Qidiruv so'zini kiriting
Ommabop so'rovlar
Foydali havolalar
Qo’ng’iroqlar detalizatsiyasi
Jismoniy shaxslar uchun — pasport.
Yuridik shaxslar uchun — vakil qilingan shaxsning pasporti va tashkilot nomidan detalizatsiyasini olishga ishonchnoma.
Agar siz Postpaid toʻlov tizimida boʻlsangiz, Qo’ng’iroqlar detalizatsiyasini “Beeline Business” ofisimizdan yozma arizani hamda vakilning ishonchnomasini taqdim etish lozim. Vakil pasport bilan murojaat etishi lozim.
Arizada telefon raqamini, talab etilayotgan davrni (oyni) ko’rsatishingiz va quyidagi jumlani qo’shishingiz zarur: “Xizmat uchun to’lovni kafolatlayman”. Detalizatsiya faqat o’tgan oylar uchun amalga oshiriladi. To’lov tarifga muvofiq undiriladi. 3 va undan ortiq faol raqamga ega bo’lgan tashkilotlar mazkur xizmatdan bepul foydalanishlari mumkin.
Agar Siz hisob-kitobning to’lovdan keyingi tizimini tanlagan bo’lsangiz, Siz so’nggi 12 oyning istalgan biri uchun qo’ng’iroqlarni detalizatsiyasini (zarurat bo’lgan hollarda – 1 kunda, 1, 2, 3 haftada) kompaniyaning ochiq ofisida olishingiz yoki “Shaxsiy kabinet” xizmatidan foydalanishingiz mumkin. Detalizatsiya qat’iyan raqam egasiga pasportini taqdim etganda yoki amaldagi taomilga muvofiq notarial ishonchnoma asosida beriladi. To’lov tarifga muvofiq undiriladi.
Hisob detalizatsiyasi – qo’ng’iroqlarning sanasi va vaqtini, chiquvchi va kiruvchi (javob berilgan) telefonlar raqamlarini, qo’ng’iroqlarning davomiyligini, qo’ng’iroqlar narxini, qo’ng’iroqlar turini (shahar, mobil, servis va boshqa), SMS jo’natish amalga oshirilgan sana, vaqt va raqamni, SMS jo’natganlik uchun haqni, internet-sessiyalar bo’yicha ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
E’tibor bering:
Narxlar QQSni hisobga olgan holda ko’rsatilgan.
Alohida shartlari:
– Bizning saytimizda bir martalik detalizatsiyasi chog’ida GPRS-sessiyaning batafsil tafsiloti 1-2 kunga ushlanib qolib aks etishi mumkin.
– Bir necha kunlik detalizatsiyani olish huquqi faqat avvaldan to’lov hisob-kitob tizimidagi abonentlar uchun taqdim etiladi. To’lovdan keyingi hisob-kitob tizimidagi abonentlar uchun detalizatsiyasi faqat 30 kunlik to’liq hisob-kitob davri taqdim etiladi.
– E’tibor bering! Qo’ng’iroqlarni amalga oshirilgan vaqtdan boshlab 3 kundan so’ng, shaxsiy kabinet orqali kiruvchi qo’ng’iroqlarni ko’rish mumkin*.
* texnik ishlar bundan mustasno, ushbu muddat 6 kungacha uzaytirilishi mumkin.