Qidiruv so'zini kiriting
Ommabop so'rovlar
Foydali havolalar
«500 daqiqa va 500 megabayt» paketi
– Paket faollashtirilgan kundan boshlab 30 kun o‘tgach, yangisi faollashtirilmasa, foydalanilmagan trafik qoldig‘i kuyadi.
– Tarif bo‘yicha, boshqa internet-paketlar va xizmatlar bo‘yicha internet-trafik mavjud bo‘lganda, avval «500 daqiqa va 500 megabayt» paketi bo‘yicha trafik sarflanadi, keyin esa tarif reja va boshqa xizmatlar bo‘yicha trafik sarflanadi.
– «500 daqiqa va 500 megabayt» internet-paketining amal qilish muddati davomida ushbu paket qayta xarid qilinsa, barcha sarflanmagan trafik hajmi qo‘shiladi va oxirgi yoqtirilgan paket kunidan boshlab 30 kunga uzaytiriladi.
– Boshqa paketlar mavjud bo‘lganda «500 daqiqa va 500 megabayt» paketini ulash imkoniyati mavjud bo‘lib, bunda boshqa internet-paketlar bo‘yicha MBlar «500 daqiqa va 500 megabayt» paketi trafigi bilan jamlanmaydi va boshqa internet-paketlarning amal qilish muddati uzaytirilmaydi, teskari variantda ham amalga oshmaydi.
– «500 daqiqa va 500 megabayt» internet-paketi hamda «BeeFortuna» bo‘yicha paket bir-biriga qo‘shiladi, bunda paketlar amal qilish muddati eng kech bo‘lgan paketning muddatiga ko‘ra foydalanish mumkin.
– «500 daqiqa va 500 megabayt» paketi paketi faqat abonent raqami faol holatida amal qiladi.
– Shuni ma’lum qilamizki, tarif bo‘yicha internet-trafik, daqiqalar, SMS qoldig‘i va boshqa qo‘shimcha xizmatlar qoldig‘i haqida xabarlar 06:00 dan 00:00 gacha yuboriladi.
– Internet sessiyasi ochilganda, Kompaniya tizimi balansdagi pul mablag‘larini zaxiraga olib qo‘yadi, ya’ni balansdagi pul mablag‘lari boshqa pullik xizmatlardan foydalanish uchun yopilishi mumkin va balans tekshirilganda tizim hisobni to‘ldirish zarurligi haqida xabar beradi. Agar abonentda internet-paket mavjud bo‘lsa va sessiya uchun internet-paketda yetarli MB bo‘lmasa (2 MBdan kam, YouTube va PUBG uchun 5 MBdan kam), bu holda keyingi hisoblashlar asosiy balansdan amalga oshiriladi (asosiy balansda mablag‘ mavjud bo‘lsa). Zaxiralangan pul mablag‘lari miqdori ishlatiladigan internet trafigi miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Internet sessiyasi tugashi bilan va ushbu sessiya uchun pul to‘langach, abonent hisobidagi qolgan pul mablag‘lari ishlatish uchun ochiladi.
– Xizmatlar sessiya davomida jo‘natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo‘yicha narxlanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi.
– «500 daqiqa va 500 megabayt» paketi quyida keltirilgan tariflarda amal qilmaydi: «Bolajon», «Welcome», «Click+», «Mi-Fi Click», «G‘alaba!», «Router», «ProInternet 1 GB», «ProInternet 3 GB». Oldindan to‘lov tizimining qolgan barcha tariflari uchun amal qiladi.
– «500 daqiqa va 500 megabayt» paketi faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi.