Maʼlumotlarni tahlil qilişdan reklama körsatişgaça — bir zumda: VEON AdTech MWC26 Doha körgazmasida öz platformasini taqdim etdi
Xabarlar
Özbekistonlik kompaniya AdTech platformasini xalqaro telekommunikatsiya hamjamiyatiga taqdim etdi va Yaqin Şarq hamda Şimoliy Afrika bozorlariga ilk qadamini taşladi
Reklama tizimi bir zumda maʼlumotlarni tahlil qiladi, auditoriyani aniqlaydi va insonga mos reklamani körsatadi. Aynan şu jarayonni VEON Group tarkibiga kiruvçi VEON AdTech yilning eng muhim telekommunikatsiya körgazmalaridan biri — MWC26 Doha doirasida namoyiş etdi. Kompaniya uçun bu — MENA mintaqasi bilan tanişuvning boşlanişi.

Közga körinmaydigan narsani qanday körsatiş mumkin
Reklama texnologiyalarini körgazma stendida namoyiş etiş qiyin: deyarli barça iş platforma içida keçadi va buni foydalanuvçi ham, reklama beruvçi ham körmaydi. Şu sababli VEON AdTech Dohaga brend videosini olib keldi. Unda reklamaning butun yöli bir zumda ötadi: katta maʼlumotlarni yiğiş va tahlil qiliş, auditoriyani segmentlaş, mos reklama yeçimini tanlaş, kampaniyani işga tuşiriş va reklamani aniq bir insonga körsatiş.

Özbekistondan yangi bozorlarga
VEON AdTech platformasi maʼlumotlar, texnologiya va reklamani birlaştiradi hamda maşinali öqitiş yordamida brendlarga öz auditoriyasini topişda yordam beradi. VEON kompaniyasining 2026-yil birinçi çorak maʼlumotlariga köra, platforma 100 milliondan ortiq ekranni qamrab oladi.
Kompaniya faoliyati allaqaçon Özbekiston çegarasidan taşqariga çiqqan: VEON AdTech mijozlari orasida xalqaro reklama platformasi AdHand, Coca-Cola va ZTE bor.

Keyingi qadam — Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika (MENA) mintaqasini örganiş. Kompaniya bu jarayonni Dohadan boşladi.
«Aksariyat iştirokçilar uskunalar va tarmoqlarni namoyiş etadigan körgazmada biz odatda közga körinmay qoladigan narsani — reklama bir zumda öz auditoriyasini qanday topişini körsatmoqçi edik. MENA mintaqasi biz uçun xalqaro rivojlanişimizning tabiiy davomidir», — deya qayd etdi VEON AdTech operatsion direktori Sergey Bueviç.
VEON AdTech Yaqin Şarq va Şimoliy Afrika bozori bilan ilk bor MWC26 Doha körgazmasida tanişdi. Kelgusida kompaniya mintaqadagi telekommunikatsiya operatorlari, texnologik kompaniyalar va reklama beruvçilar bilan hamkorlikni rivojlantirişni rejalaştirmoqda.




Körgazma haqida
MWC26 Doha, GSMA (mobil aloqa operatorlarining global assotsiatsiyasi) körgazmasi, 2026-yil 8–10-noyabr kunlari bölib ötdi. Taşkilotçilar maʼlumotlariga köra, unga 100 ta davlat va hududdan 10 mingdan ortiq iştirokçi taşrif buyurdi. Körgazma ilk bor Xalqaro elektraloqa ittifoqining (ITU) Vakolatli konferensiyasi (PP-26) bilan bir vaqtda ötkazildi.
Kompaniya haqida
VEON AdTech Digital — VEON kompaniyalar guruhining bir qismi, digital va perfomance-marketingi va zamonaviy reklama texnologiyalari, şu jumladan, o‘z dasturiy platformalarini rivojlantiradi.
Kompaniya sun’iy intellekt va maşinani o‘rgatiş texnologiyalaridan foydalanadi. VEON AdTech Digital yuqori aniqlikdagi targeting, bozor ehtiyojlarini o‘rganiş, do‘konlardagi xaridorlar faolligini yoki tanlangan hududlardagi trafikni tahlil qiliş xizmatlarini taklif etadi. Raqamli marketing xizmatlari har qanday miqyosdagi biznesga yo‘naltirilgan.
Sayt: https://veonadtech.com/
Facebook: fb.com/VEON.AdTech
Telegram: t.me/VeonAdTech
X: x.com/VEON_AdTech
LinkedIn: linkedin.com/company/veon-adtech