1 GB Internetni ulashing

internet-paket
1 GB Internetni ulashing
Shartlari

Ulanish kodi – *205*99890(yoki 91) abonent raqami*9#.

Ulanish uchun hisobdagi minimal mablag’ miqdori – 3 250 so’m.

Ulanishdan avval minimal MB miqdori – 1034 MB.

1GB Internetni ulashing xizmatidan aksiya amal qilish kunida bir marotaba foydalansa bo’ladi.

Aksiya kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 dan 23:59 gacha bo’lgan vaqtda xizmatga ulanish mumkin bo’ladi.

Ushbu xizmat A abonentining tarif rejasida kiritilgan 1GBni B abonentiga o’tkazish imkonini beradi. Xizmatning narxini trafik o’tkazish tashabbuskori tomonidan to’lanadi.

1GB paketi o’tkazilgandan so’ng, abonentning tarifiga kiruvchi mavjud bo’lgan internet trafik miqdori shunchaga kamayadi.

Trafikning amal qilish muddati – 7 kun.

Trafikni o’tkazish imkoni quyidagi tarif rejalardan tashqari qolgan tariflarda mavjud: «Bravo online», «Bravo vodiy», «Klik», «Yangi О!», «Qo’shnilar», «Bravo O!», «Kunlik», «Allo», «OSON 10», «Bayramga marhamat», «Bolajon», «G’alaba», «Welcome», «OSON 1».

1GB Internetni ulashing xizmatidan sarflanmay qolgan trafikni amal qilish muddatini boshqa, ya’ni «Muloqot ulashing» xizmati yoki internet paketlarga ulanib uzaytirsa bo’ladi. Shunda ikkita paketlar bo’yicha trafik qo’shiladi. Trafikning amal qilish muddati etib ulangan paketlarning ichida eng maksimal muddat belgilanadi.

Xizmat bo’yicha GB qoldig’ini tekshirish uchun – *103#.

Tarif reja o’zgartirilganida o’tkazilgan internet-trafik saqlanib qoladi.

1GB Internetni ulashing xizmati xalqaro roumingda ishlaydi.

1GB Internetni ulashing xizmati bo’yicha o’tkazilgan internet-trafik faqat O’zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi.