Qidiruv so'zini kiriting
Ommabop so'rovlar
Foydali havolalar
Xizmatga ulanish usullari
Xizmatlarni boshqarish yagona menyusi *111#. Xizmatlarni boshqarish yagona menyusidan foydalanish uchun telefoningizda *111# tering. Sizga mеnyu ochilib, undan o‘zingiz uchun qiziqarli bo‘limni tanlab olishingiz mumkin. Keyin esa tizimda ko‘rsatilgan amallarni bajarishingiz lozim. Tizimdagi javoblar to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningiz ekranida aks etadi.
Shaxsiy kabinet – bu Sizning Intеrnеt yordamida shaxsiy ma’lumotlarni olish doimiy imkonini beruvchi shaxsiy kabinеtingizdir. Endi osonlik bilan hisobni bilish, xizmatni ulash yoki tarifni o’zgartirish mumkin. Shaxsiy kabinetga kirish uchun https://beeline.uz/uz/signin havola orqali ro’yhatdan o’ting.
«Beeline Uzbekistan» mobil ilovasi – bu telefon orqali xizmatlarni mustaqil ravishda boshqarishga yordam beradigan ilova. Endi osonlik bilan hisobni bilish, xizmatni ulash yoki tarifni o’zgartirish mumkin. Yuklab oling — va har kuni «Beeline» dan qiziqarli aksiyalarda ishtirok etishingiz mumkin. Beeline Uzbekistan ilovasini o’rnatish uchun telefondan *1# ni tering
Telegram-bot Beeline.uz (@BeelineUzbBot) – bu Telegram messenjer orqali xizmatlarni mustaqil ravishda boshqarishga yordam beradigan bot. Endi osonlik bilan Telegram messenjer yordamida hisobni bilish, xizmatni ulash yoki tarifni o’zgartirish mumkin. Telegram-bot Beeline.uz (@BeelineUzbBot)ni ulash uchun quyidagi havolani bosing https://t.me/BeelineUzbBot.
Xizmatlarni boshqarish interaktiv ovozli menyusi 0674. Xizmatlarni boshqarish interaktiv ovozli menyusidan foydalanish uchun telefoningizda 0674 tering. Siz mеnyuga ko’ng’iroq qilib, undan o‘zingiz uchun qiziqarli bo‘limni tanlab olishingiz mumkin. Keyin esa tizimda ko‘rsatilgan amallarni bajarishingiz lozim. Tizimdagi javoblar ovozli xabarlar va SMS shaklida qabul qilasiz.
Interaktiv USSD-xizmat/Push-xabarnomalar – bular «Beeline» ning turli xizmat va takliflari yoki Mijozning harakati bo’yicha javob bilan kelgan boshqa ma’lumotlar ega bo’lgan matnli xabarlardir, masalan, hisobni (*102#) tekshirish, chiquvchi qo’ng’iroq yoki SMS-xabarni yuborish.
Xabar oddiy matn yoki interaktiv bo’lishi mumkin (xizmatni so‘zlashuv menyusidan ulash imkoniyati bilan).
Xizmatni USSD-xizmat/Push-xabarnomalarning interaktiv menyusi orqali ulash uchun mobil qurilmaning so‘zlashuv menyusi orqali harakatni tasdiqlash («Yuborish», «Ок», «Tasdiqlash» tugmalarni bosish orqali va h.k.) kerak.