Ushbu Shartlar, “Unitel” MChJning, keyinchalik “Operator” deb nomlanadi, Nizom asosida amal qiluvchi Bosh Direktori Malinovsi A. nomidan jismoniy shaxslarga (fuqarolarga) «Beeline O’zbekiston» ilovasi deb nomlangan qo’shimcha xizmatidan foydalanish uchun yo’llangan rasmiy taklifidir. Ushbu «Beeline O’zbekiston» ilovasini o’rnatish va undan foydalanish Shartlari O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367-moddasiga muvofiq Ommaviy Oferta deb hisoblanadi va Abonent tomonidan to’liq va istisnosiz qabul qilinadi.
Ofertaning aksepti (qabul qilinishi) Foydalanuvchi tomonidan ushbu Ofertaning shartlarini tushunishi va ularga rozi bo’lishini anglatadi. Operator bilan xizmat ko’rsatish Shartnomasiga ega bo’lgan Abonentlar uchun, ushbu Shartlar Shartnomaning ajralmas qismi bo’lib qoladi.
Operator uchun Foydalanuvchining aksepti quyidagi holatlarga roziligini anglatadi: ushbu Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini yig’ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish, Foydalanuvchiga uning telefon raqami orqali Operatorning o’ziga yoki boshqa uchinchi shaxslarga tegishli reklama va axborot ma’lumotlarini uzatish, hamda ushbu ma’lumotlarni xizmat ko’rsatish jarayonida kerak bo’ladigan boshqa uchinchi shaxslarga taqdim etish
Foydalaniladigan terminlar va tushunchalar
1. Terminlar va tushunchalar
1.1. Operator – Unitel MChJ (Beeline savdo belgisi) berilgan Litsenziyalar asosida telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etuvchi.
1.2. Foydalanuvchi – voyaga yetgan jismoniy shaxs (fuqaro), shu jumladan ushbu Ofertaga qo’shilgan Operator Abonenti ham.
1.3. Abonent (Beeline Abonenti) – mobil aloqa xizmatlarini taqdim etish Shartnomasini imzolagan va bittadan kam bo’lmagan abonent raqamiga ega bo’lgan jismoniy shaxs. Abonent unga Operator tomonidan taqdim etilgan abonent raqami orqali identifikatsiya qilinadi.
1.4. «Beeline O’zbekiston» ilovasi – Abonent jihoziga o’rnatiladigan mobil ilova. Ushbu Ilova Abonentga Operator xizmatlarini boshqarish va ushbu Shartlarda belgilangan boshqa xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratadi.
1.5. Oferta Aksepti – Ushbu Ofertada belgilangan harakatlarni amalga oshirish orqali Foydalanuvchi tomonidan Ommaviy Ofertaning to’liq va istisnosiz qabul qilinishi. Ushbu aksept natijasida Unitel MChJ va Foydalanuvchi o’rtasida Kelishuv yuzaga keladi.
1.6. «Beeline O’zbekiston» ilovasining Web sayti – Abonentga Operator xizmatlarini boshqarish va ushbu Shartlarda belgilangan boshqa xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratadi.
1.7. Operator web sayti – http://www.beeline.uz.
1.8. Shaxsiy (elektron) hisob – Operatorning avtomatlashtirilgan hisob tizimidagi elektron fayl. Ushbu shaxsiy hisob Abonentning ko’rsatilgan miqdordagi summaga (keyinchalik – Shartli summa) teng bo’lgan hajmdagi xizmatlardan foydalanish huquqiga egaligini belgilaydigan pul ko’rinishidagi axborot. Shu bilan birga u Abonent tomonidan foydalanilgan xizmatlar xaqqini to’lash maqsadida hisobga o’tkazilgan pul tushumlari va xarajatlari haqidagi axborotni ham o’z ichiga oladi.
1.9. Uzcard Online bank (plastik) kartasi – O’zbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi bank tomonidan muomalaga chiqarilgan onlayn holatda ishlovchi to’lov kartasi. “Beepul” to’lov tizimida ro’yxatdan o’tkazilgan bo’lishi kerak.
1.10. Shaxsga doir ma’lumotlar — muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot. Abonentlar to’g’risidagi ma’lumotlarga quyidagilar kiradi: jismoniy shaxsning – Abonentni familiyasi, ismi, otasining ismi; Abonentning manzili yoki abonent uskunasining o’rnatilgan manzili, taxallusi, abonentlik raqamlari hamda Abonent va uning uskunasini aniq tasniflash imkonini beruvchi boshqa ma’lumotlar. Shaxsga doir ma’lumotlarni yig’ishdan maqsad, mijozga abonent shartnomasida ko’rsatilgan xizmatlarni ko’rsatish uchun yakuniy mahsulotdan foydalanayotgan Abonentni identifikatsiya qilish imkoniga ega bo’lish, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining qonunchiligiga binoan, qonuniy va asosli so’rovlarga asoslangan holatlarda uchinchi shaxslarga, shu jumladan ijro organlariga taqdim etish. Operator operasion maqsadlarda, Abonentlarga samarali xizmat ko’rsatish va shunga mos keluvchi tijorat maqsadlarda shaxsga doir ma’lumotlarni to’playdi, qayta ishlaydi va ulardan foydalanadi.
2. Umumiy holatlar
2.1. Operator bilan Abonentlik shartnomasiga ega bo’lgan va o’zining abonentlik qurilmasiga ilovani o’rnatgan Abonentlar uchun Operator ushbu «Beeline O’zbekiston» ilovasini o’rnatish va undan foydalanish Shartlarini” (keyinchalik – Shartlar) qabul qilishni taklif etadi.
2.2. «Beeline O’zbekiston» ilovasi bilan foydalanishdan avval Foydalanuvchi «Beeline O’zbekiston» ilovasidan foydalanish Shartlari bilan tanishib chiqib ularni qabul qilishi kerak.
2.3. «Beeline O’zbekiston» ilovasini o’rnatish va undan foydalanish Shartlarini aksept qilish natijasida Foydalanuvchi ushbu Shartlarni qabul qilgan va ularni to’liq hajmda bajaradi deb hisoblanadi.
2.4. Operator xodimlariga o’z xizmat vazifalarini bajarish oqibatida ma’lum bo’lib qolgan Abonentlar to’g’risidagi ma’lumotlar maxfiy hisoblanadi va O’zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq himoyalanadi. Maxfiy ma’lumotlar, Abonent Operator xizmatlaridan foydalanganida, shuningdek Operator web-saytiga kirganida qo’llaniladi. Maxfiy ma’lumotlar, Abonent Operator tarmog’i va xizmatlari orqali boshqa kompaniyalar web-saytlari va xizmatlaridan foydalangan taqdirda ham, ularga nisbatan qo’llanilmaydi.
2.5. Telekommunikatsiya tizimlari bo’yicha uzatiladigan xabarlar hamda xabarlarning o’zi to’g’risidagi axborot faqat ularni jo’natuvchilarga (Operator Abonentlariga) yoki ularning qonuniy vakillariga berilishi mumkin. Telefon orqali suhbatlarni eshitish, telekommunikatsiya tarmoqlari orqali tarqaluvchi xabarlarni o’qish, ular bilan tanishish va suhbat sirining boshqa cheklovlariga faqatgina qonunda belgilangan holatlarda va qonunda belgilangan tartibda yo’l qo’yiladi. Operator shartnomani bajarish natijasida unga ma’lum bo’lgan abonent haqidagi ma’lumotlarni abonent roziligisiz tarqatish yoki uchinchi shaxslarga o’tkazish huquqiga ega emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
3. Foydalanish shartlari. To’lov
3.1. «Beeline O’zbekiston» ilovasi quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
3.1.1. Operator aloqa xizmatlarini o’chirish/yoqish va ulardan foydalanish. Boshqarish mumkin bo’lgan xizmatlarning to’liq ro’yxati bilan Operator saytida tanishib chiqish mumkin.
3.1.2. Ilova orqali yoqtirilgan Operator xizmatlariga to’lov xaqqini Abonent o’ziga tegishli bo’lgan shaxsiy elektron hisob orqali amalga oshiradi.
3.2. Ushbu Shartlarning 3.1.1. bandida aytilgan Operator xizmatlaridan foydalanish shartlari va tartibi, narxi va tariflanishi Operatorning web saytida belgilab o’tiladi. Ushbu xizmatlarni foydalanishga buyurtma qilish chog’ida Abonent ulardan foydalanish, ularning narxi va tariflanish tartibi bilan tanishib chiqqan deb hisoblanadi.
3.3. Ilovani o’rnatgandan so’ng u orqali amalga oshirilgan barcha murojaatlar va harakatlar uchun to’liq majburiyatni Abonent o’z zimmasiga oladi.
3.4. Ilovadan foydalanish uchun ishlatilgan trafik Operatorning oldindan to’lov tizimidagi Abonentlari uchun tariflanmaydi.
3.5. «Beeline O’zbekiston» ilovasini o’chirish uchun ko’zda tutilgan usullar yordamida Foydalanuvchi ushbu ilova xizmatlaridan voz kechish huquqiga ega.
3.6. Operator Abonentni avvaldan ogohlantirmay quyidagi harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega: «Beeline O’zbekiston» ilovasi orqali taqdim etiladigan servislar ro’yxatini, ilovaning tuzilish tartibi va tashqi ko’rinishini belgilash, hamda yangi mahsulotlar va xizmatlarni joriy qilish jarayonida ilovaga o’zgartirish kiritish, yangi servislardan foydalanish imkoniyatlarini ochish.
3.7. Uzcard Online plastik kartalari Foydalanuvchilari uchun Operator web interfeys yoki mobil ilova shaklida himoyalangan axborot tizimini taqdim etadi. Ushbu tizim yordamida bank kartasi egasi o’z hisobini boshqarishi mumkin, xizmat va tovarlar uchun to’lovlarni Shaxsiy kabinetda ro’yxatdan o’tkazgan onlayn holatda ishlovchi karta/kartalar orqali amalga oshirishi mumkin.
3.8. Operator uchinchi shaxslar bilan kelishuv va shartnomalarga asosan taqdim etadigan xizmatlari «Beeline O’zbekiston» ilovasi orqali ham taqdim etilishi mumkin. Foydalanuvchi uchun ushbu xizmatlar bepul bo’lmasligi mumkin. Shunga o’xshash servislarning aktivatsiyasi Foydalanuvchi tomonidan ixtiyoriy va mustaqil ravishda amalga oshiriladi. Xizmatni ishga tushirishdan avval Foydalanuvchi xizmat haqidagi ma’lumotlar bilan, uning taqdim etilish shartlari, narxlanishi va boshqa ma’lumot bilan tanishib chiqishi kerak.
3.9. Ushbu Oferta shartlari asosida «Beeline O’zbekiston» ilovasidan foydalanganda, Abonent Operatorga o’zining shaxsiy ma’lumotlarini, hamda xizmat ko’rsatish jarayonida Operatorga ma’lum bo’lgan boshqa axborotlarni qayta ishlashiga, shuningdek, O’z.R. amaldagi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va maqsadli hollarda, ularni uchinchi shaxslarga, shu jumladan huquqni muhofaza qilish funktsiyalarini bajaradigan shaxslarga berilishi yuzasidan rozilik beradi. Agar Abonent shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashga roziligini bekor qilishga qaror qilsa, Operator amaldagi Ofertaga asosan xizmat ko’rsatishni cheklaydi. Abonent shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashga roziligini bekor qilsa, shuningdek maqsadlarga erishilganidan so’ng, Operator taqdim etilgan shaxsga doir ma’lumotlarni yo’q qilishi mumkin.
3.10. Operator Abonent tomonidan «Beeline O’zbekiston» ilovasidan foydalanishni boshlangan vaqtdan boshlab va shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadiga yetgunga qadar abonent ma’lumotlarini dasturiy-apparat vositalaridan foydalangan holda Abonentning ma’lumotlarini qayta ishlaydi. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash deganda, shaxsiy ma’lumotlarni to’plash, tizimlashtirish, saqlash, o’zgartirish, to’ldirish, foydalanish, ta’minlash, tarqatish, uzatish, egasiz qoldirish va yo’q qilish faoliyatlarining birini yoki bir qator harakatlarni amalga oshirish deb tushuniladi.
