Beeline Visa

Tafsilotlari
Kartani ochish uchun komissiya narxi
10 000 so'm
Beeline Visa
Beeline VISA - bu internet xaridlar uchun mo'ljallangan karta.
Shartlari

Beeline Uzbekistan Ravnaq Bank bilan hamkorlikda «Beeline VISA» xizmatini ishga tushiradi, bu esa Beeline abonentlariga uydan chiqmagan holda VISA virtual kartasini ochish orqali bank xizmatidan foydalanish imkonini beradi.

Beeline VISA – bu internet xaridlar uchun mo’ljallangan karta.

Internetda xavfsiz va ishonchli xaridlardan bahramand bo’lish uchun Visa virtual kartasini yarating
Virtual karta oddiy to’lov kartasining barcha xususiyatlariga ega

Siz butun dunyo bo’ylab onlayn xaridlarni amalga oshirishingiz, pullik xizmatlar obunasi uchun to’lovlarni amalga oshirishingiz, pullik funksiyalarni xarid qilish orqali telefoningiz yoki shaxsiy kompyuteringizdagi ilovalarning imkoniyatlarini kengaytirishingiz mumkin.
Shuningdek, virtual kartadan bank kartalari ma’lumotlarini talab qiladigan xizmatlarga ro’yxatdan o’tkazish uchun foydalanishingiz mumkin.

Kartani ochish uchun komissiya narxi – 10 000 so’m

– Beeline Uzbekistan ilovasiga kiring
– Beeline VISA bo’limini oching
– Shartlar bilan tanishib chiqing va kartani chiqarish tugmasini bosing.

Beeline Uzbekistan ilovasini o’rnatish uchun telefondan *1# ni tering yoki quyidagi elektron manzilga o’ting:

App Store

Play Market

HUAWEI AppGallery

Android uchun Beeline Uzbekistan apk ni quyidagi elektron manzil orqali yuklab olish mumkin.
Beeline Visa xizmati bo’yicha oferta haqida tanishib o’ting.

Beeline VISA virtual karta egalari batafsil ma’lumot olish uchun:

Beeline:
Elektron pochta: 0611@beeline.uz
Telefon: 0611 — Beeline mobil raqamidan
(90) 185-00-55 — barcha raqamlar uchun
TELEGRAM onlayn maslahatchi

Ravnaq Bank:
Elektron pochta: cards@ravnaqbank.uz
Telefon: (+99871) 202-33-33

Elektron pochta orqali murojaat qilganda quyidagi ma’lumotlarni taqdim etishingiz kerak:

• Beeline VISA kartasi kimning nomiga ochilgan?
• Beeline VISA kartasining oxirgi 4 ta raqami
• Bog’lanish uchun telefon raqam.

Beeline Visa xizmati bo’yicha Ko’p so’raladigan savollar haqida tanishib o’ting.