Bosh sahifa/YETKAZIB BERUVCHILARNING SHAXSIY MA’LUMOTLARINI HIMOYALASH SIYOSATI

15.07.2024 YILDAGI 27/24-SONLI BUYRUQ BILANTASDIQLANGAN


TOSHKENT, 2024 Y.

YETKAZIB BERUVCHILARNING SHAXSIY MA’LUMOTLARINI HIMOYALASH SIYOSATI

Mazkur Shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash siyosati (keyingi o‘rinlarda - "Siyosat") VEON Ltd.ning sho‘ba kompaniyasi "Beelab" AJ (keyingi o‘rinlarda - "Beelab") siz bizga taqdim etgan (yoki ilgari o‘rnatilgan shartnomadan oldingi munosabatlar doirasida taqdim etgan) shaxsiy ma’lumotlarga, shuningdek, faoliyatimizni amalga oshirish jarayonida to‘plagan ma’lumotlarga ishlov berishni amalga oshirilishini bayon qiladi.

Ushbu Siyosatda, biz Beelab yoki "biz"/"bizni"/"bizning" ga havola qilishimizda, biz O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Buxoro ko‘chasi, 1 manzil bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan, STIR: 305 325 864, "Beelab" AJni nazarda tutamiz.
Ushbu Siyosatda biz, shuningdek, VEON kompaniyasiga havola qilishmiz mumkin, va biz buni qilganimizda, biz Claude Debussylaan 88, 1082 MD, Amsterdam, Niderlandiya, manzili bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan VEON Ltd. kompaniyani nazarda tutamiz. Kontakt ma’lumotlarni VEON veb-saytida https://www.veon.com/get-in-touch manzil bo‘yicha topish mumkin.

Biz ushbu Siyosatni istalgan vaqtda qayta ko‘rib chiqishimiz mumkin.

Mazkur Siyosat quyidagilarni tavsiflaydi:

•    Biz to‘playdigan ma’lumotlarni va biz ularni qaerdan olishimiz
•    Biz to‘plangan ma’lumotlardan qanday foydalanishimiz
•    Siz haqingizdagi ma’lumotlarni qo‘llash uchun asoslar
•    Biz uchinchi tomonlar bilan ma’lumotlarni qanday bo‘lishamiz
•    Ma’lumotlaringizni saqlanishi va axborot xavfsizligi
•    Sizning huquqlaringiz
•    Biz bilan aloqa

Biz to‘playdigan ma’lumotlarni va biz ularni qaerdan olishimiz

"Shaxsiy axborotlar" yoki "shaxsiy ma’lumot" - bu sizni yoki uchinchi shaxslarni aniqlash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan yoki biz siz yoki uchinchi shaxslar (keyingi o‘rinlarda - "Ma’lumot subyekti") bilan bog‘lanishimiz mumkin bo‘lgan va bizning ixtiyorimizda yoki nazoratimizda bo‘lgan har qanday ma’lumot.

Biz quyidagi shaxsiy ma’lumotlarni to‘playmiz va ularga ishlov beramiz (shu jumladan, avtomatlashtirilgan ishlov berish vositalari yordamida):

