“Sovrinlar mavsumi” Aksiyasini o‘tkazish qoidalari

“Sovrinlar mavsumi” Aksiyasini o‘tkazish qoidalari (keyingi o‘rinlarda – “Qoidalar”) “Sovrinlar mavsumi” Aksiyasini (keyingi o‘rinlarda – “Aksiya”) o‘tkazish tartibini, sovrinlar yutuqli o‘yinida (keyingi o‘rinlarda – “Yutuqli o‘yin”) ishtirok etish shartlarini, shuningdek, sovrinlarni, ularni G‘oliblarga topshirish tartibi va shartlarini belgilaydi.
Servislardan foydalanish shartlari “hambi” ilovasida va (yoki) bevosita Hamkorlarning servislarida amaldagi tahrirda e’lon qilingan va tanishib chiqish uchun ochiq.
Aksiya “Prestige Club” MChJ (STIR: 311 617 672) (keyingi o‘rinlarda – “Aksiya Hamkori”) bilan birgalikda o‘tkaziladi.
Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:

•    Abonent raqami – uyali aloqa operatori tomonidan abonentga ajratiladigan raqam bo‘lib, telekommunikatsiya tarmog‘iga ulangan abonent uskunasini boshqa qurilmalar bilan ulashda identifikatsiyalash uchun xizmat qiladi;
•    Vazifa – Aksiya shartlarida nazarda tutilgan hamda “hambi” ilovasining “Sovrinlar mavsumi” bo‘limida Foydalanuvchi bajara oladigan, yakunlanishi “hambi” ilovasining ma’lumotlar bazasida qayd etilib, Ishtirokchiga Yutuqli o‘yinda qatnashish uchun muayyan miqdordagi imkoniyatlar taqdim etilishiga olib keladigan harakat yoki harakatlar majmuyi;
•    Kompaniya/Operator – Aksiya tashkilotchisi bo‘lgan, “Beeline” savdo belgisi ostida uyali aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi “Unitel” MChJ;
•    Instagram rasmiy sahifa – Kompaniyaning Instagram rasmiy sahifasi: https://www.instagram.com/hambi_superapp;
•    Kompaniyaning rasmiy sayti – Kompaniyaning quyidagi manzilda joylashgan rasmiy sayti: www.beeline.uz;
•    Hamkor – tegishli shartnoma bo‘yicha Operatorning kontragenti hisoblangan, tovarlari va (yoki) xizmatlari “hambi” ilovasida joylashtirilgan (taqdim etilgan) yuridik shaxs va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkor;
•    G‘olib – belgilangan sovrinlardan birini yutib olgan Aksiya ishtirokchisi;
•    Foydalanuvchi – “hambi” ilovasidan foydalanadigan jismoniy shaxs. Foydalanuvchi, “hambi” ilovasidan foydalanish uchun texnik imkoniyat mavjud bo‘lganda, Operator abonenti yoki boshqa uyali aloqa operatorlarining abonenti bo‘lishi mumkin;
•    “hambi” ilovasi – Foydalanuvchi, Operator va Hamkorlarning axborotiy hamda texnologik hamkorligi uchun mo‘ljallangan maxsus kompyuter dasturiy mahsulotlari majmuasidan tashkil topgan axborot tizimi;
•    Sertifikat – G‘olibga Aksiya Hamkoridan sovrinni olish imkoniyatini beruvchi yozma guvohnoma;
•    Ishtirokchi – mazkur Qoidalarga muvofiq Aksiyada ishtirok etayotgan Foydalanuvchi;
•    “Sovrinlar mavsumi” bo‘limi – Servislarni o‘z ichiga oluvchi “hambi” ilovasining funksional moduli;
•    Servislar– “hambi” ilovasida Foydalanuvchilarga ham Operator, ham Operatorning Hamkorlari tomonidan taqdim etiladigan turli xizmatlar va (yoki) tovarlar majmui.
 

Aksiyaning o‘tkazilish davri:
2026-yil 21-fevral soat 00:00 (UTC+5) dan 2026-yil 27-mart soat 23:59 (UTC+5) gacha.
Aksiyaning amal qilish hududi: O‘zbekiston Respublikasi.
G‘oliblarni aniqlash joyi: Instagram rasmiy sahifasidagi jonli efirda.
G‘oliblarni taqdirlash manzili: O‘zbekiston Respublikasi, 100017, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 7-uy.

1.    AKSIYA ISHTIROKCHILARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

1.1.    Aksiyada O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan barcha Foydalanuvchilar ishtirok etishi mumkin.
1.2.    Quyidagilar Aksiyada ishtirok etishga va (yoki) sovrinni olishga da’vogarlik qila olmaydi:
•    Mazkur Qoidalarning 1.1-bandida belgilangan talablarga javob bermaydigan jismoniy shaxslar;
•    Aksiya o‘tkazilishi davrida Kompaniya bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar hamda ularning yaqin qarindoshlari;
•    Kompaniyaning affillangan shaxslari, Aksiya o‘tkazilishi davrida Kompaniyaning affillangan shaxslari bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar hamda ularning yaqin qarindoshlari;
•    Kompaniyaning ishonchli vakillari (dilerlari), Kompaniyaning ishonchli vakillari bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar hamda ularning yaqin qarindoshlari.

2.    SOVRIN JAMG‘ARMASI

2.1.    Aksiyaning sovrin jamg‘armasi faqat Aksiya Hamkorining o‘z mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi va quyidagi sovrinlarni o‘z ichiga oladi:

•    Xaynan (Xitoy) yo‘nalishi bo‘yicha 2 (ikki) kishiga mo‘ljallangan, istalgan bo‘sh sanani tanlash imkoniyati bilan 8 (sakkiz) kechaga 5* toifali mehmonxonaga joylashishni o‘z ichiga olgan turistik vaucher;
•    Sharm ash-Shayx shahridagi V Hotel mehmonxonasiga (eksklyuziv joylashuv) 2 (ikki) kishi uchun, istalgan bo‘sh sanani tanlash imkoniyati bilan 7 (yetti) kunga mo‘ljallangan turistik vaucher;
•    Nyachang shahriga 8 (sakkiz) kecha-kunduzlik turistik paket (Marriott mehmonxonasida halol taomlar taqdim etiladi). Paket Yulduz Usmonovaning konsertiga tashrif buyurish imkoniyatini o‘z ichiga oladi (aviachiptani G‘olib mustaqil ravishda xarid qiladi). Sayohat sanalarini Aksiyaning Hamkori bilan kelishgan holda o‘zgartirish mumkin;
•    UzAirways aviakompaniyasining Sanya shahriga (Xitoy) borish va qaytish reyslari uchun 4 (to‘rtta) alohida aviachipta.

2.2.    Sovrinlardan foydalanishning aniq shartlari, jumladan, sayohat sanalari, band qilish tartibi va boshqa muhim shartlar Aksiyaning Hamkori tomonidan belgilanadi.
2.3.    Sovrinlar, vaucherlar va sovrin jamg‘armasining boshqa tarkibiy qismlarini pul ekvivalentiga yoki boshqa mol-mulkka almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
2.4.    Sovrin O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda G‘olibning nomiga rasmiylashtiriladi. Sovrinni taqdim etish munosabati bilan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar va majburiy to‘lovlar Aksiyaning Hamkori tomonidan to‘lanadi. Sovrinni rasmiylashtirish, olish va undan foydalanish bilan bog‘liq barcha boshqa xarajatlarni G‘olib o‘z zimmasiga oladi.

3.    AKSIYADA ISHTIROK ETISH VA UNI O‘TKAZISH SHARTLARI

3.1.    Aksiyada ishtirok etish uchun Foydalanuvchi “hambi” ilovasining “Sovrinlar mavsumi” bo‘limidagi kamida 1 (bitta) Vazifani bajarishi lozim.
3.2.    Har bir bajarilgan Vazifa uchun Ishtirokchiga quyidagi jadvalga muvofiq ma’lum miqdorda imkoniyatlar hisoblanadi:

Faqat Operatorning oldindan to‘lov tizimi abonentlari bajara oladigan vazifalar:

Vazifalar Imkoniyatlar
Kundalik Vazifalar 20
“hambi fortuna plus” Omad g‘ildiragini 3 (uch) marta aylantiring 0
“hambi fortuna” Omad g‘ildiragini 1 (bir) marta aylantiring 0
Haftalik Vazifalar 200
“hambi fortuna plus” Omad g‘ildiragini 10 (o‘n) marta aylantiring 0
“Travel club” servisiga o‘ting 0
“hambi” ilovasiga 5 (besh) kun ketma-ket kiring 0
hambi pay orqali 100 000 so‘mdan boshlab pul o‘tkazmasini amalga oshiring. 0
hambi pay orqali kommunal xizmatlar uchun 100 000 so‘mdan boshlab to‘lov qiling. 0
“hambi fortuna” Omad g‘ildiragini 5 (besh) marta aylantiring 0
Asosiy vazifalar
“hambi fortuna plus” Omad g‘ildiragini aylantiring 1
“Travel club” servisiga o‘ting 10
“Mening avto” servisiga o‘ting va avtomobilingizni qo’shing 10
“hambi smart” premium obunasini rasmiylashtiring 50
“hambi fortuna” Omad g‘ildiragini 3 (uch) marta aylantiring 1
Ixtiyoriy OSAGO rasmiylashtiring 20
“Onlayn Shifokor” teletibbiyot servisiga obunani rasmiylashtiring 50
Majburiy OSAGO rasmiylashtiring 50
“Nur” rejimini yoqing 5
“Ramazon” tabriknomasini yaqinlaringiz va tanishlaringizga yuboring 1
LIME TIME o‘yinining pullik versiyasini o‘ynang 1
“Litro” servisiga o‘ting 1
hambi pay orqali jarimalar uchun 50 000 so‘mdan boshlab to‘lov qiling. 5
“Davo Delivery” servisiga o‘ting 1
“Yugurish” o‘yinini o‘ynang 5
Bosh ekrandagi storislarni ko‘ring 1
“Kviz” o‘yinini o‘ynang 5
“Futbol” o‘yinini o‘ynang 5
“Sakrash” o‘yinini o‘ynang 5
“Boks” o‘yinini o‘ynang 5
“BeeMarket” bo‘limiga o‘ting 1
“Osnova” servisiga o‘ting 1
“Dorilarni izlash” bo‘limini oching va kerakli dorini toping 1
“Telekanallar” bo‘limida TV va seriallarni tomosha qiling 1
“Urban drive” servisiga o‘ting 1
“Havo sifati” servisida havo sifatini tekshiring 1
Go Invest investitsiya servisi bilan tanishing. 1
“Joyme” servisiga o‘ting 1
“Go Bozor” servisiga o‘ting 1
“Avto ijara” servisiga o‘ting 1
“Ustabor” servisiga o‘ting 1
“Pet AI” servisiga o‘ting 1

Boshqa uyali aloqa operatorlari abonentlari uchun mavjud vazifalar:

Vazifalar Imkoniyatlar
Kundalik vazifalar 20
Bugun “hambi” ilovasiga kiring 0
“Kviz” o‘yinini o‘ynang 0
“hambi fortuna” omad g‘ildiragini 1 (bir) marta aylantiring 0
Haftalik vazifalar 200
“Travel club” servisiga o‘ting 0
Ilovaga ketma-ket 5 (besh) kun kiring 0
“hambi pay” orqali 100 000 so‘mdan boshlab pul o‘tkazmasini amalga oshiring. 0
“hambi pay” orqali 100 000 so‘mdan boshlab kommunal xizmatlarga to‘lov qiling. 0
“hambi fortuna” omad g‘ildiragini 5 (besh) marta aylantiring 0
“TV” bo‘limiga 5 (besh) kun davomida kiring 0
Asosiy vazifalar
“Travel club” servisiga o‘ting 10
“Mening avto” servisiga o‘ting va avtomobilingizni qo’shing 10
“hambi smart” premium obunasini rasmiylashtiring 50
“hambi fortuna” Omad g‘ildiragini 3 (uch) marta aylantiring 1
Ixtiyoriy OSAGO rasmiylashtiring 20
“Onlayn Shifokor” teletibbiyot servisiga obunani rasmiylashtiring 50
Majburiy OSAGO rasmiylashtiring 50
“Nur” rejimini yoqing 5
“Ramazon” tabriknomasini yaqinlaringiz va tanishlaringizga yuboring 1
LIME TIME o‘yinining pullik versiyasini o‘ynang 1
“Litro” servisiga o‘ting 1
hambi pay orqali jarimalar uchun 50 000 so‘mdan boshlab to‘lov qiling. 5
“Davo Delivery” servisiga o‘ting 1
“Yugurish” o‘yinini o‘ynang 5
Bosh ekrandagi storislarni ko‘ring 1
“Kviz” o‘yinini o‘ynang 5
“Futbol” o‘yinini o‘ynang 5
“Sakrash” o‘yinini o‘ynang 5
“Boks” o‘yinini o‘ynang 5
“BeeMarket” bo‘limiga o‘ting 1
“Osnova” servisiga o‘ting 1
“Dorilarni izlash” bo‘limini oching va kerakli dorini toping 1
“Telekanallar” bo‘limida TV va seriallarni tomosha qiling 1
“Urban drive” servisiga o‘ting 1
“Havo sifati” servisida havo sifatini tekshiring 1
Go Invest investitsiya servisi bilan tanishing. 1
“Joyme” servisiga o‘ting 1
“Go Bozor” servisiga o‘ting 1
“Avto ijara” servisiga o‘ting 1
“Ustabor” servisiga o‘ting 1
“Pet AI” servisiga o‘ting 1

