Qidiruv so'zini kiriting
Ommabop so'rovlar
Foydali havolalar
«IMO 20» paketi
MB *101#
«IMO 20» internet paketi oldindan to’lov tizimining barcha tariflari uchun amal qiladi («Bolajon» tarifida va «ProInternet» tarif rejalari turkumidan tashqari).
«IMO 20» internet paketi bo’yicha «IMO» ilovasi orqali ovozli qo’ng’iroqlar uchun 600 Mb yoki 20 soat taqdim etiladi (IMO statistikasi bo’yicha 1 daqiqa uchun 0.5 Mb hisoblanadi).
«IMO 20» internet paketi bo’yicha taqdim etilgan trafik faqat «IMO» ilovasi orqali amalga oshirilgan ovozli qo’ng’iroqlar uchun sarflanadi
«IMO 20» internet paketi bilan birga tarif bo’yicha yoki boshqa internet paketlar orqali taqdim etilgan Mblar bo’lgan vaqtda «IMO» ilovasi orqali qo’ng’iroqlar amalga oshirilsa avval «IMO 20» internet paketi bo’yicha olingan Mblar, so’ng tarif va boshqa internet paketlarning Mblari sarflanadi.
«IMO 20» internet paketi faqat abonent raqami faol holatida amal qiladi «IMO 20» Internet paketining amal qilish muddati – ulangan kundan boshlab 30 kun.
«IMO 20» Internet paketining amal qilish muddati davomida yana qo’shimcha paket xarid qilinsa, barcha sarflanmagan trafik hajmi qo’shiladi va oxirgi yoqtirilgan paket kunidan boshlab 30 kunga uzaytiriladi.
«IMO 20» Internet paketi ulangan kunidan 30 kun o’tgach ishlatilmagan trafik kuyadi.
Taqdim etilgan trafik tugaganida yoki paket muddati nihoyasiga yetganidan keyin «IMO» ilovasi orqali qo’ng’iroqlar amalga oshirilsa, internet trafikning sarflanishi tarif rejangiz shartlariga muvofiq narxlanadi.
«IMO 20» Internet paketi bo’yicha taqdim etilgan Mblar boshqa internet paketlarning Mblariga qo’shilmaydi va ularning amal qilish muddatiga ta’sir qilmaydi.
«IMO 20» Internet paketi bo’yicha taqdim etilgan Mblar proksi-serverlar (jumladan VPN) orqali ishlaydigan ilovadan foydalanganda sarflanmaydi va muayyan IP-manzillar doirasida sarf etiladi.
«IMO 20» Internet paketi faqat O‘zbekiston hududida amal qiladi.
Shuni ma’lum qilamizki, internet trafik qoldig’i, daqiqa, SMS paketlar, tarif bo’yicha va boshqa qo’shimcha xizmatlar ma’lumoti 06:00 dan 00:00 gacha yetkaziladi. Internet sessiyasi ochilganda, Kompaniya tizimi balansdagi pul mablag‘larini zaxiraga olib qo‘yadi, ya’ni balansdagi pul mablag‘lari boshqa pullik xizmatlardan foydalanish uchun yopilishi mumkin.
Agar abonentda internet-paket mavjud bo’lsa va sessiya uchun internet-paketda (2 MBdan kam) yetarli Mb bo’lmasa, bu holda keyingi hisoblashlar asosiy balansdan amalga oshiriladi (unda pullik mablag’ mavjud bo’lgan holda). Zaxiralangan pul mablag‘lari miqdori ishlatiladigan internet trafigi miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Internet sessiyasi tugashi bilan va uning uchun pul to‘langach, abonent hisobidagi qolgan pul mablag‘lari ishlatish uchun ochiladi.
Xizmatlar sessiya davomida jo‘natilgan / qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo‘yicha baholanadi.
Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi.