Ilovada oching Beeline Uzbekistan Ochish

Daqiqa va megabaytlarni o‘zaro almashtiring

Tafsilotlari
Daqiqalardan foydalanib ulgurmayapsizmi va ular kuyib ketyaptimi? Ularni internetga almashtiring!
Zaruriyat tug‘ilganda esa, megabaytlar evaziga qo‘shimcha daqiqalarga ega bo‘ling!
Daqiqa va megabaytlarni o‘zaro almashtiring
Shartlari
Almashtirish turi Yechib olinadi Taqdim etiladi Narxi, so’m Almashtirish kodi Almashtirish uchun hisobdagi mablag‘ va trafikning minimal miqdori
Daqiqalarni MBga O‘zbekiston bo‘ylab 200 daqiqa 200 MB 2 000 *200*1# kamida 2 250 so‘m va O‘zbekiston bo‘ylab 210 daqiqa
O‘zbekiston bo‘ylab 1 000 daqiqa 1 000 MB 5 000 *200*2# kamida 5 250 so‘m va O‘zbekiston bo‘ylab 1 010 daqiqa
MBni daqiqalarga 200 MB O‘zbekiston bo‘ylab 200 daqiqa 2 000 *201*1# kamida 2 250 so‘m va 210 MB
1 000 MB O‘zbekiston bo‘ylab 1 000 daqiqa 5 000 *201*2# kamida 5 250 so‘m va 1 010 MB

Faqat tarifingiz bo‘yicha taqdim etilgan O‘zbekiston bo‘ylab daqiqalar va MB trafikini o‘zaro almashtirish mumkin.

Trafikning amal qilish muddati – 3 kun.

Almashtirilgan MB qoldig‘ini – *101# USSD-kodi bilan, daqiqa qoldig‘ini – *105# kodi bilan tekshirish mumkin.

Almashtirishlar soni cheklanmagan.

Xizmat «Status», «Status NEW», «Status 2021», «Status+», «YANGI XIT», «XIT+», «Hammasi ZO’R», «ZO’R», «Konstruktor» tariflar to‘plamlari, shuningdek, «Status Silver OLD», «Bir Oy», «Erkin muloqot», «Bravo MIX», «Beeline Sport», «Zarqaynar», «Yaqin», «Mega XIT», «TOP XIT» tarif rejalari uchun amal qiladi.

«XIT», «Super XIT», «Smartphone» va «Erkin muloqot maxi» tarif rejalarida faqat MB ni daqiqaga almashtirish imkoniyati mavjud.

Almashtirilgan trafikning uch kunlik muddati tugamasidan avval yana almashtirish orqali qo‘shimcha trafik olinishi mumkin. Bu holda yangi trafik xuddi shu turdagi eski trafik qoldig‘iga qo‘shiladi va ularning amal qilish muddati oxirgi almashtirilgan kunidan boshlab 3 kunni tashkil etadi.

Almashtirish orqali olingan daqiqalar O‘zbekiston bo‘ylab chiqish qo‘ng‘iroqlari uchun sarflanadi. Almashtirish orqali olingan megabaytlar Internet tarmog‘ining barcha resurslari uchun sarflanadi.

Almashtirish orqali olingan daqiqa va megabaytlar faqat abonent raqami faol bo‘lgan holatda amal qiladi.

Narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.