Hurmatli mijozlar!

Xabarlar
9 Sentyabr
1 min.
Main Event Image

2026-yil 23-sentabrdan 7-oktabrgacha (shu kun ham kiradi) bir qator tarif rejalarida xizmat ko‘rsatish shartlariga o‘zgartirishlar kiritiladi.

O‘zgartirishlarning mazmuni:
1. Agar abonent to‘lovi yechiladigan kunda balansingizda mablag‘ yetarli bo‘lmasa, chiquvchi qo‘ng‘iroqlar, SMS, mobil internet va boshqa pullik aloqa xizmatlari abonent to‘lovi to‘languniga qadar vaqtincha cheklanadi. Shu bilan birga, balansingizdagi mavjud mablag‘ saqlanib qoladi va qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqa bo‘yicha yoki mobil internet uchun megabayt bo‘yicha sarflanmaydi.
2. Balansingizni abonent to‘lovi uchun yetarli bo‘lgan miqdorgacha to‘ldirganingizdan so‘ng, abonent to‘lovi avtomatik ravishda yechib olinadi. Shundan so‘ng sizga tarif bo‘yicha daqiqalar, SMS va mobil internet paketlari taqdim etiladi hamda aloqa xizmatlaridan yana to‘liq foydalanishingiz mumkin bo‘ladi.

Yangi shartlar aloqa xizmatlari uchun kutilmagan xarajatlarning oldini olishga va abonent to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirish uchun balansingizdagi mablag‘ni saqlab qolishga yordam beradi.

O‘zgarishlar, xizmat ko‘rsatish shartlari o‘zgargan sanadan keyingi navbatdagi abonent to‘lovi yechib olingach, kuchga kiradi.

O‘zgarishlar qo‘llaniladigan tariflar haqida batafsil ma’lumotni bu yerda olishingiz mumkin.