4. Tomonlarning majburiyatlari
4.1. Operator majburiyatlari:
– «Beeline O’zbekiston» Ilovasining to’xtovsiz ishlashini ta’minlash;
– Foydalanuvchiga tegishli bo’lgan shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash.
4.2. Foydalanuvchi majburiyatlari:
– ushbu Oferta shartlariga rioya qilish;
– o’z abonentlik jihozida «Beeline O’zbekiston» ilovasidan foydalanish vaqtida kerakli darajada axborot xavfsizligini mustaqil ta’minlash;
– «Beeline O’zbekiston» ilovasidan qonunga zid maqsadlarda foydalanmaslik.
5. Cheklovlar va mas’uliyat
5.1. Ushbu Shartlarni qabul qilib Foydalanuvchi ushbu xizmatlarni qonunga zid bo’lgan quyidagi maqsadlar uchun ishlatmasligini tasdiqlaydi: jamiyatda o’rnatilgan axloqiy me’yorlarni, umumbashariy qadriyatlarni buzish, urush, zo’ravonlik, pornografiya, shafqatsizlik va terrorizm, ijtimoiy, irqiy, diniy va millatlararo nizoni targ’ib qilish, fuqarolarning nafsoniyati, g’ururi yoki biznes obro’siga putur yetkazadigan harakatlar, jinoiy va boshqa javobgarlikga olib keladigan boshqa harakatlar.
5.2. Foydalanuvchi quyidagilarni amalga oshirish majburiyatini oladi: o’zining abonentlik jihozini zarar keltirishga mo’ljallangan dasturiy ta’minotlardan himoya choralarini ko’rishi, hamda ushbu abonentlik jihozi orqali spam va zarar keltirishga mo’ljallangan dasturlarni tarqalishini oldini olish, Operator va tarmoqning boshqa foydalanuvchilarining haq-huquqlarini buzmaslik.
5.3. Foydalanuvchi ushbu ilovani uning abonentlik jihozi orqali uchinchi shaxslar tomonidan nomaqbul maqsadlarda foydalanmasliklari uchun kerakli sozlamalar yordamida himoya choralarini ko’rish majburiyatini oladi. Ushbu holat ro’y bergan vaziyatda tezkor choralarni amalga oshirishga majbur.
5.4. Foydalanuvchining abonentlik raqami orqali ilovadan uchinchi shaxslar foydalangan vaziyatda ushbu harakatlar uchun javobgarlik Foydalanuvchining zimmasida bo’ladi.
5.5. Ushbu Ilovadan uchinchi shaxslar Foydalanuvchining ruxsatisiz foydalangan holatlarda Operator javobgarlikni va vujudga kelgan zararni qoplashni o’z zimmasiga olmaydi.
5.6. Quyidagi vaziyatlarda Abonentga to’g’ridan to’g’ri yoki qisman vujudga kelishi mumkin bo’lgan zararni javobgarligini Operator hech qanday sharoitda zimmasiga olmaydi: Ilovadan foydalanish yoki foydalana olmaslik jarayonlarida, hamda Operator aybi bilan bo’lmagan ilovaning ishidagi xatoliklarda, to’xtalishlarda, funktsiyalarining o’zgarishida, defektlarda.
5.7. Ilovaning barcha funktsiyalari to’liqligicha Abonentga taqdim etiladi agar Abonent internet tarmog’iga o’zining Abonentlik shartnomasi va tanlagan Abonentlik tarifiga asosan ulangan bo’lsa.
5.8. Tomonlar ushbu Shartnomaning shartlarini bajarmasligi yoki belgilangan tartibda bajarmayotganligi holatlari bo’yicha javobgarlikni O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan qonunchilikga asosan amalga oshirishadi.
5.9. Foydalanuvchi ushbu Ofertada unga yuklatilgan barcha majburiyatlarni bajarmasligi yoki belgilangan tartibda bajarmayotganligi oqibatida yuzaga kelayotgan zarari va boshqa salbiy vaziyatlar uchun o’zi javobgarlik qiladi.
