• «Yangi Oy» internet-paketlarining amal qilish muddati yoqtirilgan kundan boshlab 30 kunni tashkil etadi. Internet-paket ulangan kundan boshlab 30 kun o'tgach yangi internet-paket yoqtirilmasa, ishlatilmagan trafik kuyadi. Internet-paketning amal qilish muddati davomida yana qo'shimcha paket xarid qilinsa, barcha sarflanmagan trafik hajmi qo'shilib, oxirgi yoqtirilgan paket kunidan boshlab 30 kunga uzaytiriladi.
• «Yangi Oy» internet-paketi yoqilgan holda «Oy» internet-paketi yoqilsa, paketlar bo'yicha asosiy trafik qo'shiladi, amal qilish muddati oxirgi yoqtirilgan paket muddatiga mos ravishda uzaytiriladi (aksincha bo’lganda ham), shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, TAS-IX va tungi megabaytlar qo'shilmaydi va muddati uzaytirilmaydi
• «Yangi Oy» internet-paketi yoqilganda «Kun 10», «Kun 20» va «Kun 30» internet-paketlarini yoqtirish mumkin, biroq ushbu paketlar, shu jumladan «Oy+» paketlar, bo'yicha trafik qo'shilmaydi va muddati uzaytirilmaydi (aksincha holat bo'lganda ham). Asosiy trafik bo'yicha xarajat quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: «Kun 10», «Kun 20», «Kun 30», keyin «Yangi Oy» paketi va so'ng «Oy+» paketidan sarflanadi.
• «Yangi Oy» paketlaridan qoldiq trafik qolganda, quyidagi paketlar yoqilganda, barcha yo'nalishlarga berilgan asosiy trafik qo'shiladi: «Oy» va «Hafta» paketlari turkumi, «Kun+» paketlari, Beeline Club sodiqlik dasturi orqali ballar MBga almashtirilganda, Beepul sodiqlik dasturi bo'yicha BEEPlar MBga almashtirilganda, «Muloqot ulashing» xizmati bo'yicha MBlar, «Bonus 50» aksiyasi bo'yicha bonus MBlar. Boshqa internet-paketlar yoqilganda barcha yo'nalishlarga berilgan asosiy trafik qo'shilmaydi
• «Yangi Oy» paketlaridan qoldiq trafik qolganda «Kun+», «Hafta», «Hafta+» paketlari yoqilsa yoki Beeline Club sodiqlik dasturi orqali ballar MBga almashtirilsa, megabaytlarning amal qilish muddati oxirgi yoqtirilgan paketga mos ravishda 1 kun yoki 7 kun qilib belgilanadi.
• Shuni ma’lum qilamizki, internet trafik qoldig’i, daqiqa, SMS paketlar, tarif bo’yicha va boshqa qo’shimcha xizmatlar ma’lumoti 06:00 dan 00:00 gacha yuboriladi
• Taqdim etilgan trafik tugaganida yoki paket muddati yakunlanganda, internet-trafikning sarflanishi tarif rejangiz shartlariga muvofiq narxlanadi.
• Paketlar «Shifokor», «Bolajon» va «ProInternet» tarif rejalari turkumida amal qilmaydi.
• Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi.
• Internet sessiyasi ochilganda, Kompaniya tizimi balansdagi pul mablag'larini zaxiraga olib qo'yadi, ya'ni balansdagi pul mablag'lari boshqa pullik xizmatlardan foydalanish uchun yopilishi mumkin va balans tekshirilganda tizim hisobni to'ldirish zarurligi haqida xabar beradi.
• Agar abonentda internet-paket mavjud bo'lsa va sessiya uchun internet-paketda yetarli MB bo'lmasa (2 MBdan kam), bu holda keyingi hisoblashlar asosiy balansdan amalga oshiriladi (asosiy balansda mablag’ mavjud bo'lsa). Zaxiralangan pul mablag'lari summasi ishlatiladigan internet trafigi miqdoriga bog'liq bo'ladi. Internet sessiyasi tugashi bilan va ushbu sessiya uchun pul to'langach, abonent hisobidagi qolgan pul mablag'lari ishlatish uchun ochiladi.
• Paketlar O'zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi.
• Barcha narxlar QQS bilan ko'rsatilgan.