Ushbu aksiya “hambi” mobil ilovasi foydalanuvchilarining tavakkalchiligiga asoslanmagan bo‘lib, faqat foydalanuvchilarni rag‘batlantirish, ularning sonini saqlab qolish, yangi foydalanuvchilarni jalb etish, shuningdek, “Unitel” MChJ ning raqobatbardosh obro‘sini shakllantirish uchun mo‘ljallangan.
“Sovrinlar mavsumi” aksiyasini o‘tkazish qoidalari (keyingi o‘rinlarda – “Qoidalar”) “Sovrinlar mavsumi” aksiyasini (keyingi o‘rinlarda – “Aksiya”) o‘tkazish tartibini, sovrinlar o‘yinida ishtirok etish shartlarini (keyingi o‘rinlarda – “O‘yin”), shuningdek sovrinlar, ularni G‘oliblarga topshirish tartibi va shartlarini belgilaydi. Servislardan foydalanish shartlari “hambi” ilovasida e’lon qilingan hamda (yoki) bevosita Hamkorlarning servislarida ularning joriy tahriri bilan tanishish uchun mavjud. Aksiya “Voris Motors Keles” MChJ ko‘magida o‘tkaziladi.
Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
• Abonent raqami – uyali aloqa operatori tomonidan abonentga beriladigan raqam bo‘lib, u orqali telekommunikatsiya tarmog‘iga ulangan abonent uskunasi boshqa qurilmalar bilan ulanganida aniqlanadi;
• Vazifa – bu Aksiya shartlarida nazarda tutilgan va “hambi” ilovasining “Sovrinlar mavsumi” bo‘limida Foydalanuvchi uchun mavjud bo‘lgan, bajarilishi “hambi” ilovasining ma’lumotlar bazasida qayd etiladigan hamda Ishtirokchiga yutuqli o‘yinda ishtirok etish uchun ma’lum miqdorda imkoniyatlar berilishiga olib keladigan harakat yoki harakatlar to‘plami;
• Kompaniya/Operator – “Beeline” savdo belgisi ostida uyali aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi, Aksiya tashkilotchisi hisoblangan “Unitel” MChJ;
• Instagramdagi rasmiy sahifa – Kompaniyaning Instagramdagi rasmiy sahifasi: https://www.instagram.com/hambi_superapp;
• Kompaniyaning rasmiy veb-sayti – Kompaniyaning quyidagi manzildagi rasmiy veb-sayti: www.beeline.uz;
• Hamkor – tegishli shartnoma asosida Operator bilan hamkorlik qiluvchi, mahsulotlari va (yoki) xizmatlari “hambi” ilovasida joylashtirilgan (taqdim etilgan) yuridik shaxs va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkor;
• G‘olib – tasdiqlangan sovrinlardan birini qo‘lga kiritgan Aksiya ishtirokchisi;
• Foydalanuvchi – “hambi” ilovasidan foydalanuvchi jismoniy shaxs. Foydalanuvchi “hambi” ilovasidan foydalanish texnik imkoniyati mavjud bo‘lgan taqdirda, Operator abonenti yoki boshqa uyali aloqa operatorlari abonenti bo‘lishi mumkin;
• “hambi” ilovasi – Foydalanuvchi, Operator va Hamkorlar o‘rtasidagi axborot va texnologik o‘zaro aloqani ta’minlash uchun mo‘ljallangan maxsus kompyuter dasturiy mahsulotlari majmuasidan iborat axborot tizimi;
• Ishtirokchi – ushbu Qoidalarga muvofiq Aksiyada qatnashayotgan foydalanuvchi;
• “Sovrinlar mavsumi” bo‘limi – Servislarni o‘z ichiga olgan “hambi” ilovasining funksional moduli;
• Servislar – Operator va uning Hamkorlari tomonidan “hambi” ilovasida Foydalanuvchilarga taqdim etiladigan turli xil xizmatlar va (yoki) mahsulotlar to‘plami.
Aksiya o‘tkazilish muddati:
Birinchi bosqich – 2025-yil 23-oktyabr soat 00:00 dan (UTC+5) 2025-yil 28-noyabr soat 23:59 gacha (UTC+5).
Birinchi bosqich natijalari 2025-yil 29-noyabrda e’lon qilinadi.
Ikkinchi bosqich – 2025-yil 30-noyabr soat 00:00 dan (UTC+5) 2025-yil 29-dekabr soat 23:59 gacha (UTC+5) gacha.
Ikkinchi bosqich natijalari 2025-yil 30-dekabrda e’lon qilinadi.
Aksiya o‘tkaziladigan hudud: O‘zbekiston Respublikasi.
G‘oliblar aniqlanadigan joy: Instagramdagi rasmiy sahifada jonli efir orqali.
G‘oliblar taqdirlanadigan joy: O‘zbekiston Respublikasi, 100164, Toshkent shahri, Tepamasjid ko‘chasi, 4-uy.
1. AKSIYA ISHTIROKCHILARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
1. Aksiyada barcha foydalanuvchilar ishtirok etishi mumkin.
2. Quyidagilar Aksiyada ishtirok etishga va (yoki) sovrin olishga da’vogar bo‘la olmaydilar:
• Ushbu Qoidalarning 1.1-bandida belgilangan talablarga javob bermaydigan jismoniy shaxslar;
• Aksiya o‘tkazilayotgan davrda Kompaniya bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek, ularning yaqin qarindoshlari;
• Kompaniyaning affillangan shaxslari, shuningdek, Aksiya o‘tkazilayotgan davrda Kompaniyaning affillangan shaxslari bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;
• Kompaniyaning ishonchli vakillari (dilerlari), shuningdek Kompaniyaning ishonchli vakillari bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari.
2. SOVRIN JAMG‘ARMASI
1. Aksiyaning sovrin jamg‘armasi quyidagi sovrinlarni o‘z ichiga oladi:
2. BYD SONG PRO DM-i avtomobili - 1 (bir) dona;
3. BYD Seagull avtomobili - 1 (bir) dona;
4. Apple iPhone 16 Pro smartfoni, 128 GB - 5 (besh) dona;
5. Apple iPhone 17 256GB smartfoni - 3 (uch) dona;
6. Apple AirPods Pro (2-avlod) simsiz quloqchinlari - 5 (besh) dona;
7. Soatli “Yandex Stansiya Mini 3” aqlli kalonka - 5 (besh) dona;
8. PlayStation 5 o‘yin konsoli - 3 (uch) dona.
1. Sovrin O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda G‘olib nomiga rasmiylashtiriladi. Sovrinni taqdim etish munosabati bilan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarni Kompaniya to‘laydi; Sovrinni rasmiylashtirish va (yoki) olish bilan bog‘liq barcha boshqa xarajatlarni G‘olib o‘z zimmasiga oladi.
3. AKSIYADA ISHTIROK ETISH VA UNI O‘TKAZISH SHARTLARI
1. Aksiyada ishtirok etish uchun Foydalanuvchi “hambi” ilovasining “Sovrinlar mavsumi” bo‘limida mavjud bo‘lgan kamida 1 (bitta) Vazifani bajarishi kerak.
2. Har bir bajarilgan Vazifa uchun Ishtirokchiga quyidagi jadvalga muvofiq ma’lum miqdordagi imkoniyatlar beriladi:
Faqat Operatorning oldindan to‘lov tizimidagi abonentlari uchun mavjud bo‘lgan Vazifalar:
Boshqa uyali aloqa operatorlari abonentlari uchun mavjud vazifalar:
1. Har bir Vazifaning bajarilishi “hambi” ilovasining ma’lumotlar bazasida qayd etiladi.
2. Vazifa bajarilgani uchun imkoniyat berilganda, Ishtirokchining Abonent raqami Ishtirokchilar ro‘yxatida takrorlanadi, bu esa g‘alaba qozonish ehtimolini oshiradi.
3. Sovrinlar g‘oliblari Aksiya shartlarini bajargan Ishtirokchilar orasidan oshkora aniqlanadi. G‘oliblarni aniqlash ushbu Qoidalarga muvofiq Instagramdagi rasmiy sahifada jonli efirda random.org servisining tasodifiy raqamlar algoritmi yordamida amalga oshiriladi. G‘olib aniqlangandan so‘ng Kompaniya G‘olib bilan Abonent raqami orqali telefon qo‘ng‘irog‘i bilan bog‘lanadi.
4. Imkoniyatlar faqat ushbu Qoidalarda belgilangan Aksiya o‘tkazish davrida bajarilgan Vazifalar uchun hisoblanadi.
5. Imkoniyatlarni hisoblash uchun asos bo‘lgan operatsiya bekor qilingan, qaytarilgan, bekor qilingan yoki boshqacha tarzda qayta ko‘rib chiqilgan taqdirda, tegishli imkoniyatlar hisobdan chiqarilishi lozim.
6. Imkoniyatlarni hisoblar o‘rtasida o‘tkazish, birlashtirish yoki bo‘lishga yo‘l qo‘yilmaydi.
7. Barcha sovrinlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda quyidagi tartibda navbatma-navbat o‘ynaladi:
Birinchi bosqich:
1. Soatli “Yandex Stansiya Mini 3” aqlli kalonka - 5 (besh) dona
2. Apple AirPods Pro 2 quloqchinlari - 5 dona;
3. iPhone 16 Pro 128GB smartfoni - 5 dona;
4. BYD Seagull avtomobili - 1 dona;
Ikkinchi bosqich:
1. PlayStation 5 o‘yin konsoli - 3 dona
2. iPhone 17 256GB smartfoni - 3 dona;
3. BYD SONG PRO DM-i avtomobili - 1 dona;
1. G‘oliblarni aniqlash natijalari Kompaniyaning rasmiy veb-saytida G‘olibning raqami bilan birga (abonent raqamining dastlabki uchta raqamini ko‘rsatmagan holda) joylashtiriladi.
