Qidiruv so'zini kiriting
Ommabop so'rovlar
Foydali havolalar
Internet-paket 100 GB
Ulanish kodi *1*100#
MB barcha yo’nalishlarga *103#
Sizda avtomatik uzaytiriladigan internet-paketni ulash imkoniyati mavjud. Ya’ni, siz USSD-kod yordamida yoki Beeline Uzbekistan ilovasi orqali xizmatni mustaqil o‘chirmaguningizga qadar sizga har oy internet-trafik taqdim etiladi.
Avtomatik uzaytiriladigan paketning ulanish kodi *5*100#
Avtomatik uzaytiriladigan paketning o‘chirish kodi *5*0#
Avtomatik uzaytiriladigan paket o‘chirilganda sarflanmagan trafik saqlanadi va ushbu paket uchun oxirgi abonent to‘lovi yechib olinganda belgilangan muddatigacha amal qiladi. Boshqa paketdan sarflanmagan MB qoldig‘i bo‘lgan holatda, trafiklar qo‘shiladi va muddati eng kech bo‘lgan paketning muddatiga ko‘ra amal qiladi.
Abonent to‘lovi yechilishi va trafikning taqdim etilishi har 30 kunda soat 00:00 dan 06:00 gacha amalga oshiriladi. Bundan oldin taqdim etilgan oylik avtomatik uzaytiriladigan paket bo‘yicha sarflanmagan trafik bo‘lgan holda, paketlar trafigi qo‘shilib, amal qilish muddati oxirgi taqdim etilgan paket muddatiga ko‘ra o‘rnatiladi.
Paketning navbatdagi to‘lovi uchun abonent hisobida yetarli mablag‘ bo‘lmasa, abonent to‘lovi yechilmaydi va paket bo‘yicha belgilangan trafik taqdim etilmaydi. Sarflanmagan trafik esa kuyadi. Paket bo‘yicha abonent to‘lovini to‘lash uchun yetarli mablag‘ jamlanishi bilan xizmat uchun darhol to‘lov yechiladi va kiritilgan internet trafik taqdim etiladi. Internet-paketning shartlariga muvofiq, amal qilish muddati paketning oxirgi abonent to‘lovi yechilgan kuniga ko‘ra o‘rnatiladi. Internet-paket bo‘yicha trafik abonent raqami faol holatida amal qiladi.
Taqdim etilgan trafik tugaganida yoki paket muddati yakunlanganda, internet trafikning keyingi sarflanishi Abonentning tarif rejasi shartlariga muvofiq narxlanadi.
Raqam ma’muriy blok holatiga tushirilganda, abonent to‘lovi yechilmaydi, trafik taqdim etilmaydi. Blok holatidan chiqarilganidan so‘ng, hisobda yetarli mablag‘ bo‘lmagan holda to‘lov bir marta qarz holatiga yechiladi va paket bo‘yicha megabaytlar taqdim etiladi.
Avtomatik uzaytiriladigan internet-paket ulangan holatda, istalgan boshqa avtomatik uzaytiriladigan internet-paketni faollashtirib bo‘lmaydi. Avtomatik uzaytiriladigan internet-paketini qayta yoqish uchun amaldagi internet-paketni o‘chirish lozim.
Agar abonent raqamida boshqa internet-paketlar mavjud bo‘lsa, bu holda avtomatik uzaytiriladigan internet-paketlar trafigidan oxirgi o‘rinda sarflanadi.
Paket mavjudligida tarifni o‘zgartirish
Agar tarif rejani avtomatik uzaytiriladigan internet-paket xizmati amal qiladigan tarifga o‘zgartirilsa, xizmat va paket bo‘yicha trafik qoldig‘i saqlanadi. Agar o‘tish amalga oshirilgan tarifda avtomatik uzaytiriladigan paket amal qilmasa, xizmat avtomatik ravishda o‘chiriladi, qolgan trafik kuymaydi va abonent to‘lovi oxirgi marta yechib olinganda belgilangan muddatgacha amal qiladi. Boshqa paketlardan sarflanmagan MB trafiklar bo‘lgan holatda, trafiklar qo‘shiladi va muddati eng kech bo‘lgan paketning muddatiga ko‘ra amal qiladi.
Avtomatik uzaytiriladigan internet-paketlar O‘zbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslar uchun oldindan to‘lov tizimining «Status», «Status 2021», «Status NEW», «Status Silver OLD», «ALLO», «ZO’R», «Hammasi ZO’R», «Konstruktor», «Zarqaynar», «Yaqin», «YANGI XIT», «ProInternet» («ProInternet 1GB» va «ProInternet 3GB» tariflaridan tashqari), «OSON 1», «OSON 10», «Uydagidek», «Welcome», «Beeline Sport» tariflarida amal qiladi.
Oylik internet-paketlarning amal qilish muddati ulanish vaqtidan boshlab 30 kunni tashkil etadi. Taqdim etilgan trafik tugaganida yoki paket muddati yakunlanganda, internet trafikning keyingi sarflanishi abonentning tarif rejasi shartlariga muvofiq narxlanadi.
Bir vaqtning o‘zida bir nechta paketlar ulanganida ularning trafiklari qo‘shiladi. Ulangan paketlarning ichida eng maksimal muddat amal qilish muddati etib belgilanadi. Raqam faol bo‘lmagan yoki blok holatiga tushirilgan vaqtda oxirgi ulangan internet paketning amal qilish muddati o‘zgarmaydi.
Shuni ma’lum qilamizki, tarif bo‘yicha internet-trafik, daqiqalar, SMS qoldig‘i va boshqa qo‘shimcha xizmatlar qoldig‘i haqida xabarlar 06:00 dan 00:00 gacha yuboriladi.
Avtomatik uzaytirilmaydigan internet-paketlar O‘zbekiston Respublikasi hududida oldindan to‘lov tizimining
«ProInternet 1GB», «ProInternet 3GB», «Bolajon» va «Shifokor» tariflaridan tashqari, barcha jismoniy shaxslar uchun tariflarida amal qiladi.
Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi. Internet sessiyasi ochilganda, Kompaniya tizimi balansdagi pul mablag‘larini zaxiraga olib qo‘yadi, ya’ni balansdagi pul mablag‘lari boshqa pullik xizmatlardan foydalanish uchun yopilishi mumkin va balans tekshirilganda tizim hisobni to‘ldirish zarurligi haqida xabar beradi. Agar abonentda internet-paket mavjud bo‘lsa va sessiya uchun internet-paketda yetarli MB bo‘lmasa (2 MBdan kam, YouTube va PUBG uchun 5 MBdan kam), bu holda keyingi hisoblashlar asosiy balansdan amalga oshiriladi (asosiy balansda mablag‘ mavjud bo‘lsa). Zaxiralangan pul mablag‘lari miqdori ishlatiladigan internet trafigi miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Internet sessiyasi tugashi bilan va ushbu sessiya uchun pul to‘langach, abonent hisobidagi qolgan pul mablag‘lari ishlatish uchun ochiladi.
Barcha narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.