3.3.    Har bir Vazifaning bajarilishi “hambi” Ilovasining ma’lumotlar bazasida qayd etib boriladi.

3.4.    Aksiya doirasida Kompaniya imkoniyatlarni taqimetishning qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi mexanikalarini belgilash huquqiga ega.
Xususan, 2026-yil 27-mart kuni soat 15:00 dan 23:59 gacha (UTC+5) bo‘lgan davrda Aksiya ishtirokchilariga ayrimVazifalarni bajarganliklari uchuntaqdim etiladigan imkoniyatlar soni oshiriladi, ya’ni:
- “hambi fortuna plus” omad g‘ildiragini aylantiring” Vazifasini bajarganlik uchun – 1 (bitta) o‘rniga 3 (uchta) imkoniyat taqdim etiladi;
Ko‘rsatilgan shartlar faqat belgilangan davrda amal qiladi va shu vaqt oralig‘ida bajarilgan Vazifalarga nisbatan qo‘llaniladi.
3.5.    Vazifani bajarganlik uchun imkoniyat taqdim etilganda, Ishtirokchining abonent raqami Ishtirokchilar ro‘yxatida takrorlanadi va bu yutish ehtimolini oshiradi.
3.6.    Sovrin g‘oliblari Aksiya shartlarini bajargan Ishtirokchilar orasidan ommaviy tarzda aniqlanadi. G‘oliblarni aniqlash mazkur Qoidalarga muvofiq Instagram’dagi rasmiy sahifada jonli efirda random.org servisining tasodifiy raqamlar algoritmi yordamida amalga oshiriladi. G‘olib aniqlangach, Kompaniya u bilan Abonent raqami orqali telefon qo‘ng‘irog‘i vositasida bog‘lanadi.
3.7.    Imkoniyatlar faqat mazkur Qoidalar bilan belgilangan Aksiya o‘tkazish davrida bajarilgan Vazifalar uchun hisoblanadi.
3.8.    Imkoniyatlar hisoblanishiga asos bo‘lgan operatsiya bekor qilingan, qaytarilgan, haqiqiy emas deb topilgan yoki boshqacha tarzda qayta ko‘rib chiqilgan taqdirda, tegishli imkoniyatlar hisobdan chiqariladi.
3.9.    Imkoniyatlarni hisob qaydnomalari o‘rtasida o‘tkazish, birlashtirish yoki bo‘lishga yo‘l qo‘yilmaydi.
3.10.    Barcha sovrinlar jonli efirda o‘ynaladi.
3.11.    G‘oliblarni aniqlash natijalari G‘olibning raqami (Abonent raqamining birinchi uchta raqamisiz) ko‘rsatilgan holda Kompaniyaning Rasmiy saytida e’lon qilinadi.
3.12.    "hambi" ilovasi hamda Ishtirokchilarning elektron ma’lumotlar bazasida sovrinni qo‘lga kiritadigan Ishtirokchini oldindan aniqlash yoki belgilash imkonini beruvchi tartib va algoritmlar mavjud emas.
3.13.    G‘olibni aniqlash uchun foydalaniladigan, haqiqiy tasodifiy sonlarni generatsiya qiluvchi random.org servisida ham G‘oliblarni oldindan belgilashga imkon beradigan tartib va algoritmlar mavjud emas.
3.14.    Kompaniya ushbu shartlarda ko‘rsatilgan yoki O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga asoslangan hollardan tashqari Aksiya ishtirokchilari bilan yozma muzokaralarga yoki boshqa turdagi muloqotga kirishmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi.
3.15.    Kompaniya tegishli ma’lumotlarni Kompaniyaning Rasmiy saytida joylashtirish sharti bilan Qoidalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
3.16.    Kompaniya istalgan vaqtda Aksiyani to‘xtatish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
3.17.    Aksiya haqidagi ma’lumotlar Kompaniyaning Rasmiy saytida mavjud. Kompaniya o‘z tanloviga ko‘ra tegishli ma’lumotlarni Facebook yoki Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalarida joylashtirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

