi megabaytlar sarflanadi.
– Raqam ma’muriy blok holatiga tushirilganda, kunlik abonent to’lovning narxi – 421 so’mni tashkil etadi. Blok holatidan yechilgandan so’ng, tarif rejaning 14 kunlik uchun abonent to’lovi yechilib, tarif bo’yicha kiritilgan daqiqa va MB paketlari taqdim etiladi. Shunda avvalgi berilgan paketdagi daqiqa va MB qoldig’i bekor bo’ladi. Keyingi abonent to’lovning hisobdan yechilish sanasi blok holatidan yechilgan kunidan boshlab 14 kun muddatiga suriladi.
– Tarif bo’yicha abonent to’lovi yechilishi va bonuslar taqdim etilishi soat 00:00 dan 06:00 gacha bo’lgan vaqt orasida amalga oshiriladi. Kiritilgan paketdan foydalanishni boshlashdan avval *103# / *106# kodini terib, sizga paketlar berilganligiga ishonch hosil qiling. Paketlar taqdim etilishiga qadar qo’ng’iroqlar va Internet tarifning standart qiymati bo’yicha narxlanadi.
– Agar abonent hisobida ijobiy mablag’ bo’lib, lekin abonent to’lov yechilishi uchun yetarli mablag’ bo’lmasa, u holda abonent to’lov bir marta minusga yechiladi va tarif bo’yicha kiritilgan daqiqa va MB paketlarining to’liq miqdori taqdim etiladi.
– Abonent raqami nofaol holatda bo’lsa, abonent to’lovi yechilmaydi va trafik taqdim etilmaydi. Agar hisobni to’ldirgandan so’ng, blok holatidan chiqilsa, oylik abonent to’lovning yechilishi soat 00:00 dan 06:00 gacha bo’lgan vaqtda amalga oshiriladi va tarif bo’yicha kiritilgan daqiqalar va MB larning hajmi to’liq taqdim etiladi.
– TAS-IX hududi, Facebook, Odnoklassniki ijtimoiy tarmoqlari, IMO, Telegram, WhatsApp, Viber messenjerlar uchun mo’ljallangan megabaytlar ma’lum bir IP-manzillar to’plami (ushbu xizmatlarning ilovalarini o’z ichiga oladi) doirasida sarflanadi. Yuqorida sanab o’tilgan ro’yxat bo’yicha manba egalari tomonidan IP-manzillar o’zgartirilganda, shuningdek TAS-IX hududi, Facebook, Instagram, Odnoklassniki ijtimoiy tarmoqlari, IMO, Telegram, WhatsApp, Viber messenjerlarga kirmaydigan trafik (ushbu turkumga kiruvchi ilovalardan foydalanishda paydo bo’ladigan smartfon operatsion tizimi trafigi, shuningdek, ushbu xizmatlarga tegishli bo’lmagan uchinchi tomon xizmatlarni o’z ichiga oladi) sarflanishi tarif rejangizga muvofiq asosiy internet-paket yoki hisobdan amalga oshiriladi.
-TAS-IX hududi uchun megabaytlar, Facebook, Instagram, Odnoklassniki ijtimoiy tarmoqlari, IMO, Telegram, WhatsApp, Viber messenjerlari proksi-serverlar (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan ilovalardan foydalanishda sarflanmaydi.
– Хalqaro aloqa uchun hisob-kitob xalqaro aloqa narxini va shahar telefonlariga chiquvchi qo’ng’iroq narxini qo’shgan holda amalga oshiriladi.
– Kompaniya boshqa mobil operatorlarning aniqlanmagan raqamidan va noto’g’ri prefiksdan kelgan kiruvchi qo’ng’iroqlar tariflanishining to’g’riligi yuzasidan javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Tariflash shahar raqamlari va boshqa mobil operatorlarining raqamlarini xalqaro formatda terishda to’g’ri bo’ladi (+99893, +99894xxx-xxxx Ucell; +99897xxx-xxxx Mobiuz; +99899xxx-xxxx UzMobile GSM; +99895xxx-xxxx UzMobile CDMA; +99898xxx-xxxx Perfectum Mobile).
– «Elektron» hisobidan mablag’ to’liq sarflanib bo’lgandan so’ng, Operator Abonentga aloqa xizmatlarini cheklash, shu jumladan tugallanmagan suhbatini to’xtashi va uni blok holatiga o’tkazish huquqiga ega. Shu bilan birga, abonent o’z tarmog’i abonentlaridan va boshqa mobil aloqa operatorlari abonentlaridan qo’ng’iroqni va SMSlarni qabul qilish, shuningdek, 0611 raqami orqali ma’lumot xizmatiga qo’ng’iroq qilish imkoniyatiga ega.
– Blok holatidan chiqish uchun (ya’ni pullik operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini olish uchun – qo’ng’iroqlar, SMS yuborish, internetdan foydalanish va h.k.) «elektron» hisobni ijobiy qiymatga qadar to’ldirish kerak.
– Agar 90 kun davomida ketma-ket Abonentning «elektron» hisobidagi mablag’i nol yoki noldan past bo’lsa, Operator uchun bu abonentning aloqa xizmatlaridan foydalanishdan bir tomonlama voz kechishi hisoblanadi.
– Xizmatlar sessiya davomida jo’natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo’yicha narxlanadi. Foydalanilgan trafik hajmi 16 KB gacha bo’lgan aniqlikda katta tomonga yaxlitlanadi. Balansdan mablag’ni to’g’ri yechilishi uchun joriy sessiyani to’xtatib, abonent to’lovi yechilganidan keyin yangi sessiyani boshlash kerak bo’ladi.
– Aloqa telekommunikatsiya kanallaridan eng maqbul foydalanish, shuningdek, abonentlarning manfaatlarini ularning uskunalaridan ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish maqsadida Kompaniya ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligini – 60 daqiqa etib belgilaydi.
– Ushbu tarif rejada «Erkin muloqot», «Do it», shuningdek, «Konferens-aloqa» xizmatlari amal qiladi.
– «Beeline» tarmog’iga yangi ulanganda, abonentga 7 kunga tarmoq ichida 200 daqiqa va 100 MB, shuningdek, shanba va yakshanba kunlariga tarmoq ichida 200 daqiqa bonusi taqdim etiladi.
– Tarif reja o`zgartirilganida unga kiruvchi trafik (daqiqa/MB) bekor bo’ladi. Xarid qilingan internet va SMS paketlari bo`yicha trafik saqlanib qoladi.
– Narxlar QQS bilan ko’rsatilgan.