5.10. Foydalanuvchining jihozi himoyalanmagan aloqadan foydalanayotgan maxal yoki zarar keltirish uchun mo’ljallangan dasturiy ta’minotlar va ilovalarning ta’siri ostida bo’lgan xollarda o’zi kiritgan shaxsiy ma’lumotlarining maxfiyligini ta’minlash uchun o’zi mas’ul bo’ladi.
5.11. Operator quyidagi vaziyat uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydi: Operator ushbu shartnomadagi majburiyatlarini belgilangan tartibda bajarmayotganligi sababi Foydalanuvchining ushbu Shartlarning umuman bajarmayotganligi bo’lsa.
5.12. Foydalanuvchi ushbu Oferta shartlari bilan, hamda Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi bilan hamkorlikda bo’lgan uchinchi shaxslarga tegishli va ushbu ilova orqali faollashtirilgan boshqa pullik servislarning ofertalari bilan tanishib chiqmaganligi va (yoki) o’z vaqtida tanishib chiqmaganligi sababli ko’rgan zararini qoplash majburiyatini o’z zimmasiga olmaydi.
5.13. Quyidagi vaziyatda Operatorda javobgarlik mas’uliyati bo’lmaydi: agar Operator tomonidan ushbu Shartnomaning belgilangan tartibda bajarmayotganligi sababi Operatorning ta’sir doirasidan tashqari hollarda bo’lsa. Operator ta’sir doirasi faqatgina servisning ishlay olish qobiliyati bilan cheklangan. U uchinchi shaxslar aybi bilan sodir bo’lgan xatoliklar, hamda davlat yoki sud organlari qaroriga asosan qo’yilgan taqiqlar va cheklovlarni o’z ichiga olmaydi.
5.14 Tomonlar Shartnomada yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaslik yoki belgilangan tartibda bajarmayotganligi uchun javobgarlikdan xalos etiladilar agar ushbu holat sababi Shartnoma tuzilgandan so’ng yuzaga kelgan yengib bo’lmaydigan vaziyatlarning natijasi bo’lsa. Ushbu favqulodda vaziyatlarni biron taraf avvaldan ko’ra bila olmagan va oldini olish imkoniyati bo’lmagan (fors major).
6. Boshqa shartlar
6.1. Foydalanuvchi tomonidan Ilovadan foydalanishni boshlash uchun ushbu Shartlarda aytib o’tilgan harakatlarni amalga oshirilishi ushbu Shartlar va ularda aytib o’tilgan cheklovlarni to’liq va istisnosiz qabul qilishi deb hisoblanadi.
6.2. Operator ushbu Shartlarga istalgan payt bir tomonlama o’zgartirish va/yoki qo’shimchalar kiritish huquqiga ega. O’zgarishlar va ularni kuchga kirishi haqidagi ma’lumotni Operator o’z saytida, o’z ofislarida, «Beeline O’zbekiston» ilovasining interfeysidagi axborot xabarlarda, sms-xabarlar orqali Foydalanuvchiga yetkazadi.
6.3. Foydalanuvchi o’zi doimiy ravishda ushbu o’zgarishlar haqidagi ma’lumotlarni kuzatib turadi va ular bilan o’z vaqtida tanishmaganlik oqibatlarini o’z mas’uliyatiga oladi. Ushbu o’zgarishlar va/yoki qo’shimchalar kiritilgandan so’ng Foydalanuvchi Ilova bilan foydalanishni davom ettirishi ularni qabul qilishi deb hisoblanadi. Foydalanuvchiga kiritilgan o’zgarishlar va/yoki qo’shimchalar to’g’ri kelmagan taqdirda u «Beeline O’zbekiston» ilovadan foydalanishni darhol to’xtatish huquqiga ega.
6.4. Operator Resurs (Xizmat) ning istalgan qismida reklama va/yoki boshqa ma’lumotlarni joylashtirish, axborotni reklama ma’lumotlari bilan namoyish qilishni to’xtatish huquqiga ega.
6.5 Ushbu Qoidalar qamrab olmagan qolgan barcha vaziyatlarda Abonent va Operator Abonentlik shartnomasiga tayanib ish ko’radilar.
6.6. Ushbu Ofertaning aksepti bilan Foydalanuvchi uning shartlarini to’liq va istisnosiz qabul qilishini va ularga rioya qilishini tasdiqlaydi.