Beeline Uzbekistan ilovasi – Siz uchun

Beeline Uzbekistan – bu telefon orqali xizmatlarni qo’llab-quvvatlash markazi yoki xizmat ko’rsatish ofislariga murojaat qilmagan holda mustaqil ravishda boshqarishga yordam beradigan mobil ilova.
Ilova yordamida siz tarif o’zgartirishingiz, xarajatlarni boshqarishingiz, hisobni tekshirishingiz va xizmatlarga ulanishingiz mumkin, shuningdek, kompaniyaning so’nggi yangiliklar va aksiyalari to’g’risida xabardor bo’lasiz.

Beeline Uzbekistan ilovasini o’rnatish uchun telefoningizdan *1# kodini tering yoki yuklab olish uchun havolaga o’ting

Qanday qilib balans, trafik qoldig’i va joriy tarifni tekshirish mumkin?

Balans, trafik qoldig’i va tarif rejangiz haqida ma’lumotni «Bosh sahifa» dan ko’rishingiz mumkin. «Boshqaruv» bo’limining ichida esa tarifingiz haqida to’liq ma’lumot, tarif o’zgartirish yoki Perezagruzka xizmatidan foydalanishingiz, hamda asosiy xizmatlar ro’yxatini ko’rishingiz mumkin.

Qanday qilib ilovadan xarajatlar detalizatsiyasini ko’rishim mumkin?

Buning uchun Xarajatlarim bo’limiga o’ting va kerakli davrni tanlang. Sizga – qo’ng’iroqlar, Internet, SMS, obunalar ro’yxati ko’rsatiladi. Istalgan toifani ustiga bossangiz batafsil ma’lumotni ko’ra olasiz:

Tarif va xizmatlarni oson qidirish

Ilova bosh sahifasidan Tariflar, so’ng Xizmatlar bo’limini tanlang. Siz istagan xizmatni Qidiruvga nomini kiritishingiz yoki Filtr orqali toifalar turlarini tanlashingiz mumkin.

Qanday qilib Multiakkaunt qo’shish mumkin?

Multiakkaunt – ilovaga qo’shimcha raqamlar kiritish va yaqinlaringizning raqamlarini oson boshqarish imkoniyatini beradi.
Ilovaga Multiakkaunt kiritish uchun, Sozlamalar bo’limiga o’tib +Raqam qo’shish ni bosing. Raqam kiritilgandan so’ng, Multiakkauntni boshqarish uchun SMS-xabarnoma orqali sizga kod keladi.