
Hurmatli mijozlar!
Kompaniya taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda va muntazam ravishda tizimni optimallashtirish va yangilash ishlarini olib bormoqda.
Shuni ma'lum qilamizki, 2025-yil 3-aprel kuni soat 00:30 dan 06:30 gacha barcha hududlar mijozlari uchun quyidagi turdagi operatsiyalar bo'yicha qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin:
- Xizmatlarni yoqish/o'chirish, tarif rejani almashtirish;
- Abonentlarni ulash/o'chirish;
- Balansni to'ldirish;
- Off-line rouming uchun hisobdan yechilishi;
- Oxirgi 3 kunlik tafsilotlarni (detalizatsiya) ko'rish;
- hambi va Beepul ilovalariga ta'siri;
- Maqsadli marketing dasturi bo'yicha bonuslarni taqdim etish;
- Shaxsiy kabinetni ishlatish, xizmatlarni yoqish/o'chirish, tarif rejani almashtirish, SMS/USSD/WEB orqali ishonchli to'lov olish, tafsilotlarni olish, barcha balanslar haqidagi ma’lumot hamda so'nggi uch kunlik qo’ng’iroqlar tafsiloti bo'yicha ma'lumotlarni olish imkoni mavjud bo'lmaydi.
- Qoldiqlar to'g'risida USSD ma'lumotlarni ko'rish imkoniyati bo'lmaydi;
- Balanslarning holati haqida ma'lumotni taqdim etish mavjud bo'lmaydi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.