5 GB

Tarif tafsilotlari
Oylik abonent to'lovi
25 000 so'm/oy
Barcha tarmoqlar uchun internet
5 GB/oy
Barcha kiruvchi qo'ng'iroqlar, daq.
0 so'm
O'zbekiston bo'ylab chiquvchi qo'ng'iroqlar, daq.
100 so'm
O'zbekiston bo'ylab chiquvchi SMS
100 so'm
«Perezagruzka» xizmati
0 so'm
Tarif
5 GB
Tarif rejaga o'tish va yangi ulanish yopilgan
Условия

Sizda «Perezagruzka» xizmatini faollashtirish orqali tarif bo’yicha kiritilgan MB paketini muddatidan oldin olish imkoniyati mavjud.
«Perezagruzka» xizmatining narxi – 0 so’m.
«5 GB» tarifida xizmatni yoqish uchun hisobdagi minimal mablag’ miqdori – 25 250 so’m.

«Perezagruzka» xizmati ulanganda hisobdan tarif reja bo’yicha abonent to’lovi yechiladi va tarif rejaga kiritilgan megabaytlar to’liq hajmda beriladi.
«Perezagruzka» xizmati yoqilganda, avvalgi, ya’ni oxirgi taqdim etilgan MB paketi qoldig’i qo’shiladi.
Yangi taqdim etilgan trafikning amal qilish muddati va abonent to’lovi yechilishining navbatdagi sanasi abonent to’lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.
Xizmatga ulanish kodi: *5#

• «2 GB», «5 GB», «15 GB», «30 GB» tariflarida quyidagi qo’shimcha xizmatlar ishlaydi: «Perezagruzka», «Muloqot ulashing» xizmati orqali internet-trafik yuborish va qabul qilish, «Qadamlar uchun Giglar», «Beepul» bonus tizimi orqali Beeplarni internet-paketlarga almashtirish, «Beeline club 2.0» Beeplarni almashtirish, «Avtoto’lov», «Sirli qo’ng’iroq», kontent xizmatlarni yoqtirish (shu jumladan Uzcard), Oltin raqamlarni muddatli to’lovga olish, «Mega hafta», «Erkin muloqot», «Erkin muloqot+», «Extra», «Ko’pso’zla», «PLUS» paketlari, oylik internet paketlar, 4G internet paketlari (4G Kun, 4G hafta, 4G Oy), «Kun», «Hafta», turkumlaridagi internet paketlar, «IMO 20» paketi, «4G bonus» aksiyasi doirasida Beeline ilovalarida taqdim etiladigan bonus Mblar . «Beeline club 2.0» sodiqlik dasturi bo‘yicha Beeplarni almashtirish xalqaro SMS larga almashtirishdan tashqari barcha xizmatlar uchun mavjud. Qolgan xizmatlar, shu jumladan, xalqaro aloqa, xalqaro SMS yuborish, rouming ushbu tarifda ishlamaydi.
• Abonent to’lovi yechilishi oyning 1-sanasiga bog’lanmagan holda har 1 oyda amalga oshiriladi. Agar oylik abonent toʻlovi oyning oxirgi kalendar kunida yechib olingan boʻlsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qatʼi nazar, keyingi abonent toʻlovini yechib olish sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari kalendar oyining xuddi shu sanasida amalga oshiriladi.
• ProInternet tariflar turkumida tarifda taqdim etilgan trafik tugaganidan so’ng limitdan tashqari internetdan foydalanib bo’lmaydi. Tarifga kiritilgan internet-trafik tugaganda abonent «Perezagruzka» xizmatidan foydalanishi mumkin.
• Tarif bo’yicha kiritilgan MB qoldig’i kuymaydi va keyingi oyga o’tadi.
• Agar abonent to’lovining navbatdagi yechilishi hisobdagi mablag’ yetarli emasligi sababli oylik abonent to’lovi yechilmasa, tarif bo’yicha kiritilgan Mb paketining qoldig’i saqlanib qoladi, bunda oylik abonent to’lovining keyingi yechilishi uchun foydalanish mumkin bo’lmaydi. Abonent hisobni yetarli miqdorda to’ldirgandan so’ng, oylik abonent to’lovi avtomatik tarzda yechiladi va kiritilgan trafik taqdim etiladi. Shu bilan birga, o’tgan oydagi trafik qoldig’i yangi hisoblangan trafik bilan jamlanadi va undan foydalanish uchun imkoniyat bo’ladi. Keyingi abonent to’lovi yechilishi sanasi oxirgi abonent to’lovi yechilgan kundan boshlab 1 oyga suriladi.
• Oylik abonent to’lovi yechilmaganligi sababli tarif bo’yicha kiritilgan Mb paketini sarflash imkoniyati bo’lmasa, abonent boshqa qo’shimcha xizmatlar va paketlar bo’yicha sarflanmagan qoldiqni sarflashi mumkin (agar hisobi 0dan baland bo’lsa).
• Abonent raqami hisobida abonent to’lovini yechish uchun yetarli mablag’ bo’lmasa, oylik abonent to’lovi yechilmaydi, tarifga kiritilgan trafik taqdim etilmaydi, abonent raqami hisobi qarzga yechilmaydi.
• Raqam ma’muriy blok holatiga tushirilganda, blokirovka uchun 421 so’m kunlik abonent to’lovi yechiladi. Blokdan chiqarilgandan so’ng, agarda Abonent balansida yetarli mablag’ bo’lsa, oylik abonent to’lovi yechiladi va trafik taqdim etiladi. Shu bilan birga blokirovka qilishdan avval qolgan trafik kuyib ketadi. Keyingi abonent to’lovi yechilishi sanasi oxirgi abonent to’lovi yechilgan kundan boshlab 1 oyga suriladi.
• Tariflar faqat O’zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi va xalqaro roumingda ishlamaydi.