2. “hambi” ilovasi hamda Ishtirokchilarning elektron ma’lumotlar bazasida sovrin oladigan Ishtirokchini oldindan aniqlash yoki belgilash imkonini beradigan jarayonlar va algoritmlar mavjud emas.
3. G‘olibni aniqlash uchun ishlatiladigan, haqiqiy tasodifiy sonlarni yaratuvchi random.org servisida g‘oliblarni oldindan belgilash imkonini beradigan jarayonlar va algoritmlar yo‘q.
4. Kompaniya ushbu shartlarda ko‘rsatilgan hollardan yoki O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablaridan tashqari, Aksiya ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar olib bormaslik yoki boshqa aloqalar o‘rnatmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi.
5. Kompaniya tegishli ma’lumotlarni o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtirish sharti bilan Qoidalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
6. Kompaniya istalgan vaqtda Aksiyani to‘xtatish huquqiga ega.
7. Aksiya haqidagi ma’lumotlar Kompaniyaning rasmiy veb-saytida mavjud. Kompaniya o‘z tanloviga ko‘ra Facebook yoki Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalarida tegishli ma’lumotlarni joylashtirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
8. O‘yinning Birinchi bosqichi yakunlangandan so‘ng, ishtirokchilar to‘plagan barcha imkoniyatlar bekor qilinadi va Ikkinchi bosqichga o‘tkazilmaydi.
4. SOVRINLARNI OLISH SHARTLARI
1. Aksiya doirasida Yutuqli o‘yin g‘olibi deb topilgan Ishtirokchi sovrinni olish uchun 7 (yetti) kalendar kun ichida Operatorga quyidagi hujjatlar va ma’lumotlarning asl nusxalarini taqdim etishi lozim:
• G‘olibning pasporti yoki ID kartasi;
• O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi bazasida JShShIR raqami mavjud bo‘lmagan hollarda tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limidan (pasport stoli) olingan JShShIRni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma;
• G‘olibning abonent raqami mobil qurilmadagi “hambi” ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat.
1. Agar G‘olib biron-bir sabab tufayli taqdirlash va sovrinni topshirish marosimida shaxsan ishtirok eta olmasa, u taqdirlash marosimida qatnashish va sovrinni olish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish maqsadida boshqa jismoniy shaxsga (ishonchli vakilga) tegishli ishonchnoma rasmiylashtirishi mumkin.
Bunda ishonchli vakil quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart:
• G‘olibning pasporti yoki ID kartasi nusxasi;
• sovrinni olish uchun notarial tasdiqlangan ishonchnoma va sovrinni olish bilan bog‘liq hujjatlarga imzo qo‘yish huquqini beruvchi hujjat;
• Ishonchli vakilning pasporti yoki ID kartasi;
• O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi bazasida JShShIR raqami mavjud bo‘lmagan holatlarda tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limidan (pasport stoli) JShShIR ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
• G‘olibning abonent raqami “hambi” ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat.
1. Sovrinlarni berish tartibi:
1. Kompaniya G‘olib tomonidan ushbu Qoidalarning 4.1 (4.2)-bandida ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 90 (to‘qson) kalendar kuni ichida Sovrinlarni topshirish huquqini o‘zida saqlab qoladi;
2. Kompaniya g‘oliblarga sovrinlarni topshirishda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda soliqlar (shu jumladan, sovrin qiymati summasidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i) va yig‘imlarni mustaqil ravishda to‘laydi;
3. Sovrinni olishda G‘olib barcha zarur hujjatlarni imzolashi shart, unda G‘olibning shaxsiy ma’lumotlari va sovrin haqidagi to‘liq ma’lumotlar, jumladan uning QQS bilan birgalikdagi qiymati ko‘rsatiladi;
4. G‘olibga sovrinni berish G‘olib barcha zarur hujjatlarni imzolagandan so‘ng amalga oshiriladi.
2. G‘olib Toshkent shahrida emas, balki O‘zbekiston Respublikasining boshqa aholi punktida istiqomat qilsa, Kompaniya Sovrinni G‘olibning yashash joyiga eng yaqin bo‘lgan Kompaniyaning rasmiy ofisiga yetkazib berishni ta’minlaydi. Mazkur shart BYD Seagull va BYD Song Pro DM-i Champion avtomobillarga tegishli emas: ushbu sovrinlar faqat G‘oliblarni taqdirlash joyida beriladi.
