«Extra 200» paketi

Tafsilotlari
Kiritilgan MB paket
200 MB/30 kunga
Muloqot uchun kiritilgan daqiqalar
200 daq/30 kunga
Ulanish uchun hisobdagi minimal mablag’ miqdori
10 250 so'm
«Extra 200» paketi
Daqiqa va MB lar bitta paketda!
10 000 s'om/30 kunga
Shartlari

Qoldiq daqiqa *108#
Qoldiq MB *103#

E’tibor bering:
– Shuni ma’lum qilamizki, internet-trafik balansi, paketlar va tariflar uchun daqiqalar va SMS-xabarlar, shuningdek boshqa qo’shimcha xizmatlar uchun ma’lumot berish 06:00 dan 00:00 gacha qabul qilinadi.
– «Extra» turkumidagi paketlar, oldindan to’lov prepaid tizimidagi abonentlar uchun mo’ljallangan «ZO’R», 2GB, 5GB, 15GB, 30GB, «Status NEW»,«Status», «Status+», «YANGI XIT», «XIT», «XIT+» tariflar turkumi, shuningdek «Status Silver OLD», «Bir Oy», «Erkin muloqot» va «Bravo MIX» tarif rejalarida mavjud.
– «Extra» turkumidagi paketlardan foydalanganda, avval tarif reja bo’yicha berilgan daqiqalar va boshqa xizmatlar bo’yicha berilgan daqiqalar sarflanadi keyin esa «Extra» turkumidagi paketlar sarflanadi. Tarif reja bo’yicha Mb paketi tugagandan so’ng, «Extra» turkumidagi Mb sarflanadi.
– «Extra» turkumidagi paketlari bo’yicha taqdim etilgan daqiqalar va MBlar faqat abonent raqami faol holatida amal qiladi.
– Istalgan vaqtda «Extra» qo’shimcha paketlarga buyurtma berishingiz va aloqa xizmatlaridan qulay narxlarda foydalanishingiz mumkin!
– Internet sessiyasi ochilganda, Kompaniya tizimi balansdagi pul mablag‘larini zaxiraga olib qo‘yadi, ya’ni balansdagi pul mablag‘lari boshqa pullik xizmatlardan foydalanish uchun yopilishi mumkin va balans tekshirilganda tizim hisobni to‘lash zarurligi haqida xabar beradi.
– Agar, abonentda Internet-paket bo‘lsa va sessiya uchun Internet-paketda MВ yetarli bo‘lmasa (2 MВdan kam), keyingi hisoblar asosiy balansdan amalga oshiriladi (unda pul mablag‘lari bo‘lgan holda).
– Zaxiralangan pul mablag‘lari summasi ishlatiladigan internet trafigi miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Internet sessiyasi tugashi bilan va uning uchun pul to‘langach, abonent hisobidagi qolgan pul mablag‘lari ishlatish uchun ochiladi.»
– «Extra» turkumidagi paketlarning amal qilish muddati ulangan vaqtidan boshlab 30 kun.
– «Extra» turkumidagi paketlar ulangan kundan boshlab 30 kun o’tgach, yangi paket yoqtirilmasa, muddati bo’yicha ishlatilmagan trafik kuyadi.
– «Extra» paketlari qayta ulanish vaqtida, oldingi paketning amal qilish muddati oxirgi sotib olingan paketning amal qilish muddatiga muvofiq belgilanadi va sarflanmagan daqiqalar va Mb hajmi qo’shiladi.
– Taqdim etilgan daqiqalar tugaganida yoki paket muddati nihoyasiga yetganda, chiqish qo’ng’iroqlarning sarflanishi tarif rejangiz shartlariga muvofiq sarflanadi.
– Internet xizmatlari sessiya davomida jo‘natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo‘yicha tariflanadi.
– Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi.
– «Extra» turkumidagi paketlar faqat O‘zbekiston hududida amal qiladi.
-Oylik internet-paketidan trafik qoldig’i bo’lgan holda, «Extra» turkumidagi paketlarni ulash imkoniyati ham mavjud, shu sababli ikkita paketning Internet-trafigi qo’shiladi va oldingi paketning amal qilish muddati oxirgi ulangan paketining amal qilish muddatiga ko’ra uzayadi.
– Agarda O’zbekiston bo’ylab barcha yo’nalishlarga mo’ljallangan boshqa paketlar mavjud bo’lsa, «Extra» turkumidagi paketlarni ham ulanish imkoniyati mavjud bo’lib, ushbu holatda ikkita paket qo’shilmaydi va paket muddati o’zgarmaydi.
– Kontent xizmatlariga va axborot xizmatlariga bo’lgan qo’ng’iroqlar, «Extra» turkumidagi daqiqa paketidan sarflanmaydi.
– Aloqa telekommunikatsiya kanallarini eng optimal usulda ishlatish, shuningdek, Abonentning manfaatlarini ularning qurilmalaridan beruxsat foydalanishidan himoyalash maqsadida, Kompaniya ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligini 60 daqiqa etib belgilaydi.