•    Biz to‘liq ismingiz, lavozimingiz, ishchi kontakt ma’lumotlaringiz (masalan, kompaniyaning telefon raqami), ishchi elektron pochta manzilingiz yoki ishchilaringizning ish elektron pochta manzili, ish haqidagi ma’lumotlar (masalan, lavozim) va bizning shartnomaviy munosabatlarimiz bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlar kabi shartnomadan oldingi va xarid munosabatlarimiz kontekstida bizga taqdim etgan shaxsiy ma’lumotlarga ishlov beramiz.
•    Siz yoki sizning ishchilaringiz bizga so‘rovlar bilan murojaat qilganda yoki bizning xabarlarimizga javob berganda, taqdim etilayotgan shaxsiy ma’lumotlar to‘liq ism, lavozim, ishchi kontakt ma’lumotlar, biznes elektron pochta manzili va tarkibi, elektron yozishmalaringiz sanasi va vaqti, hamda ish beruvchingiz yoki biznesingiz haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
•    Agar biz shartnomadan oldingi va xarid munosabatlarimiz kontekstida shaxsiy ma’lumotlarni to‘plasak yoki olsak, biz uchinchi shaxslar va davlat organlari kabi boshqa tashkilotlardan ham ma’lumot olishimiz mumkin. Bunday ma’lumotlar o‘z ichiga ism, kontakt ma’lumotlar, ish haqida ma’lumotlar va bizning shartnomadan oldingi munosabatlarimizga tegishli boshqa ma’lumotlarni kiritishi mumkin.
Xatarlarni tekshirish: Biz muayyan (potensial) biznes hamkorlar uchun xatarlarni tekshirish deb ataladigan tekshiruvni amalga oshirishda siz yoki sizning biznesingiz bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslar (masalan, rahbarlar yoki yakuniy benefitsiar egalari) haqida qo‘shimcha ma’lumotlar (xususan, tug‘ilgan sana) bilan birgalikda yuqorida aytib o‘tilgan shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berishimiz mumkin. Faoliyatimizning o‘ziga xos xususiyatlari tufayli biz buni qonunchilik yoki me’yoriy majburiyatlarga (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish/terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish (keyingi o‘rinlarda - JFDL/TMQ) va Know Your Customer (keyingi o‘rinlarda - "KYC") qoidalariga) muvofiq bajarishimiz shart. Biz ham qonuniy manfaatlarimiz bilan rahbarlik qilamiz. Bizning qonuniy manfaatlarimiz asosida xatarlarni tekshirishni amalga oshirishdan oldin, biz har bir holatda mutanosiblikni baholaymiz, ya’ni qonuniy manfaatlarimiz va (potensial) ta’sirlangan ma’lumotlar subyektlarining huquqlari va erkinliklari o‘rtasida muvozanatni saqlaymiz.

Xatarlarni tekshirishni amalga oshirishda biz faqat shu maqsadda zarur bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarga ishlov beramiz. Biroq, bunday xatarlarni tekshiruvlari, masalan, xalqaro ma’lumotlar bazalari va sanksiyalar ro‘yxati, siz va siz yoki biznes bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa shaxslar haqida biz hali ham sizdan olmagan qo‘shimcha shaxsiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Ushbu shaxsiy ma’lumotlar bizga uchinchi shaxslar tomonidan taqdim etilishi mumkin (quyida qarang).

Biz ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash va shaxsiy axborotlar va shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish mumkin bo‘lgan boshqa yurisdiksiyalarni, xususan, ma’lumotlarni minimallashtirish tamoyillarini himoya qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining tamoyillariga rioya qilish bo‘yicha texnik va tashkiliy chora-tadbirlar orqali tegishli ehtiyot choralarini ko‘rdik.

Biz to‘plangan ma’lumotlardan qanday foydalanishimiz

Biz quyidagi maqsadlar uchun shaxsiy ma’lumotlarni to‘playmiz va shaxsiy ma’lumotlar bilan quyidagilarni amalga oshirishimiz mumkin:

1.    shartnomani bajarish va siz bizga ko‘rsatayotgan /sotayotgan xizmatlar/tovarlarni olish uchun;
2.    bizga yuklatilgan huquqiy va tartiblashtiruvchi majburiyatlarga rioya qilish uchun;
3.    uni qonuniy huquqlarimizni o‘rnatish, amalga oshirish yoki himoya qilish yoki sud jarayoni maqsadlari uchun qo‘llash;
4.    xalqaro ma’lumotlar bazalari va sanksiyalar ro‘yxati kabi xatarlarni tekshirishni o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan biznes tadqiqotlari va tahlillarini o‘tkazish, shu jumladan shartnomaviy munosabatlarimizni tushunish va biznesimizni boshqarish kabi qonuniy manfaatlarimiz uchun qo‘llash;
5.    sizda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday shikoyat yoki so‘rovlarni ko‘rib chiqish uchun foydalanish;
6.    haqiqiy yoki potensial firibgarlik yoki noqonuniy faoliyatning oldini olish va ularga javob berish uchun qo‘llash.

