Bosh sahifa/Xabarlar/Endi Beeline Music - Go Music bo‘ldi! O‘zbekistonning birinchi musiqiy strimingi yanada yaxshiroq, qulayroq va zamonaviyroq!

Endi Beeline Music - Go Music bo‘ldi! O‘zbekistonning birinchi musiqiy strimingi yanada yaxshiroq, qulayroq va zamonaviyroq!

2 Dekabr

Xabarlar
Barcha yangiliklarga qaytish
Beeline

2024-yil 12-dekabrdan Beeline Music & Radio o‘rnini yangi ilova egallaydi.

Endilikda musiqiy xizmat, mobil aloqa operatoridan qat’i nazar barcha foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘lib, xizmatning yangi sifati va keng mahalliy musiqa kutubxonasini taqdim etadi.

Xizmatda quyidagilar taqdim etiladi:
• Dastlabki 30 kunga obuna yangi foydalanuvchilar uchun – 0 so‘m
• Musiqani yuklab oling va internetsiz tinglang
• Beeline va Ucell mobil tarmog‘ida internet-trafik sarflamasdan
• 25 million o‘zbek va xorijiy musiqa treklari
• Musiqa kutubxonasining yangi to‘plamlari: Konsta, Doston Ergashev, Hamdam Sobirov, Ziyoda va boshqa yulduzlarning yangi xitlari
• Mahalliy radiostansiyalar
• Sifatli ovoz va hech qanday reklama

Tez orada ilovada sizning tanlovlaringiz asosida aqlli musiqiy tavsiyalarni taqdim etuvchi cheksiz “Mening Mix” pleylisti yaratiladi. Pleylist sizning sevimli ijrochilaringiz va xizmatdagi harakatingizga moslashadi.

Qancha ko‘p trek tinglasangiz, musiqiy imzongiz shunchalik aniq shakllanadi va “Go Music” sizga yangi musiqalarni shu asosda tavsiya qiladi. Algoritm kompozitsiyaning barcha tarkibiy qismlarini va, ehtimol, sevimli musiqani tinglayotganda odatda o‘ylamaydigan narsalarni ham hisobga oladi.

Ilovani quyidagi havola orqali yangilash mumkin: https://gomusic.page.link/download

Amaldagi Beeline Music & Radio foydalanuvchilari uchun hech narsa o‘zgarmaydi - obuna yangi xizmat doirasida avvalgi shartlar asosida amal qilishda davom etadi.

Barcha shaxsiy tavsiyalar, tanlovlar, saqlangan treklar shaxsiy kabinetda qoladi. Agar xizmatdan foydalanishda muammolar yuzaga kelsa, “Sozlamalar” bo‘limidagi qo‘llab-quvvatlash chatiga murojaat qiling.

“Go Music”da yangicha yangraymiz!

Barcha yangiliklarga qaytish
Beeline
Ilovani ishlating

Shaxsiy kabinetda texnik ishlar olib borilmoqda, lekin siz bizning ilovamizdan foydalanishingiz mumkin