Hurmatli mijozlar!

Xabarlar
11 Avgust
1 min.
Main Event Image

Sizga pullik kontent xizmatlarini boshqarish uchun qisqa raqam o‘zgargani haqida ma’lum qilamiz.

25.08.2026 yildan boshlab avval obunalarni boshqarish va pullik kontent xizmatlarini o‘chirish uchun ishlatilgan *115# qisqa raqami o‘z faoliyatini to‘xtatadi.
Obunalarni boshqarish va pullik kontent xizmatlarini o‘chirish uchun yangi *225# qisqa raqamidan foydalanishingiz kerak.
Avval *115# raqamida mavjud bo‘lgan barcha funksiyalar saqlanib qoladi va yangi *225# raqami orqali taqdim etiladi.
Ulangan pullik xizmatlar va obunalarni boshqarishda ushbu o‘zgarishni inobatga olishingizni so‘raymiz.

Yangi qisqa raqam: *225#