Ma’lumotlarni qo‘llash uchun asoslar

Amaldagi qonunchilikka va biz erishish uchun shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash maqsadiga muvofiq, biz shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish uchun quyidagi huquqiy asoslardan biriga yoki bir nechtasiga tayanamiz, aynan esa:

•    Rozilik - bizga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berishga rozilik talab qilinishi mumkin. Uchinchi shaxslarning shaxsiy ma’lumotlari taqdim etilgan taqdirda, siz uning to‘liq qonunchilik bilan muvofiqlikda olinganligi va bizga berilganligini, shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan qilingan maqsadlarga, harakatlarga muvofiq kelishini, muddatlarga mos kelishini kafolatlaysiz.
•    Shartnomani bajarish - biz siz bilan shartnoma tuzishimiz yoki siz bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha majburiyatlarimizni bajarish uchun shaxsiy ma’lumotlarni to‘plashimiz va ishlatishimiz talab etilishi mumkin.
•    Qonuniy manfaatlar - biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘zimizning qonuniy manfaatlarimiz yo‘lida qo‘llashimiz mumkin, ularning ba’zi misollari yuqorida keltirilgan.
•    Qonunchilikka rioya qilish - biz shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishimiz mumkin, agar bu amaldagi qonunchilikka rioya qilish uchun zarur bo‘ladigan bo‘lsa.
•    To‘plash maqsadlari - biz ushbu Siyosatda ta’riflangan maqsadlar yoki biz sizni boshqacha tarzda xabardor qilgan har qanday boshqa qonuniy maqsadlar uchun shaxsiy ma’lumotlarni qo‘llashimiz mumkin.

Biz uchinchi tomonlar bilan ma’lumotlarni qanday bo‘lishamiz

Biz, shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarni Beelabdan tashqariga uzatishimiz mumkin. Bu quyidagilarni kiritishi mumkin:

•    begona yetkazib beruvchilar yoki ushbu Siyosatda ta’riflangan maqsadlar uchun shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish munosabatida maxfiylikka rioya qilish bo‘yicha majburiyatlarga bog‘liq bo‘lgan Beelab yoki VEON pudratchilari. Ularga AT-xizmatlari va aloqa xizmatlari yetkazib beruvchilari kirishi, ammo ular bilan cheklanmasligi mumkin;
•    JFDL/TMQ va KYC bo‘yicha biz va/yoki VEON o‘zining majburiyatlarini bajarish uchun qo‘llaydigan uchinchi shaxslar. Ushbu yetkazib beruvchilar siyosiy ahamiyatga molik shaxslarning muntazam yangilanib boruvchi ma’lumotlar bazasiga, milliy kuzatib borish ro‘yxatlariga va qora ro‘yxatlarga, sanksiya ro‘yxatlariga va OAVdan obro‘sizlantiruvchi ma’lumotlariga kirishni qo‘llab-quvvatlovchi ilg‘or tekshirish tizimlarini qo‘llaydi; va
•    qonun hujjatlarida yoki sud qarorida talab qilinadigan darajada. Bundan tashqari, biz bunday huquqiy majburiyatlarga rioya qilish uchun shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilishimiz shart.
Natijada, shaxsiy ma’lumotlar yuqorida tavsiflangan maqsadlar uchun O‘zbekistondan tashqariga uzatilishi mumkin. Shaxsiy ma’lumotlarni kelib chiqish mamlakatidan tashqariga uzatishda biz ushbu ma’lumotlarga nisbatan qo‘llaniladigan qonunchilik talablariga muvofiq uni himoya qilish va uzatishni ta’minlaymiz. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasi hududida jismoniy joylashtirilgan va belgilangan tartibda shaxsiy ma’lumotlar bazalarining Davlat reestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan texnik vositalardagi shaxsiy ma’lumotlar bazalarida saqlanadi.