4.    SOVRINLARNI OLISH SHARTLARI

4.1.    Sovrin o‘yini Kompaniya tomonidan ushbu Qoidalarda belgilangan tartibda va muddatlarda jonli efirda o‘tkaziladi. O‘yin natijalariga ko‘ra Aksiya G‘olibi aniqlanadi.
4.2.    Sovrin G‘olibga Kompaniya tomonidan beriladigan va tegishli Sovrinni olish huquqini tasdiqlovchi Sertifikat asosida topshiriladi.
4.3.    Sertifikatni olish uchun Aksiya doirasidagi Yutuqli o‘yin G‘olibi deb tan olingan Ishtirokchi 7 (yetti) kalendar kun ichida Kompaniyaga quyidagi hujjatlarning asl nusxalarini va ma’lumotlarni taqdim etishi kerak:

•    G‘olibning pasporti yoki ID-kartasi;
•    O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasida JShShIR raqami mavjud bo‘lmagan hollarda, tuman Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limidan (pasport stolidan) olingan JShShIR ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
•    G‘olibning abonent raqami mobil qurilmadagi “hambi” ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat.

4.4.    Sertifikatni olgandan so‘ng G‘olib Sovrinni olish huquqini amalga oshirish uchun Aksiya Hamkoriga mustaqil ravishda murojaat qiladi. Sovrin taqdim etilishi Aksiya Hamkori tomonidan ko‘rsatilgan Sertifikat asosida va Aksiya Hamkori belgilagan shartlarga muvofiq amalga oshiriladi. Band qilish, sanalarni kelishish, hujjatlarni rasmiylashtirish va Sovrinni amalda olish bilan bog‘liq barcha keyingi harakatlar G‘olib tomonidan bevosita Aksiya Hamkori bilan bajariladi.
4.5.    G‘olibga Sertifikat topshirilishi G‘olib barcha zarur hujjatlarni imzolaganidan so‘ng amalga oshiriladi.

4.6.    Kompaniya quyidagi hollarda G‘olibga Sertifikat berishdan bosh tortish huquqini o‘zida saqlab qoladi:
•    agar G‘olib yutuq haqida xabardor qilingan kundan e’tiboran 7 (yetti) kalendar kun ichida Kompaniyaga murojaat qilmasa; 
•    G‘olib yutuq e’lon qilingan paytdan boshlab 7 (yetti) kalendar kuni ichida ushbu Qoidalarning 4.3-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etmasa yoki taqdim etilgan hujjatlar ushbu Qoidalar va (yoki) O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga mos kelmasa;
•    G‘olib sovrinni olish chog‘ida imzo qo‘yishdan va (yoki) boshqa yuridik ahamiyatga ega harakatlarni, jumladan, talab etilgan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortsa;
•    Yutuq e’lon qilingan paytdan boshlab 7 (yetti) kalendar kuni ichida G‘olibni xabardor qilish imkoni bo‘lmasa, xususan, G‘olibning raqami bloklangan va (yoki) tarmoq doirasidan tashqarida bo‘lsa yoxud Kompaniyaga bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablarga ko‘ra G‘olib go‘shakni ko‘tarmasa va (yoki) aloqaga chiqmasa;
•    G‘olib tomonidan Aksiyada ishtirok etish shartlari buzilganligi aniqlansa.

