Toshkent metrosida yo‘lovchilar iPhone’lardan faol foydalanishadi, biroq Android yetakchi – Beeline Uzbekistan
23 Iyun
Xabarlar
Raqamli operator tahlilchilari eng ommabop gadjetlar, qo‘ng‘iroqlar davomiyligi va ma’lumotlarni uzatish hajmlari haqidagi ma’lumotlarni o‘rganishdi, shuningdek, yer osti transportidagi eng “faol” stansiyalarni aniqlashdi. Shunday qilib, “Chilonzor” va “Paxtakor” bekatlarigi yo‘lovchilar Beeline Uzbekistan tarmog‘ining eng faol foydalanuvchilari ekanligi aniqlandi. May oyida raqamli operator tarmog‘ida ma'lumot uzatish hajmi yerosti stansiyalarida 60 terabaytga yaqinlashdi. Yo‘lovchilar zamonaviy gadjetlar, jumladan, mashhur iPhone 11 va iPhone 13 Pro Max modellarini afzal ko‘rishadi.
Toshkent shahridagi barcha metro bekatlarida Beeline Uzbekistan tarmog‘i ishga tushirilgandan buyon raqamli operator tarmoq faoliyatini tahlil qilib kelmoqda. Shunday qilib, texnik direksiya maʼlumotlariga koʻra, mobil internetdan eng koʻp “Chilonzor” bekatida foydalanishar ekan, bu 31 ta yer osti bekatidagi jami internet-trafikning 7% dan ortigʻini tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni “Paxtakor” va “Novza” bekatlari egallab turibdi. Internetdan eng kam foydalanishadigan bekatlar — “Pushkin” va “Turkiston”.
— Iyun oyiga qadar Beeline Uzbekistan tarmog‘i orqali Toshkent shahridagi yerosti metro bekatlari foydalanuvchilari 217 terabaytdan ortiq ma’lumot yuklab olishgan, bu hajmning 90% dan ortig‘i 4G tarmog‘iga to‘g‘ri keladi. Ko‘pincha metro yo‘lovchilari mobil internetdan yangiliklarni o‘qish, video tomosha qilish, musiqa tinglash yoki o‘yin o‘ynash uchun foydalanadilar. Biroq, ba'zilar ish yoki onlayn kurslarda o‘qish uchun metroda o‘tkazadigan vaqtlaridan unumli foydalanishni afzal ko‘rishadi, messenjerlar orasida kutilganidek Telegram yetakchiga aylandi”, – deya o‘rtoqlashadi Beeline Uzbekistan texnik direktori Mahmudjon Nodirov.
Oxirgi uch oy ichida yerosti stansiyalarida trafik sarfi 35% ga o‘sdi va bir oylik ma’lumot uzatish hajmi 60 terabaytga yaqinlashdi.
Mobil trafik iste'moli o‘sishiga qaramay, foydalanuvchilar telefonda faol va ko‘p gaplashishda davom etmoqdalar, ish kunlarida 31 ta stantsiyada o‘rtacha 500 soatdan ortiq qo‘ng‘iroqlar qayd etildi. Suhbatlar borasida birinchi va ikkinchi o‘rinlarni taqsimlovchi “Chilonzor” va “Paxtakor” bekatlari, undan keyin esa “Alisher Navoiy” bekati yo‘lovchilari yetakchilik qildi.
— Mazkur uchta stansiyada biz yer ostidagi barcha suhbatlarning 13% dan ortig‘ini kuzatishimiz mumkin. Darvoqe, qo‘ng‘iroqlarning eng faol fursati bahorning asosiy bayramlari, ya’ni 8-mart va Navro‘z oldi kunlariga to‘g‘ri keldi, bunday kunlarda an’anaviy ravishda ovozli qo‘ng‘iroq va internet orqali odamlar bir-birlarini qutlaydi”, — deya ta’kidlaydi Beeline Uzbekistan texnik direktori Mahmudjon Nodirov.
Beeline Uzbekistan yerosti baza stansiyalarida eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tgan qurilmalar tahlili bo‘yicha Android eng ommabop operatsion tizimga aylandi. Ushbu OTdagi qurilmalardan raqamli operator tarmog‘idagi mijozlarning o‘rtacha 71.9% foydalanadi. Ikkinchi o'rinda Apple kompaniyasining gadjetlari, ular taxminan 25.2% ni tashkil etadi, boshqa operatsion tizimlar (Linux, Windows Mobile va boshqalar) hamda internet qo‘llab-quvvatlamaydigan telefonlar ulushi 3% dan bir oz kamroq.
Beeline Uzbekistan digital operatorining baza stansiyalarida kun davomida o‘rtacha hisobda ro‘yxatdan o‘tadigan 5 ta eng ommabop qurilma:
Apple iPhone 11 — umumiy qurilmalar sonining 2.7%
Apple iPhone 13 Pro Max — gadjetlarning 1.3%
Redmi Note 11 — 1.0%
Redmi Note 8 — 1.0%
Galaxy A51 — 1.0%
Vaholanki, Toshkent metropolitenidagi ko‘plab zamonaviy gadjetlar orasida noyob modellarni ham, masalan, bir nechta ishlayotgan Blackberry qurilmalari, 20 yil oldin ishlab chiqarilan klassik Nokia 6100 telefonlarini uchratish ham mumkin ekan. Baza stantsiyalari 2008-2012 yillarda ishlab chiqarilgan iPhone 3G — 3G standartini qo‘llab-quvvatlaydigan ilk Apple qurilmasini ham qayd etdi.
Barcha yangiliklarga qaytish