* Beeline TV va Beeline Music uchun 30 kunlik promo-muddat «XIT+» tariflar turkumiga kiritilgan. Bitta abonent raqamiga har bir xizmat uchun promo-muddat bir marta taqdim etiladi.
Beeline TV va Beeline Music xizmatlarida promo-muddatni faollashtirish uchun ilovani Android uchun Google Play yoki www.beeline.uz sayti orqali, IOS uchun App Store orqali yuklab olish va ilovada ro’yxatdan o’tish kerak.
Beeline TV promo-kodini olish uchun *20# USSD kodini terish, qabul qilingan kodni ilovadagi «Promo-kod» bo’limida kiritish lozim. Beeline TV uchun promo-muddat faqat TV kanallarga taqdim etiladi. Beeline Music xizmati uchun promo-muddat Ilovadan ro’yxatdan o’tgandan keyin taqdim etiladi.
Promo-muddat tugagandan so’ng (faollashtirilgandan so’ng 30 kun o’tgach), pullik obuna faollashtiriladi: Beeline Music xizmatining kunlik obunasi 599 so’m, Beeline TV xizmatidagi TV kanallar uchun kunlik obuna 599 so’m. Tarif reja boshqa tarifga o’zgartirilganda, promo-muddat va uning amal qilish muddati saqlanib qoladi.
Abonent xohlagan vaqtda promo-muddatni mustaqil ravishda o’chirishi mumkin:
– Beeline TV uchun ilovadagi «Obunalar» bo’limida tegishli obunaga o’tib, «O’chirish» tugmasini bosish;
– Beeline Music uchun 2 sonini 15100 raqamiga SMS tarzida yuborish lozim.