5.    YAKUNIY QOIDALAR

5.1.    G‘oliblar har qanday sabablarga ko‘ra sovrinlarni talab qilmasa yoki ularni olishdan bosh tortsa, Kompaniya / Aksiyaning Hamkori Aksiyaning sovrin egalari umumiy sonini ham, Sovrin jamg‘armasini ham shunga muvofiq kamaytirish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Bunda G‘olibni qayta aniqlash o‘tkazilmaydi.
5.2.    G‘olib ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan barcha talab va shartlarni bajarmagan taqdirda, Kompaniya / Aksiyaning Hamkori G‘olibga sovrinni taqdim etishdan bosh tortish huquqiga ega.
5.3.    Kompaniya turistik xizmatlar tashkilotchisi hisoblanmaydi hamda xizmatlarning sifati, hajmi, ko‘rsatish muddatlari, sanalarining o‘zgarishi, sayohatlarning bekor qilinishi, shuningdek, sovrinni topshirishga jalb qilingan tashuvchilar, mehmonxonalar yoxud boshqa uchinchi shaxslarning xatti-harakatlari uchun javobgar emas. Sovrinlarni taqdim etish, tashkil qilish va topshirish bilan bog‘liq barcha majburiyatlar Aksiya Hamkorining zimmasida bo‘ladi. Turistik vaucherlar, aviachiptalar va sovrinning boshqa tarkibiy qismlaridan foydalanish bilan bog‘liq barcha da’volar, savollar va talablar bevosita Aksiya Hamkoriga taqdim etilishi lozim. Bunday masalalar G‘olib tomonidan Aksiya Hamkori bilan mustaqil ravishda hal etiladi.
5.4.    Kompaniya quyidagilar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi:

•    Ishtirokchilarning Kompaniya tomonidan o‘zining rasmiy saytida joylashtirilgan G‘oliblar ro‘yxati bilan tanisha olmasligi;
•    Ishtirokchilarning o‘z aybi bilan yoxud Ishtirokchi va (yoki) Kompaniyaning ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablarga ko‘ra sovrinlarni olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni/hujjatlarni olmaganligi yoki o‘z vaqtida olmaganligi;
•    Ishtirokchilar tomonidan mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan talablarning bajarilmaganligi (yoki o‘z vaqtida bajarilmaganligi);
•    Aksiya G‘oliblari tomonidan sovrinlarning talab qilib olinmaganligi yoki ulardan voz kechilganligi holatida sovrinlarni ololmay qolishi;
•    Uchinchi shaxslarning aybi va/yoki yengib bo‘lmas kuch holatlari sababli Kompaniya va/yoki Aksiya Hamkorining G‘oliblarga sovrinlarni topshirish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajara olmasligi;
•    Aksiya G‘olibining sovrindan/sertifikatdan foydalana olmasligiga sabab bo‘lgan, biroq Kompaniyaning aybi bilan yuzaga kelmagan holatlar, jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda: vakolatli organlar tomonidan Aksiya G‘olibining O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqishiga qo‘yilgan cheklovlar/taqiqlar, viza berishning rad etilishi, uchinchi shaxslarning harakati yoki harakatsizligi.
5.5.    Aksiyada ishtirok etish bilan Ishtirokchi quyidagilarni tasdiqlaydi:
•    ushbu Qoidalar bilan to‘liq tanishib chiqqanligini va ularga roziligini;
•    foto- va videosuratlarga tushishga, shuningdek, G‘olibning surati Operatorning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali keyinchalik e’lon qilinishi va tarqatilishiga o‘z roziligini;
•    Kompaniyaning Rasmiy saytida joylashtirilgan “Unitel” MCHJning Shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish siyosatiga muvofiq, Kompaniya uning shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berishiga o‘z roziligini. Shuningdek, Ishtirokchi g‘olib deb topilgan taqdirda, o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini Aksiya Hamkoriga taqdim etilishiga ham rozilik beradi.

5.6.    Aksiyani o‘tkazish bilan bog‘liq barcha nizolar muzokaralar yo‘li bilan hal etilishi lozim. Agar nizo kelib chiqqan kundan boshlab 60 (oltmish) taqvim kuni ichida kelishuvga tinch yo‘l bilan erishish imkoni bo‘lmasa, nizo Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tumanlararo sudida ko‘rib chiqiladi.