3. Kompaniya quyidagi hollarda G‘olibga sovrinni berishni rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladi:
• G‘olib yutuq haqida xabar berilgan kundan boshlab 7 (yetti) kalendar kuni ichida Kompaniyaga murojaat qilmagan bo‘lsa;
• G‘olib 4.1-bandda (4.2) ko‘rsatilgan hujjatlarni yutuq e’lon qilingan paytdan boshlab 7 (yetti) kalendar kuni ichida taqdim etmagan bo‘lsa yoki taqdim etilgan hujjatlar ushbu Qoidalar va (yoki) O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq bo‘lmasa;
• G‘olib sovrinni olishda imzo qo‘yishdan va (yoki) boshqa yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirishdan, shu jumladan talab qilinadigan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortsa;
• Yutuq e’lon qilingan paytdan boshlab 7 (yetti) kalendar kuni ichida g‘olibni sovrinni olish to‘g‘risida xabardor qilish imkoniyati bo‘lmasa - g‘olibning raqami bloklangan va (yoki) tarmoq doirasidan tashqarida bo‘lsa yoxud Kompaniyaga bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablarga ko‘ra g‘olib qo‘ng‘iroqqa javob bermasa va (yoki) aloqaga chiqmasa;
• G‘olib tomonidan Aksiyada ishtirok etish shartlari buzilganligi aniqlansa.
5. YAKUNIY QOIDALAR
1. G‘oliblar sovrinlarni olishni talab qilmagan yoki har qanday sababga ko‘ra rad etgan taqdirda, talab qilinmagan sovrin Kompaniya mulki bo‘lib qoladi. Bunda takroriy yutuqli o‘yin keyingi Aksiyalar o‘tkazilganda amalga oshiriladi.
2. Kompaniya G‘olib tomonidan ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan barcha talablar va shartlar bajarilmagan taqdirda, G‘olibga sovrinni berishni rad etish huquqiga ega.
3. Kompaniya quyidagilar uchun javobgar emas:
• Ishtirokchilarning Kompaniya tomonidan Kompaniyaning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan G‘oliblar ro‘yxati bilan tanishish imkoniyati yo‘qligi;
• Ishtirokchilarning o‘z aybi bilan yoki Ishtirokchi va (yoki) Kompaniya ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablarga ko‘ra sovrinlarni olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumot/hujjatlarni olmasligi yoki o‘z vaqtida olmasligi;
• Ishtirokchilar tomonidan ushbu Qoidalarda belgilangan talablarning bajarilmasligi yoki o‘z vaqtida bajarilmasligi;
• Aksiya G‘oliblari tomonidan Sovrinlar talab qilinmaganda yoki ulardan voz kechilganda sovrinlarning olinmasligi;
• Uchinchi shaxslarning aybi va (yoki) engib bo‘lmas kuch holatlari tufayli G‘oliblarga sovrinlarni topshirish bo‘yicha majburiyatlarni bajara olmaslik.
1. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi:
• Ushbu Qoidalar bilan to‘liq tanishganligini va ularga roziligini tasdiqlaydi;
• Suratga olish va videotasvirga tushirishda ishtirok etishga, shuningdek, G‘olibning tasvirini Operatorning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali keyinchalik e’lon qilish va tarqatishga roziligini bildiradi;
• Kompaniyaning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan “Unitel” MChJning Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash va himoya qilish siyosatiga muvofiq Kompaniya tomonidan o‘zining shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berilishiga roziligini tasdiqlaydi.
1. Aksiyani o‘tkazish bilan bog‘liq barcha nizolar muzokaralar yo‘li bilan hal etilishi lozim. Nizo yuzaga kelgan sanadan boshlab 60 (oltmish) kalendar kun ichida tinch yo‘l bilan kelishuvga erishib bo‘lmasa, nizo Toshkent shahar Mirobod tumanlararo fuqarolik ishlari sudida ko‘rib chiqiladi.
2. Sovrin nuqsonlari yoki boshqa ishlab chiqarish nosozliklari aniqlangan taqdirda, G‘olib sovrin topshirilgan va G‘olib topshirish-qabul qilish dalolatnomasini imzolagan kundan boshlab 10 (o‘n) ish kuni ichida Kompaniyaning bosh ofisiga murojaat etishi shart. Kompaniya g‘olib tomonidan sovrin uchun belgilangan foydalanish yoki saqlash qoidalari buzilganligi, uchinchi shaxslarning xatti-harakatlari yoki bartaraf etib bo‘lmaydigan vaziyatlar yuzaga kelganligi sababli sovrin g‘olibga topshirilgandan so‘ng yuzaga kelgan kamchiliklar uchun javobgar hisoblanmaydi.