Hurmatli mijozlar!
Bildirishnomalar2 Oktyabr
1 min.

Kompaniya taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda va muntazam ravishda tizimni optimallashtirish, modernizatsiya qilish va yangilash ishlarini olib bormoqda.
Shuni ma’lum qilamizki, 2026-yil 3-oktabr kuni soat 00:00 dan 06:00 gacha aloqa sifati yomonlashishi kutilmoqda. Ushbu vaqt oralig‘ida Farg‘ona viloyatining quyidagi tumanlarida ovozli xizmatlar va internet/ma’lumot uzatish xizmatlarida uzilishlar kuzatilishi mumkin:
- Quva va Toshloq tumanlarida;
- O‘zbekiston, Uchko‘prik, Dang‘ara va Buvayda tumanlarida.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.