Beeline

hambi – bu telefon orqali xizmatlarni mustaqil ravishda boshqarishga yordam beradigan mobil ilova.
Endi osonlik bilan hisobni bilish, xizmatni ulash yoki tarifni o’zgartirish mumkin.
hambi ilovasini o’rnatish uchun telefondan *1# ni tering yoki quyidagi elektron manzilga o’ting:

hambi yordamida Siz istalgan vaqtda:
– hisobni va joriy tarifni bilish;
– qo’ng’iroqlar, SMS va internet detalizatsiya ma’lumotini olish;
– qo’shimcha xizmatlarni ulash va o’chirish;
– Qo’shimcha raqamlarni bog’lash, xizmatlarni ulash/o’chirish va detalizatsiya ma’lumotini olish;
– yaqinlaringiz va do’stlaringizga o’z hisobingizdan internet-paketlarni xarid qilish imkoniyati;
– Kompaniyadan maxsus tariflar taklifini olish;
– «BeeGUDOK» xizmati bilan gudok o’rniga turli musiqalarni tinglash va o’rnatish;
- sevimli telekanallarni tomosha qilish;
- ilovadan chiqmagan holda o‘yinlarda ishtirok etish;
- p2p o‘tkazmalarini amalga oshirish;
- mavsumiy o‘yinlar ishtirokchisiga aylanish;
- Beeline Club a’zosi bo‘lish va hamkorlar tomonidan taqdim etilgan chegirmalaridan foydalanish.

«Qanday qilib balans, trafik qoldig’i va joriy tarifni tekshirish mumkin?», «Qanday qilib ilovadan xarajatlar detalizatsiyasini ko’rishim mumkin?», «Tarif va xizmatlarni qidirish», «Qanday qilib Multiakkaunt qo’shish mumkin?» haqida batafsil ma’lumot olish uchun havolaga o’ting.

“hambi” ilovasini o’rnatish va undan foydalanish Shartlari