Ma’lumotlaringizni saqlanishi va axborot xavfsizligi

Shaxsiy ma’lumotlaringizning saqlash muddati har xil bo‘lishi mumkin, har bir ma’lumot turining saqlash muddati quyidagilarga bog‘liq:

•    biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanadigan maqsadlar - biz ma’lumotni muvofiq maqsad uchun qancha kerak bo‘lsa, shuncha saqlashimiz kerak; va
•    huquqiy majburiyatlar - qonunlar yoki me’yoriy hujjatlar biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni qaysi muddat davomida saqlashimiz kerak bo‘lgan minimal muddatni belgilashi mumkin.
Biz o‘zimizda saqlanuvchi shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan tegishli xavfsizlik choralariga rioya qilinishini ta’minlaymiz. Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan muvofiqlikda saqlaymiz.

Sizning huquqlaringiz

Ma’lumotlar subyektida biz u haqida saqlaydigan shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan bir qator huquqlar bor va bunday ma’lumotlar subyekti quyidagi ma’lumotlar orqali biz bilan bog‘lanish orqali o‘z huquqlaridan foydalanishi mumkin. Biz so‘rovlarga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan muddatlar davomida va tartibda javob beramiz.

Ushbu huquqlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

•    shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish haqidagi ma’lumotlarni olishga huquq va biz saqlaydigan shaxsiy ma’lumotlarga kirish huquqi (e’tibor bering, biz shaxsiy ma’lumotlarning nusxalariga kirish so‘rovlarini rad etish huquqiga ega bo‘lgan holatlar bo‘lishi mumkin. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bunday kirish uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzishi mumkin bo‘lganida bizdan shaxsiy ma’lumotlarga kirish huquqini cheklashni talab qiladi);
•    shaxsiy ma’lumotga tuzatish kiritish yoki uni to‘ldirish uchun so‘rov olish huquqi, agar u noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmasa;
•    muayyan sharoitlarda shaxsiy ma’lumotlarni o‘chirishni so‘rash huquqi. Siz bizdan shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘chirib yuborishni so‘ragan holatlar yuzaga kelishi, ammo biz qonun bo‘yicha uni saqlab qolishimiz mumkin bo‘lgan holatlar mavjud bo‘lishiga e’tibor qarating;
•    muayyan sharoitlarda shaxsiy ma’lumotlarni blokirovka qilishga e’tiroz bildirish va talab qilish huquqi. Shunga qaramay, sizning shaxsiy ma’lumotlaringizga ishlov berishga e’tiroz bildiradigan yoki cheklashni talab qiladigan holatlar bo‘lishi mumkin, ammo qonun bo‘yicha biz ushbu so‘rovni rad etishga haqlimiz;
•    ba’zi hollarda, ba’zi bir shaxsiy ma’lumotlarni tuzilmaviy, umumiy qabul qilingan va mashinada o‘qiladigan formatda olish va/yoki texnik jihatdan mumkin bo‘lsa, ushbu ma’lumotni uchinchi tomonga uzatishimizni so‘rash. Bu huquq faqat siz bizga taqdim etgan shaxsiy ma’lumotlarga tegishli ekanligiga e’tibor bering;
•    o‘z roziligingizni chaqirib olish, garchi ba’zi holatlarda biz sizning roziligingizsiz qayta ishlashni davom ettirishimiz mumkin, agar buning uchun boshqa qonuniy sababimiz bo‘lsa (rozilikdan tashqari); va
•    tegishli ma’lumotlarni himoya qilish organiga shikoyat yuborish, agar biz sizning huquqlaringizni buzgan deb hisoblasangiz.

Biz bilan aloqa

Agar siz shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘plash, ulardan foydalanish, ularni oshkor qilish, uzatish yoki ularga ishlov berish yoki yuqorida sanab o‘tilgan huquqlardan birini amalga oshirish to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot olishni istasangiz, iltimos, bizga ushbu manzil bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Buxoro ko‘chasi, 1.